Friday, February 24, 2012

"Ubuntu" orqali "Windows"ni birinchi yuklanadigan tizim qilish

Agar siz "Ubuntu"ni oʻrnatsangiz, "Ubuntu" standart yuklanadigan birinchi tizimga aylanadi. Bunday holda siz "Windows"ni ishga tushirmoqchi boʻlsangiz, tanlash uchun sizga 10 soniya vaqt beriladi. Agar shu vaqt ichida "Windows"ni tanlamasangiz, standart tizim sifatida avtomatik tarzda "Ubuntu" yuklanadi. Agar siz koʻproq "Windows" OTdan foydalansangiz, yoki toʻgʻridan-toʻgʻri uni yuklanishini xohlasangiz, buni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: 1. Grub moslamalar faylini oʻzgartirish orqali. 2. "Start-up Manager" orqali amalga oshirish.
Oddiy foydalanuvchilar uchun 2-usul osonroq, menimcha. Sizga grafik muhitda 1-yuklanadigan tizimni tanlash imkonini beradi. 
"Start-up manager" dasturini oʻrnatish uchun terminalni ishga tushirishimiz kerak (Ctrl+Alt+T). Termindalda ushbu buyruqni yozib, "Enter"ni bosamiz.
sudo apt-get install startupmanager 
"Start-up Manager"ni oʻrnatib boʻlgandan soʻng uni ishga tushiramiz va grafik muhitda 1-avtomatik yuklanadigan tizimni va vaqtni tanlaymiz.
      
Ushbu maqola sizlarga yordam beradi degan umiddaman.



Nega maktablar faqat erkin dasturiy ta'minotlardan foydalanishi kerak?


