Tuesday, January 3, 2012

2011-yil natijalari

Mana bugun 2012-yilning 3-kuni. 2011-yil bilan ham xayrlashib oldik. O'tgan yilda amalga oshirgan ishlarim va hayotimdagi o'zgarishlarni blog o'quvhilari bilan bo'lishmoqchiman.
1. Farzandlik bo'ldim. Allohga shukur, "dada-dada" deb til chiqardi.
2. "Toshiba satellite c655" notebok sotib oldim.
3."Ubuntu" tarjimalariga o'z hissamni qo'shib bordim. Quyidagi dasturlarni o'zbekchaga tarjima qilib chiqibman: empathy (internet messengeri), evince (.pdf, .djvu va boshqa dasturlarni o'qiydigan dastur), gnome-desktop3, gnome-panel3, gnome screensaver3, gnome-session3, nautilus (gnome uchun fayllar brauzeri), totem ("Ubuntu"dagi standart media pleyer), unity (yangi "Ubuntu" ish stoli) va file-roller ("Ubuntu" arxivlagich) kabi dasturlar.
4. Kirill alifbosidagi "Uzbek wordlist"ga yangi so'zlar qo'shdim. Ularni lotin alifbosiga almashtirdim ham, lekin "hunspell"ga jo'natishga ulgurmadim.
5. Blog yozishni ushbu yilda yanada rivojlantirdim.

Qisqacha ro'yxat shundan iborat ekan. Yodimga kelganlarini yozdim. Yana eslasam, yozarman. Xudo xohlasa, yangi 2012-yilda tugallanmagan tarjimalarim va loyihalarimni amalga oshiraman, degan niyatdaman.

No comments: