Sunday, November 29, 2015

Стив Жобс нима учун ўз болаларига айфонларни тақиқлаган?


  Стив Жобс ҳали хаётлигида ва «Apple»ни бошқараётган вақтда «iPad»лар олдида жуда кўп ишлашни тақиқлаган. Нима учун? «The New York Times» мухбири Ник Билтон Стив Жобс билан бўлган суҳбатларидан бирида, унга болалари «iPad»ни ёқтиришлари ҳақида сўраганида, у: «Улар ундан фойдаланмайди. Биз уйда болалар янги технологияларга ажратадиган вақтларини чегаралаймиз», - деб жавоб қайтарган.
Мухбир бу жавобни ҳайратли сукунат билан қарши олди. Унга негадир Жобснинг уйи катта сезгир экранлар билан безатилган, «iPad»лар эса меҳмонларга ширинликлар ўрнига тарқатиладигандек туюлган эди. Бироқ буларнинг барчаси хақиқатдан анча йироқ эди.
Умуман, Силикон водийсидаги кўпгина технологик компания бошлиқлари ва венчур капиталистлари ўз болаларига экранлар олдида - компютер, смартфон ёки планшет бўладими, вақт ўтказишларини чегаралашган. Шунингдек, Жобс оиласида гаджетлардан кечалари ва дам олиш кунлари фойдаланиш таъқиқланган. Худди шу тарзда технология дунёсининг бошқа етакчилари ҳам харакат қилишган.
Бу ҳолат бироз ғалати. Бироқ кўпгина ота-оналар охир-оқибат ўз болаларига интернет олдида туну-кун ўтиришга рухсат беришган. Бироқ, AТ гигантларининг бош раҳбарлари бошқалар билмайдиган нарсаларни билишади.
«Wired»нинг собиқ муҳбири ва ҳозирда «3D Robotics»нинг ижрочи директори Крис Андерсон ўз оила аъзоларига гаджетлардан фойдаланиш борасида таъқиқлар жорий этган. У ҳатто мосламаларни шундай созлаб қўйган эдики, уларнинг ҳар бири суткасига икки соатдан ортиқ ишламасди.
«Болаларим мени ва хотинимни технологиялар борасида ўта қайғурганимиз учун фашиcт деб айблайдилар. Уларнинг айтишича хеч бир дўстининг уйида бу каби тақиқлар мавжуд эмас экан», - деб таъкидлайди.
Андерсоннинг беш фарзанди бўлиб, уларнинг ёши 5 дан 17 гача ва таъқиқлар уларнинг барчасига тегишли.
Интернетнинг «хавфли»лиги борасида Андерсон ва унга хайрихоҳ бўлган ота-оналар зарарли контентлар (порнография ва зўравонлик)ни назарда тутишади ва энг муҳими болалар гаджетлардан жуда кўп фойдаланишса, тез орада улар ушбу технологияларга қарам бўлиб қолишади.
Баъзи бир бошқалар эса бу борада анча илгарилаб кетди. «OutCast Agency»нинг директори Алекс Константиноплнинг айтишича унинг беш яшар кичик ўғли гаджетлардан бутун ҳафта давомида фойдаланмайди. Унинг 10 ёш ва 13 ёш бўлган бошқа икки ўғли эса планшет ва компютерлардан кунига 30 дақиқадан ортиқ фойдаланмайди.
«Blogger» ва «Twitter» асосчиси Эван Уилямснинг айтишича унинг икки ўғлида ҳам шу каби тақиқлар мавжуд. Уларнинг уйида юзлаб қоғоз китоблар мавжуд бўлиб, ҳар бир бола ундан исталганича фойдаланиши мумкин, бироқ планшет ва смартфонлардан улар кунига бир соатдан ортиқ фойдаланишлари мумкин эмас.
Тақиқодларнинг кўрсатишича ўн ёшгача бўлган болалар янги технологияларга ўта таъсирчан бўлиб, улар бу нарсаларга худди наркотик воситаларга бўлгани каби ўрганиб қолишади. Шундай қилиб Стив Жобс ҳақ: тадқиқотчиларнинг айтишича болаларга планшетлардан 30 дақиқадан ортиқ, смартфонлардан эса кунига икки соатдан ортиқ фойдаланишга рухсат бермаслик керак. 10-14 ёшли болаларга фақатгина мактаб машғулотларини бажаришлари учун компютерлардан фойдаланишга руҳсат бериш лозим.
Бошқача айтганда АТларга таъқиқ америка хонадонларига яна ва яна кириб бормоқда. Бир қанча ота-оналар болаларига ўсмирлар учун мўлжалланган ижтимоий тармоқлардан (масалан Snapchat) фойдаланишни таъқиқлашмоқда. Бу эса уларга болаларнинг интернетга берилиб кетиш борасидаги хавотирдан озод қилади.
Олимларнинг айтишича янги технологиялардан фойдаланиш борасидаги таъқиқни олиб ташлаш ёши бу - 14 ёш. Бироқ Андерсон хатто ўзининг 16 ёшли боласига «экрандан» ётоқхонада фойдаланишга руҳсат бермайди. «Twitter»нинг ижрочи директори Дик Костола ўз ўсмир болаларига гаджетлардан фақат меҳмонхонада фойдаланишга руҳсат беради. Улар ётоқхонага гаджетларни олиб киришлари мумкин эмас.
Болаларни нима билан машғул қилиш керак? Масалан Стив Жобс болалари билан биргаликда нонушта қилиш ва улар билан доимо янги китоблар, тарих ва ривожланиш, хатто сиёсат борасида муҳокамалар қилишни одат қилган эди. Бироқ оталари билан суҳбат жараёнида болалардан бирортаси iPhoneни ўзлари билан олиб ўтиришлари мумкин эмас эди. Оқибатда унинг болалари интернетдан мустақил бўлиб ўсди.
Сиз бу каби таъқиқларга тайёрмисиз?

