Kallamda har xil gʻoyalar aylanib yuradi, lekin ularni bajarish uchun menda yetarli vaqt, imkoniyat va dasturlar boʻyicha bilim yetishmaydi. Ana oʻshalarni sizlar bilan baham koʻrsam:
1. Kirill alifbosidan lotin alifbosiga yoki aksincha translyator yaratish. Ushbu dasturning onlayn versiyasi boʻlishi va foydalanuvchi uchun qulay boʻlishi kerak. Soʻzlar xato boʻlganda, tagiga qizil chiziq bilan ajratib koʻrsatilib, soʻzlarning toʻgʻri variantlari tavsiya qilinishi kerak. Bunaqa dasturlar juda koʻpayib ketgan, lekin hech qaysisi sifatli oʻgirmaydi va kamchiliklari mavjud.
2. Har qanday saytning manzilini kiritsa, oʻsha saytni kirilldan lotinga, lotindan kirillga oʻgirib beradigan xizmat ochish kerak, chunki hozirda ba`zilarga saytdagi ma`lumotlarni lotin alifbosida, ba`zilarga kirill alifbosida oʻqish qulay. Xuddi shunga oʻxshash funksiya www.promt.ru saytida bor. Faqat u yerda, asosan, boshqa tillardan rus tiliga saytni tarjima qilib beradi. Saytlarni tarjima qilishdan, boshqa alifboga aylantirish oson boʻlsa kerak, menimcha.
3. Oʻzbekcha "spell-checker" ya`ni imlo tekshirgich yaratilishi kerak. Bu birinchi va ikkinchi gʻoya bilan birga amalga oshirsa boʻladigan ish. Biror soʻzni yozilishini bilmagan inson, shu saytga kirib, shu soʻzni yozib koʻrishi mumkin boʻladi. Bunga oʻxshash qoʻshimcha funksiyalar "Libreoffice" dasturida mavjud, lekin uni hamma ham ishlatavermaydi. Buning ustiga bu dasturda faqat kirill alifbosidagi oʻzbekcha soʻzlarni tekshiradi. Lotin alifbosidagi imlo tekshirgichni tuzish sal muammo boʻlishi mumkin. Chunki "ʻ" belgisi "Windows" OTda boshqacha, "Linux" OTda boshqacha. Hatto "Windows"da klaviaturaga qoʻshilmagan ham. Imlo tekshirish funsiyasini internet brauzerlarga ham qoʻshish kerak.
4. Oʻzbekchadan boshqa tillarga yoki aksincha lugʻat dasturi qilinishi kerak. Hammasi bitta dasturda jamlanishi kerak. Oʻzbekcha lotin alifbosidagi soʻzlarni kiritishda "MS office" dasturlaridagi "ʻ" belgisini ham, "Linux"dagi "ʻ" belgisini ham almashtirish funksiyasi boʻlishi kerak. Ushbu va tepadagi funksiyalar solver.uz saytida amalga oshirilgan, lekin sifati yaxshi emas.
5. Milliy qidiruv tizimi yaratilishi kerak. Ushbu qidiruv tizimida "Tas-ix"dagi barcha saytlar va chet serverlardagi oʻzbekcha saytlardan izlash funksiyasi boʻlishi kerak. Xuddi shunday sayt yaratilgan: www.ulugov.uz , lekin uni mukammallashtirish kerak va iloji boʻlsa, nomini oʻzgartirgan maqul. Yuqoridagi gʻoyalarni bitta shu qidiruv tizimida jamlansa, nur ustiga a`lo nur boʻlardi.
Hozircha shular. Boshqa gʻoyalar ham mavjud. Bular haqida keyinroq yozarman, lekin va`da bera olmayman.
4 comments:
100% сифатли транслитерация мақомига даъвогарлик қилолмайдию, лекин нисбатан яхшироқ эканига ишонаман: http://orif.github.com/Translit-UZ/.
Fikringiz va link uchun rahmat!
Man saytlarni lotindan krillga yoki aksincha o‘giruvchi imkoniyatni yarataymi? :)
Shunday qilsangiz, juda yaxshi boʻlardi.
Post a Comment