Akmal
Xushvaqov Meliyevich – SamiISI qisgudagu 1-son akademik litsey ona
tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Biror
dasturning birota mamlakatda ommaviylashishi uchun o‘sha mamlakat
tiliga o‘girilishi kerak. Bu o‘sha mahsulotning o‘sha
mamlakatda ommaviylashishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Sobiq “Nokia”
firmasi allaqachonlar telefonlarini O‘zbekistonda ko‘proq sotish
uchun o‘zbek tiliga o‘girishni boshlab yuborgandi. O‘sha
vaqtlarda “Microsoft” kompaniyasi ham o‘z operatsion tizimi
“Windows Vista”ni “Spells” firmasi bilan hamkorlikda (tarjima
sifati o’ta past bo’lsa-da) tarjima qildirgandi. Keyinchalik,
“Samsung”, “HTC” va “LG” kabi firmalar ham mobil
telefonlaridagi tizim va ilova dasturlarni o‘zbek tiliga o‘girtira
boshlashdi. So‘nggi yillarda mashhur Google kompaniyasi ham o‘zbek
tiliga e’tiborini qaratdi. Google Web Qidiruvi, Google Xaritalar,
Android operatsion tizimi va Google Tarjimon xizmatining o‘zbek
tilida paydo bo‘lishini shuni ko‘rsatmoqda. Bularning hammasi
o‘sha firmalarning o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda ko‘proq
sotilishi, bozorni egallash uchun qilinayotgan asosiy harakatlardir,
lekin shunday dasturiy ta’minotlar borki, ular pul bilan tarjima
qilinmaydi, chunki dastur asoschilarida bunday imkoniyat yo‘q.
Asosan o‘z mahsulotlarini bepul, hissa qo‘shuvchilar hisobiga
turli tarjima xizmatlari orqali tarjima qildirishadi. Bunday dasturiy
ta’minotlarning ko‘pchiligi erkin va ochiq kodli dasturiy
ta’minot hisoblanadi. Linux Torvald tomonidan birinchi marta
ishlab chiqilgan va hozirda juda ko‘p distributivlariga ega Linux
operatsion tizimi ham shular jumlasidandir.
Hozirgi
kunda “Windows”, “Mac OS” kabi operatsion tizimlar bilan
birga “Linux” operatsion tizimidan ham ko‘pchilik
foydalanmoqda. O‘zbekistonda ham anchagina Linuxchilar mavjud.
Yurtimizda dastlab Linux’ni o‘zbek tiliga o‘girish ishlarini
2001-yilda Mashrab Kuvatov boshlab bergandi. U kishi tomonidan
“Mandriva Linux” deyarli to‘liq o‘zbek tiliga tarjima
qilingan edi. Keyinchalik “Mandriva Linux” tarjimalari to‘xtab
qoldi. O‘sha yillari Nurali Abdurahmonov ham “Paradox-Neo”
firmasi tomonidan ishlab chiqilayotgan “East Linux” tarjimalari
ustida ishlash bilan birga “Open Office” kabi dasturlarni o‘zbek
tiliga o‘girdi. Afsuski, “EastLinux “dunyo yuzini ko‘rmadi.
Keyinchalik, kamina tomonidan “Ubuntu” linux distributivi o‘zbek
tiliga o‘g‘rila boshlandi. Ancha qismi kirill alifbosida tarjima
qilindi ham. Keyinchalik vaqtim kam bo‘lganligi va boshqa loyihalar
bilan ishlaganim uchun “Ubuntu” tarjimalari bilan shug‘ullana
olmadim. Ushbu loyihaning koordinatori bo‘lganligim uchun bir necha
tarjimonlarni so‘rovlari bo‘yicha www.launchpad.net
saytidagi “O‘zbek Ubuntu tarjimonlari” guruhiga qo‘shdim,
lekin bular yaxshi natija bermadi. Hozirgi kunda ba’zi
tarjimonlarning tayyor kirill alifbosidagi tarjimalarni lotinga
xatolar bilan o‘girayotganining guvohi bo‘lyapman.
Bundan
bir necha yillar muqaddam “Doppix” nomli o‘zbekcha linux
distributivi ishlab chiqildi. U asosan “Mandriva Linux” asosida
tayyorlangan edi. Ushbu ishlar uchun hech qanday e’tirozim yo‘q,
lekin bitta yangi operatsion tizim yaratgandan ko‘ra, tayyor ta’lim
uchun foydali bo‘lgan distributiv o‘zbek tiliga o‘girilganda,
ancha foydaliroq bo‘lar edi (Xorijlik insonga o‘zbek milliy
kiyimlarini kiygizgan bilan u o‘zbekka aylanib qolmaydi). Buning
ustiga ancha sarf-xarajatlar kamaygan bo‘lardi. Lokalizatsiydan
tashqari qolgan sarf-xarajatni o‘zbek maktablari uchun o‘sha
distributivga mos dastur ishlab chiqarishga sarflasa bo‘lar edi.
“Doppix” o‘sha ishlab chiqilganligi bo‘yicha qolib ketdi.
Hech qanday yangilanishlar qo‘shilmadi (Bu mablag‘ bilan bog‘liq
muammo deb o‘ylayman). Agar birorta standart linux distributivi
tanlanganda edi, yangilanishlarni o‘sha tizim yaratuvchilaring
o‘zlari amalga oshirib boraverar edi (Masalan, “Ubuntu”
operatsion tizimining yangi versiyasi bir yilda ikki marta chiqadi).
Menimcha,
bunday hollarda eng yaxshi tanlov - “Ubuntu“ning ta’lim uchun
mo‘ljallangan “Edubuntu” versiyasi o‘zbek tiliga o‘girilsa,
qolgan muammolar o‘zi hal bo‘laverar edi deb o‘ylayman. Ya’ni
tizim yangilanishlarini tizim mualliflarining o‘zlari amalga
oshiraverardilar. Faqat o‘zbek tili uchun ba’zi qo‘shimcha
yangi dasturlar yaratish mumkin bo‘ladi.
“Edubuntu”
dastlab “Ubuntu
Education Edition”
deb nomlangan. Rasmiy tarzda Ubuntu operatsion tizimiga asoslangan
bo‘lib, sinfxona, maktab, uy va turli jamoada ishlatish uchun
mo‘ljallangan.
“Edubuntu”
turli mamlakatlardagi o‘qituvchilar va texnologistlar bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan. Unda asossan 6-18 yoshlar oralig‘idagi
foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ta’limga asoslangan
dasturlar mavjud. “Edubuntu”da
Linux
Terminal Server Project, kata miqdordagi ta’limga asoslangan
dasturlari, jumladan, GCompris,
KDE
Edutainment Suite, Sabayon Profile Manager, Pessulus Lockdown
Editor, Edubuntu Menueditor, LibreOffice, Gnome Nanny va iTalc kabi
ko‘pgina boshqa dasturlar bor. Edubuntu CD disklari ilgari “Shipit”
xizmati orqali mijozlarga tekin yetkazib berilar edi. 8.10 versiyasi
(2008)dan so‘ng, uni faqat DVD formatda internetdan yuklab olish
mumkin.
Kamina
tomonidan ba’zi dasturlar o‘zbek tiliga o‘girildi. Masalan
“Rubyk”, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematikani
o‘rganish bo‘yicha “iStoa” dasturi, Mozilla Firefox brauzeri,
“Klamov” antivirusi va boshqalar.
Undan
tashqari, menimcha, bemalol litsey, kollej va institutlarda ham
“Edubuntu”ni ommaviylashtirsa bo‘ladi. Masalan, “Turbo
Pascal” dasturlash tili maktab va kollejlarda informatika
darslarida o‘rganiladi. Ko‘pchilik “Windows” operatsion
tizimida “Turbo Pascal”ning pullik versiyasidan foydalanadi.
“Ubuntu”da esa uning “Free Pascal” degan bepul versiyasi
mavjud. Hatto “Pascal”ga asoslangan “Delphi”ning bepul
“Lazarus” versiyasini ham “Ubuntu”da ishlatish mumkin.
“Photoshop” o‘rniga “Gimp”, “Corel Draw” o‘rniga
“Inkscape”, “3D Max” o‘rniga “Blender” ni ishlatish
mumkin.
Qisqasi,
“Edubuntu” o‘zbek tiliga o‘girilsa, undan ta’lim maqsadida
foydalansa bo‘ladi. Uni tarjima qilish ishlarini www.launchpad.net
saytida amalga oshirish mumkin. Buning uchun tilni bilish, ozroq
hafsala va vaqt kerak bo‘ladi.
1 comment:
Post a Comment