Tarjimon: Ilg‘or Rahmatov

Saturday, November 28, 2015

Ta’lim tizimida AKTdan foydalanish


Yaqinda uzoq viloyatlaridan biriga opamning uyiga mehmon bo‘lib bordim. Kasbim muallimlik bo‘lgani uchunmi, jiyanlarim bilan savol-javob qilib oldim. Aqliy qobiliyatini sinab ko‘rishga urindim. Ularning o‘zlashtirish qobiliyatlari ancha yaxshi edi, lekin bilim darajalari pastroq edi. Ularga qanday yordam berish mumkinligi haqida o‘ylab qoldim.
Xuddi shunday holatga tushgan hindistonlik talaba, matematikadan qiynaladigan amakivachchasi uchun videodarslar yaratib, www.youtube.com saytiga joylashtirishni boshlagan ekan va natijada mashhur bo‘lib ketib, "Xan akademiyasi"ga asos solgan ekan.

Men ham uzoq o‘ylab ko‘rib bir nechta yechim borligini aniqladim.

1. Bizda youtube.com saytiga videodarslar joylashtirilsa ham, uni uzoq viloyatdagi o‘quvchilar internet muammolari tufayli foydalana olishmaydi, lekin o‘sha ta’lim muassasi ziyonet.uz tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, utube.uz saytiga joylashtirilgan kerakli videodarslardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunday holda o‘sha o‘quvchilarda kompyuter yoki planshet bo‘lishi talab qilinadi.

2. Agar internet bilan muammo bo‘ladigan bo‘lsa, malakali o‘qituvchilar videodarslar tayyorlab, ularni dvd disklarga yozib, sotishlari yoki tarqatishlari ham mumkin bo‘ladi. Bunday holda faqat dvdpleyer kerak bo‘ladi. Bunday disklar ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun rus tilida mavjud. Biz ushbu tajribani o‘zbek tilida turli fanlardan qo‘llasak bo‘ladi. Masalan, men ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida biror mavzuni tushuntirish jarayonini videoga olib, tushuntirish jarayonida videotahrirlash dasturlari va Adobe Flash dasturi yordamida ko‘rsatilgan slayd yoki turli videoroliklarni qo‘shib, videodars yaratishim mumkin va barchasini bitta diskka jamlashim mumkin bo‘ladi. O‘quvchilar o‘sha videolavha orqali o‘z ustilarida ishlashlari, savollar tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilib so‘rashlari mumkin bo‘ladi. Bu kabi disklardan muallimlar o‘quv jarayonida ham yoki darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ham unumli foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

3. Kompyuter yoki Andorid tizimi o‘rnatilgan qurilmalar uchun ilova dasturlar ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Hozirgi kunda ingliz va rus tilini o‘rganuvchilar uchun Farhod Dadajonov tomonidan «Bilimdon – ingliz tili», «Bilimdon – rus tili»; 2,5 – 5 yosh artofidagi bolalar uchun «Qiziqarli matematika» ilova dasturlari mavjud. Ushbu ilova dasturlari o‘quvchilarni o‘rganishlarini osonlashtiriadi. Masalan, men «Bilimdon – ingliz tili» ilovasidan muntazam foydalanib kelaman. U yerdagi har bir dars to‘rt qismga ajratilgan. 1-Darsdagi so‘zlar lug‘ati – ingliz tilidagi so‘zlar va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi keltirilgan. So‘z ustiga barmoq tekkizilsa, o‘sha so‘zni ingliz tilida talaffuz qiladi. 2-Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at bilan mashqlar – bu qismda 1-qismda yod olingan so‘zlardan biriingliz tilida keltiriladi va o‘zbek tilidagi so‘zlardan mosi tanlanadi. 3-O‘zbekcha- inglizcha lug‘at bilan mashqlar – so‘zlar o‘zbek tilida keltiriladi. Pastdagi qatorda esa uning tarjimasini ingliz tilida yozish talab qilinadi. 3- Tushib qolgan so‘zni topish – Gap beriladi va bitta so‘z tushirib qoldiriladi. Javoblar ichidan tushirib qoldirilgan so‘zning javobi qo‘yilishi kerak bo‘ladi. 4- Matn tuzish – o‘zbek tilida gap keltiriladi, quyidagi qatorga esa keltirilgan inglizcha so‘zlarni kerakli o‘rinlarga joylashtirib to‘g‘ri gap tuzish lozim bo‘ladi.

Bu kabi ilova dasturlar o‘quvchilarni mavzuni to‘liq o‘zlashtirishlari uchun qayta-qayta o‘z ustilarida ishlashlariga yordam

Menimcha, mana shunday ilova dasturlarni ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash lozim. Hech bo‘lmaganda turli tanlovlar o‘tkazish kerak va ta’lim tizimiga oid ilova dastur ishlab chiqqanlarni taqdirlash lozim.

Xuddi shu tajibani o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha ilova dasturlar yaratishda ham qo‘llasa bo‘ladi. Masalan, Sitaksis bo‘limida so‘z birikmalari turini aniqlashda quyidagi ko‘rinishda o‘yin tuzish mumkin:
Mosliklarni to‘g‘ri ko‘rsating:

A) bitishuv
B) boshqaruv
C) moslashuv
D) so‘z qo‘shilmasi
E) qo‘shma so‘z
F) so‘z qo‘shilmasi
1. opam va kitob
2. onasining qizi
3. mening akam
4. uy va tom
5. qalam bilan chizmoq
6. chiroyli gapirmoq
7. kitob bilan daftar
8. do‘stlarni hurmat qilmoq
9. ishchan o‘quvchi
10. hayron bo‘lmoq
11. men va sen
12. mehmon qilmoq



O‘quvchi chap tarafdagi atamalarga mos ravishda o‘ng tomondagilarini joylashtirib chiqishlari lozim bo‘ladi.

Yoki o‘quvchilarning tezkor fikrlashlarini oshirish uchun ha yoki yo‘q o‘yinini ham ilova dasturga qo‘shish mumkin bo‘ladi. Quyidagi savollar beriladi. O‘quvchi o‘z qurilmasida 3 soniya ichida «ha» yoki «yo‘q» javobini tanlashi kerak bo‘ladi:

1. Teng bog‘lanishda hokim va tobe qism bo‘ladimi?

2. «Uy va tom» so‘zlari so‘z birikmasi hisoblanadimi?

3. Teng bog‘lanish natijasida so‘z birikmasi hosil bo‘ladimi?

4. Tobe bog‘lanishda hokim va tobe qism bo‘ladimi?

5. «Olma va anor» so‘zlari so‘z qo‘shilmasi hisoblanadimi?

6. «Siz bilan biz» so‘zlarida hokim va tobe qism bormi?

7. «Choynakdan kattaroq» so‘z qo‘shilmasi hisobalanadimi?

8. «O‘quvchining sovg‘alari» so‘z birikmasi bitishuv hisoblanadimi?

9. «Qalam bilan chizmoq» so‘z birikmasi boshqaruv hisoblanadimi?

    1. Hurmat qilmoq”da tobe va hokim so‘zlar bormi?

Bunday ilova dasturga testlar kiritish ham mumkin bo‘ladi. O‘quvchi to‘g‘ri javobni tanlashi kerak bo‘ladi. Masalan:

1. Men va sen so‘zlari haqida bildirilgan qaysi hukm to‘g‘ri?

A) so‘z birikmasi

B) so‘z qo‘shilmasi

C) qo‘shma so‘z

D) ibora

2. So‘z birikmasi keltirilgan qatorni toping.

A) opam va kitob

B) uy va tom

C) Karimjonning akasi

D) hurmat qilmoq

Bundan tashqari turli chizmalardan foydalanish ham mumkin:

1. Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi?
Javob: ________________________________


                  
 Tushum, jo‘nalish,
o‘rin-payt, chiqish
kelishigi va ko‘makchilar
 

2. Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi? ________________________________

                                   
Ohan va ma’nosiga ko‘ra

3. Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi? ________________________________
                                        
Qaratqich egalik    kelishigi




4. Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi? ________________________________
                                   
teng bo‘lovchi va ohang

 


Agar shunday turdagi ilova dastur yaratilsa, o‘quvchilarning o‘z ustilarida ishlashlariga yordam bergan bo‘lar edi. Ilova dastur o‘yinlarining kitobdan ko‘ra yutuqli tarafi – har bir mashqni o‘quvchi qayta-qayta bajarishi, qayta-qayta o‘ynashi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari xohlagan joyda bo‘sh qolganda planshet yoki Android o‘rnatilgan qurilmada foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu kabi ilova dasturlarni yaratishda kuchli dasturchi va malakali muallimlar hamkorlikda ishlashlari lozim bo‘ladi.

Akmal Xushvaqov
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi