Tuesday, January 3, 2012

"Ubuntu 11.10"ni o'rnatish

2011-yilning oktabr oyida "Ubuntu 11.10"ning Oneiric Ocelot deb nomlangan versiyasi chiqdi. Nomini so'zma-so'z tarjima qilsa, "Orzudagi otselot" nomini bildiradi. "Canonical" kompaniyasi odatda mahsulotlarini go'zal hayvonlar nomi bilan atashadi. Shuning uchun ushbu versiya nomi "otselot" nomi bilan nomlandi. 11.10 versiyasida ham yangilanish va yaxshilanishlar mavjud. Agar siz "Ubuntu 11.10"ni o'rnatishga qaror qilgan bo'lsangiz, quyida ko'rsatilgan bosqichlarni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Shunday qilib o'rnatish jarayoniga o'tamiz:


1. Eng birinchi oldimizda turgan muammolardan biri qattiq disk (vinchester)da bo'sh joy hosil qilish kerak. Agar Ubuntu linuxni hech qanday tizim o'rnatilmagan toza diskka o'rnatmoqchi bo'lsangiz bu jarayonni bosib o'tishning ahamiyati yo'q. "Ubuntu"da "gparted" dasturi orqali disk qismlariga ajratish mumkin, lekin kompyuteringizda "Windows" operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lsa,unda "Windows"da ishlaydigan  dasturlardan foydalangan ma'qul. Bo'sh joy hosil qilganingizdan so'ng, ushbu manzildan "Ubuntu obraz"laridan keraklisini tanlab, kompyuteringizga yuklab olasiz. Yozib olish jarayoni tugagandan so'ng, o'sha obrazni diskka yozishingiz yoki usb fleshga yuklanuvchi sifatida o'rnatishingiz kerak bo'ladi. Diskka yozishda "Nero" dasturidan foydalanishingiz mumkin. Agar usb flesh xotiraga yozmoqchi bo'lsangiz, Unetbootin dasturidan foydalanishni maslahat beraman. Agar dvd yoki flesh xotiraga yozib, "Ubuntu"  o brazini yasagan bo'lsangiz, keyingi bosqichga o'tamiz.


2. Disk bo'lsa uni dvd-romga qo'yasiz, usb flesh xotira bo'lsa, kompyuterga ulaysiz. Avvalo, kompyuterning biosiga kirib, birinchi yuklanuvchi qurilmaga dvd-romni yoki USBdan yuklanishni tanlaysiz. Bu ishni F11 (turli xil kompyuterlarda turlicha) yoki boshqa tugmalar yordamida ham to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirish mumkin. Tizimni dvd diskdan yoki USBdan yuklaymiz. Kompyuter monitorida birinchi paydo bo'ladigan tasvir, bizdan tilni tanlashni so'raydi. U yerdan rus yoki ingliz tili (xohlagan tiling'izni)ni tanlashingiz mumkin. Hozircha u yerda o'zbek tili mavjud bo'lmaganligi uchun buning imkoni yo'q, lekin keyingi versiyalarda, albatta, bo'ladi.


Keyin yana bir menyu paydo bo'ladi. Bu yerda Ubuntu linuxni turli xil usullarda yuklashni taklif qiluvchi beshta punkt paydo bo'ladi.  
1-punkt - Запуск Ubuntu без установки (Ubuntuni o'rnatmasdan ishga tushirish) - bu punkt  bizga "Ubuntu" tizimini o'rnatmasdan, sinab ko'rish imkonini beradi, albatta, ushbu yuklashdan so'ng uni qattiq diskka o'rnatishimiz mumkin.
2-punkt - Установка Ubuntu ("Ubuntu"ni o'rnatish) - ushbu tizimning o'zini o'rnatish.
3-punkt - Проверить CD на наличие ошибок (CD'ni mavjud xatolar uchun tekshirish) - ushbu punkt diskni yaxshi o'qilishi va unda xatolar yo'qligini aniqlashga yordam beradi.
4-punkt - Проверить память (Xotirani tekshirish) - ushbu punktni tanlab kompyuterimizning tezkor xotirasi tekshirishimiz mumkin.
5 пункт - Загрузиться с первого жесткого диска (Birinchi qattiq diskdan tizimni yuklash) - "Ubuntu"ni o'rnatish yoki ishga tushirishni bekor qiladi va qattiq diskdan mavjud tizimni yuklaydi.
Biz siz bilan birinchi punktni tanlaymiz. Uni bosganimizdan so'ng Linux operatsion tizimi yuklana boshlaydi (siz nega aynan birinchi punktni tanladingiz deb so'rashingiz mumkin, birinchi punktni tanlash bilan "Ubuntu" bilan tanishish mumkin va internetni moslash mumkin. Bu degani o'rnatish vaqtida zerikmaslik uchun internetda ishlashingiz mumkin).
Tizim yuklangandan so'ng "Ish stoli" bir necha nishonchalar bilan paydo bo'ladi. U yerda  "Установить Ubuntu 11.10" ("Ubuntu 11.10"ni o'rnatish) nishonchasi ham mavjud.






Endi oʻrnatish vaqtida internetdan foydalanish uchun bu yerda yozilganidek qilib 3G modemni moslaymiz. "Ubuntu 11.10"da usb modemning drayveri talab qilinmaydi. Endi esa xavotirsiz "Установить Ubuntu 11.10" ("Ubuntu 11.10"ni o'rnatish) nishonchasiga bossak ham boʻladi. Ana endi bizning ekranimizda oʻrnatish jarayoning oʻzi paydo boʻladi.


3. Nishonchani ustiga bosishimiz bilan boʻlajak operatsion tizimimiz uchun  tilni tanlash oynasi paydo boʻladi.  Biz u yerdan xohlaganimizdek, rus yoki oʻzbek tilini tanlashimiz mumkin boʻladi. 
Tilni tanlaganimzidan soʻng oʻrnatgich uchta talab boʻyicha kompyuteringizni tekshiradi: 1) mavjud boʻsh joy; 2) kompyuteringiz elektr manbasiga ulanganligi (masalan, notebooklar uchun); 3) kompyuteringiz internetga ulanganlgi. Agarda 3-bandni amalga oshirish mumkin boʻlmasa, hech ham xavotir olmang. Oʻrnatish jarayoni davom etadi, lekin birinchi va ikkinchi band haqida bir nima deya olmaymiz.


Ushbu oʻrnatish oynasida bizga ikkita "toʻgʻri" belgisini belgilashimiz kerak boʻlgan bandlar taklif qilinadi: oʻrnatish vaqtida yangilanishlarni yozib olish va ularni oʻrnatish. Agar tizimingizda internetga ulanish moslangan boʻlsa, ushbu bandlarga "toʻgʻri" blelgisini qoʻyib amialga oshirishingizni tavsiya qilgan boʻlardim, lekin internet ulanmagan boʻlsa, oʻrnatgich baribir yangilash jarayonini amalga oshira olmaydi. Endi "Davom etish" tugmachasini bosamiz.
Agar "Ubuntu linux" kompyuteringizda simsiz tarmoq qurilmasini aniqlasa, quyidagi rasmda koʻrsatilganidek uni moslashni soʻraydi. 

Yana "Davom etish" tugmasini bosamiz. Endi esa kompyuteringizdagi maʻlumotlarning saqlab qolinishiga asos boʻluvchi quyidagi oyna koʻz oʻngimizda paydo boʻladi.



Keling, yaxshisi, bizga taklif qilingan ushbu variantlar bilan tangaishib chiqamiz:
a) "Ubuntu Oneiric"ni oʻchirib, qayta oʻrnatish". Agar kompyuterimizda "Ubuntu 11.10" allaqachon oʻrnatilgan boʻlsa, biz ushbu banddan foydalanishimiz mumkin boʻladi. U "Ubuntu 11.10"ni oʻchirib tashlaydi va oʻrnatish jarayonini qaytadan amalga oshiradi.
b) "Ubuntu oneiricʻni 11.10ga yangilash" - agar kompyuterimizda eski "Ubuntu 11.04" oʻrnatilgan boʻlsa, ushbu band yordam beradi.
c) "Barchasini oʻchirish va qayta oʻrnatishni ishga tushirish" - ushbu band ishga tushirilsa, barcha disk qismlari (shuningdek barcha fayllar ham) oʻchiriladi va avtomatik tarzda yangi disk qismlari yaratilib, "Ubuntu"ning diskdagi versiyasi oʻrnatiladi.
d) "Boshqa variant" - ushbu band bizga qattiq diskimizda yangi qismlarni oʻzimiz xohlaganimizdek boʻlish yoki boʻsh disk qismlaridan foydalanib oʻrnatish imkoniyatini beradi.

Biz soʻngi banddan foydalanamiz. Chunki mening kompyuterimda boshqa operatsion tizim - "Windows" oʻrnatilgan. Xullas, oxirgi bandni tanlab, "Davom etish"ni bosamiz. Endi quyidagi oyna paydo boʻladi. 

Rasmda koʻrganimiz kabi mening qattiq diskimda boʻsh joy mavjud. Biz uni tanlaymiz va "Добавить" ("Qoʻshish") tugmasini bosamiz. 


Paydo boʻluvchi keyingi oynada quyidagicha parametrlarni koʻrsatamiz:
Yangi qismni "Логический" deb, hajmini 20000 (20 gb), joylashish oʻrnini "начало" ("boshlanish") deb belgilaymiz.  "Использовать как"  ("...sifatida foydalanish") dega joyga Ext4 fayl tizimini (hozirgi kundagi eng yaxshi variant) va ulanish nuqtasiga "/" (qismimiz asosiy boʻladi)ni koʻrsatamiz va "OK" tugmasini bosamiz. 

Rasmdan koʻrinib turibdiki, /dev/sda10 disk qismini qoʻshdik.
Endi "Swap" qismini hosil qilish kerak. Buning uchun biz yana "Свободное место" ("Boʻsh joy")ni tanlab, "Добавить" ("Qoʻshish") tugmasini bosib, quyidgi rasmda koʻrsatilgan parametrlarni tanlaymiz.  

"Swap" qismini hosil qilganimizdan soʻng soʻng, foydalanuvchining fayllari saqlanadigan (bu yerda rasmlar, videolar, hujjatlar, fayllar va yuklab olishlar saqlanadi)  /home disk qismini hosil qilishimiz kerak boʻladi. Xuddi shu jarayonni takrorlaymiz. Faqat yangi disk qismini oʻrnatgich taklif qilganidek qoldiramiz:
 
Disk qismlarini hosil qilganimizdan soʻng, endi bu qismlarni format boʻlishi kerak. Buning uchun quyidagidek formatlanishi kerak boʻlgan disk qismlariga "toʻgʻri" belgisini qoʻyamiz.

"Toʻgʻri" belgisini qoʻyib, "Установить сейчас" (Hozir oʻrnatish) tugmasini bosamiz. Shundan soʻng qattiq diskka fayllarni koʻchirish boshlanadi. Vaqti-vaqti bilan sizdan kompyuteringizni moslashni taklif qilib turadi (Bu oʻrnatish vaqtida zerikmasligingiz uchun va tizim haqida maʻlumot olishingizga yordam beradi).   
Birinchi navbatda biz soatni koʻrsatamiz. Men "Samarkand"ni tanladim. 

Soʻngra tugmalar birikmasini tanlash taklif qilinadi.  
Endi esa Ubuntu sizdan operatsion tizimda foydalanadigan ismingizni va maxfiy soʻzni (maxfiy soʻzni yodda saqlang), kompyuterning nomini va tizimga avtomatik kirishni tanlashni taklif qiladi.   

Soʻngra esa ushbu kompyuterga oʻrnatilgan OTdan hisobni import qilishni soʻraydi. Har kim xohishi boʻyicha tanlashi mumkin. Masalan, men hech qachon buni tanlamaganman. Shunday qilib buni oʻzingiz hal qiling.


Endi esta oʻrnatgich sizga bir qancha reklama namoyishlarini koʻrsatadi. Ubuntu linuxni oʻrnatish tugagani haqida sizga quyidagicha xabar beriladi:

Mana hammasi. Sizga muammosiz Ubuntu 11.10 ni oʻrnatishni tilab qolaman. Agarda birorta muammo paydo boʻlsa, sharh qoldiring.

Maʻlumotlar ushbu saytdan olindi. Bundan tashqari ba`zi oʻrinlarda oʻzimning izohimni ham qoldirdim.  

 Akmal XUSHVAQOV

2 comments:

Bahriddin Abdiev said...

Akmal aka, siz shu bo'sh razdelni windows'dagi diskmgmt.msc dasturi orqali qilganmisiz? Aynan qanday? Menda shu o'xshamayaptida :(

Akmal Xushvakov said...

Men "Ubuntu"ning oʻrnatish jarayonida "Joyni avtomatik boʻlish"dan foydalangandim. Oʻzi avtomatik boʻsh joyni "Windows"ga va "Ubuntu"ga ajratgandi.