Sunday, February 19, 2012

Windows uchun tekin dasturlar to`plami (davomi)

Internet brauzeri foydalanuvchilari uchun asosiy uchta tekin dasturlarni tavsiya qilishim mumkin:
1. "Chromium" brauzeri. Ushbu brauzer "Google" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib,  xavfsiz, tez va ancha mustahkam erkin va ochiq kodli dastur bo`lib, juda sodda dizaynga ega, lekin ishlatish uchun qulay. Dunyo bozorida eng ko`p ishlatiladigan brazer ekanligi aniqlanibdi. Ushbu dastur shu kunlarda o`zbekchaga tarjima qilinmoqda. Bu yerdan yuklab olib, ishlatishingiz mumkin.



"Opera" brauzeri. Ushbu brauzer O`zbekistonda eng ko`p ishlatiladigan brauzer sifatida aniqlanibdi. Buning sababi, menimcha, uy telefonidan internetga ulanib, foydalanadiganlar bu brauzerdan foydalanishadi, chunki o`ta past tezlikda "Opera" juda yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari bizda ko`pchilik hozirgi kunda qo`l telefonlaridan foydalanib, internetdan foydalanishmoqda. Qo`l telefonlari uchun "Opera mini"  juda qulay, tez ishlaydi, veb sahifani telefon ekraniga moslab beradi. Juda ko`p qulayliklari bor, shuning uchun ham ko`pchilik qo`l telefonida "Opera mini"dan foydalanishadi va shu sababli u O`zbekistonda eng ko`p ishlatiladigan brauzer bo`lishi mumkin. 



"Mozilla Firefox" brauzeri. "Mozilla" tomonidan yaratilgan erkin va ochiq kodli dastur. Isnhlatish uchun qulay va xavfsiz. Uni veb sahifasidan til va tizimni tanlab, yuklab olishingiz mumkin.






2. Internetda turli "messenger"lardan foydalanmoqchi bo`lsangiz, "Pidgin" dasturi foydalanish uchun juda qulay bo`lgan suhbat mijozi dasturi hisoblanadi.  U quyidagi  suhbat tarmoqlari bilan ishlay oladi: 
  • AIM
  • Bonjour
  • Gadu-Gadu
  • Google Talk
  • Groupwise
  • ICQ
  • IRC
  • MSN
  • MXit
  • MySpaceIM
  • SILC
  • SIMPLE
  • Sametime
  • XMPP
  • Yahoo!
  • Zephyr

"Pidgin"  suhbat mijozini bu yerdan yuklab oling. 











3.  Agar siz "Corel Draw" vektor grafika dasturi bilan ishlagan bo`lsangiz, uning o`rnini "Inkscape" dasturi bosa olishi mumkin. U EOKDT vektor grafika muharriri bo`lib,boshqa illustrator dasturlar: CorelDraw, yoki Xara X dasturlari bilan  W3C standard Scalable Vector Graphics (SVG) fayl formatida ishlay oladi.  "Corel Draw" dasturida ishlagan bo`lsangiz, "Inkscape" dasturida ishlashni tezda o`zlashtirib olasiz. Uni  bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.





4. Musiqa eshitish uchun "Winamp" dasturi o`rniga boshqa musiqa ijro etuvchi dasturni ishlatib ko`rmoqchi bo`lsangiz, sizga "AIMP" dasturini tavsiya qilaman. Ishlatish uchun qulay. Hatto o`zbek tilidagi versiyalari ham mavjud. Dasturni saytidan yuklab olasiz.




5. Tizimingizni hamisha toza saqlamoqchi bo`lsangiz, "Ccleaner" dasturi sizga yordam beradi. 

 "Ccleaner" – tizimingizni tozalovchi va optimizatsiyalovchi tekin dastur, shuningdek foydalanuvchining xavfsizligini ta'minlovchi vosita hisoblanadi. "Ccleaner" keraksiz va foydalanilmaydigan fayllarni o`chiradi,  qattiq diskdagi bo`sh joyni kengaytiradi va "Windows" tizimining tezroq ishlashini ta'minlaydi. U reyersterni, brauzerlar keshini ham tozalaydi. Dasturni bu yerdan yuklab olasiz.


Hozircha yodimga tushgan "Windows" uchun foydali va kerakli, tekin tekin bo`lgan dasturlar ro`yxatini keltirdim. Agar mening ushbu ma'lumotlarim siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa. izoh qoldirib, fikringizni aytishni iltimos qilaman. Sizlarning fikrlaringiz men uchun qadrli. Yozayotgan maqolalarimni kimdir o`qib undan foyda olayotganini bilsam, ilhomim kelib, yanada foydali maqolalar yozishga undaydi. Agar sizda boshqa tekin yoki EOKDT dasturlar haqida ma'lumot bo`lsa, fikringizni kutib qolaman.



3 comments:

avaz said...

bilishimcha, brzuerning nomi "Chrome", "Chromium" esa uning ortidagi loyihaning nomi.

avaz said...

Men shaxsan musiqa tinglash uchun Foobar2000, suhbatlashish uchun Miranda dasturlaridan foydalanaman. Ular bepul bo'lishi bilan birga, ochiq kodli hamdir.

uzadmin said...

Menda brauzerning "About Chromium" bandida "Chromium 16.0.912.77 (Developer Build 118311 Linux) Ubuntu 11.10" deb berilgan.
"Miranda"dan ilgari foydalanganman, hozir foydalanmayman, lekin takliflarga binoan "Windows uchun tekin dasturlar"ga "Miranda" kabi dasturlarni qo`shmoqchiman. Javobingiz uchun katta rahmat!