Muallif: Richard Stallman
Barcha kompyuter foydalanuvchilari nega erkin dasturiy ta'minotlarga to'xtalishlari kerakligiga bir qator sabablar mavjud. U foydalanuvchilarga o'z komyuterlarini boshqarish erkinligini beradi - proprietar dastur boshqaruvi ostidagi kompyuter esa dastur foydalanuvchisi xoxlaganidek emas, balki uni tuzgan egasi xoxlaganidek ishlaydi. Erkin dasturiy ta'minot foydalanuvchilarga to'g'ri (qonuniy) hayot yo'lida borishda o'zaro hamkorlik qilish erkinligini ham beradi. Bu sabablar barcha kabi maktablarga ham taalluqlidir.
Lekin, maktablar uchun taalluqli bo'lgan maxsus sabablar ham mavjud. Ular ushbu maqolaning o'rganish ob'ekti bo'lib xizmat qiladi.
Birinchidan, erkin dasturiy ta'minotlar maktab mablag'larini tejashi mumkin. Hattoki eng boy davlatlarda ham maktablarda mablag' tanqisligi kuzatiladi. Erkin dasturiy ta'minotlar maktablarga barcha boshqa foydalanuvchilar kabi dasturlarni nusxasini olish va tarqatish erkinligini beradi, shunday ekan, maktab tizimi o'zining barcha kompyuterlari uchun dasturdan nusxa olishlari va o'rnatishlari mumkin. Aholi daromadi past davlatlarda bu raqamli bo'linish muammosini hal qilishda yordam beradi.
Bu aniq va ravshan hamda muhim, ammo biroz yuzaki sabab. Proprietar dasturiy mahsulot tuzuvchilari o'z mahsulotlari nusxalarini maktablar uchun bepul taqdim qilib bu kamchilikni yo'qqa chiqarishlari mumkin. (Ehtiyot bo'ling! -- bu taklifni qabul qilgan maktab kelajakdagi yangilanishlar uchun pul to'lashi mumkin.) Shunday ekan, keling, chuqurroq sabablarga e'tibor beraylik.
Maktablar o'quvchilarga butun jamiyat uchun foydali bo'lgan hayot yo'llarini o'rgatishlari lozim. Ular erkin dasturiy ta'minotlarni atrof-muhitni chiqindilardan asrashni targ'ib qilgandek targ'ib qilishlari kerak. Agar maktablar o'quvchilarga erkin dasturiy ta'minotlarni o'rgatadigan bo'lsa, ular maktabni bitirgach ham erkin dasturiy ta'minotlardan foydalanadilar. Bu jamiyatning mega korporatsiyalar tomonidan egallab olinishidan (va aldanishidan) himoyalashda yordam beradi. Korporatsiyalarning dastur namunalarini maktablarga bepul taqdim qilishining sababi tamaki kompaniyalarining bolalar o'rganib qolishi uchun bepul sigaretalar tarqatishi sababi bilan bir xil(1). Ular bu o'quvchilar voyaga yetib maktabni tugatgach hech qanday chegirmalar taqdim qilishmaydi.
Erkin dasturiy ta'minotlar o'quvchilarga dastur qanday ishlashini o'rganishga ruxsat beradi. O'quvchilar balog'atga yetishgach ayrimlari kompyuter tizimlari va dasturiy ta'minotlari haqida barcha narsalarni o'rganishga harakat qilishadi. Bu yosh esa, yaxshi dasturchi bo'lib yetishadigan odamlarning ko'p narsalarni o'rganadigan vaqtidir. Yaxshi dastur tuzishni o'rganish uchun, o'quvchilar ko'pdan ko'p dastur kodlarini o'qishlari va yozishlari kerak. Ular odamlar haqiqatda ishlatadigan haqiqiy dasturlarni o'qishlari va tushunishlari lozim. Ular uchun o'zlari har kuni ishlatadigan dasturlarning dastlabki kodini o'qish juda qiziqarli bo'ladi.
Proprietar daturiy ta'minot ularning bilimga bo'lgan chanqoqligini so'ndiradi: "Sen o'rganmoqchi bo'lgan bilim maxfiy - o'rganish taqiqlanadi!" - deydi u. Erkin dasturiy ta'minotlar hammani o'rganishga da'vat qiladi. Erkin dasturiy ta'minotlar hamjamiyati keng ommani texnologiya qanday ishlashini bilishdan to'xtatadigan "texnologiya sirliligi"ni rad qiladi; biz har qanday yoshdagi va holatdagi o'quvchilarni dastlabki kodni o'qishga va o'zlari xoxlancha o'rganishga chaqiramiz. Erkin dasturiy ta'minotlardan foydalanadigan maktablar dasturlashga qiziqadigan o'quvchilarni kamol topishiga yordam beradi.
Maktablarda erkin dasturiy ta'minotlardan foydalanishga keyingi sabab yanada chuqurroq darajaga ega. Bizningcha, maktablarda o'quvchilar asosiy faktlar va foydali malakalarni o'rgatishadi, ammo bu maktablarning to'liq vazifasini belgilab bermaydi. Maktablarning asosiy vazifasi odamlarni yaxshi fuqaro bo'lishga va yaxshi qo'shnilar bo'lishga -- yordamga muhtojlar bilan hamkorlik qilishga o'rgatish bo'lib hisoblanadi. Kompyuterlar sohasida esa, bu ularga dasturiy ta'minotlarni birgalikda ishlatishni o'rgatish ma'nosini anglatadi. Hammasidan oldin, boshlang'ich maktablar o'z o'quvchilariga "Agar sen maktabga dasturiy ta'monotlar olib keladigan bo'lsang, uni boshqa bolalar bilan bo'lishishing(birgalikda ishlatishing) kerak" deb o'rgatishlari lozim. Albatta, maktablar ham o'z aytgan so'zlariga intilishlari kerak: maktabda o'rnatilgan barcha dasturiy ta'minotlarni o'quvchilar nusxa olishi, uyga olib ketishi va keyin qayta tarqatishi mumkin bo'lishi kerak.
O'quvchilarga erkinda dasturiy ta'minotlardan foydalanishni va erkin dasturiy ta'minotlar hamjamiyatiga qo'shilishni o'rgatish, bu -- amaliy fuqarolik darsidir. Bundan tashqari, u o'quvchilarga sanoat va moliya magnatlari xizmati modelini emas, balki jamiyatdagi o'zaro xizmatlar (hamkorlik) modelini o'rgatadi. Barcha ta'lim muassasalari erkin dasturiy ta'minotlardan foydalanishlari kerak.
  1. RJ Reynolds tamaki kompaniyasi 2002-yilda bollalar qatnashgan tadbirda bepul sigaretalar tarqatgani uchun 15 million AQSH dollari hajmida jarimaga tortilgan. Qarang:http://www.bbc.co.uk/worldservice/sci_tech/features/health/tobaccotrial/usa.htm.
O'zbek tiliga tarjima: Behzod Saidov <behzodsaidov[at]gmail.com>, 2007.

"Kubuntu" va "Ubuntu"da internetni moslash

 Linuksda USB modem orqali internetga ulanish "Network-manager", "Modem-manager" va "Mobile-broadband-provider-info" dasturlar orqali amalga oshiriladi. "Mobile-broadband-provider-info" - bu uyali aloqa operatorlar ma'lumot bazasi. Hozirgi kunda deyarli barcha distributivlarda ushbu dasturning 20110511 versiyasi ishlatiladi. Unda faqat "Uzdunrobita / MTS" ma'lumotlari mavjud, ular ham noto`g`ri. Men dastur tuzuvchilariga patch yubordim. Patchda MTS ma'lumotlarini yangilab, Beeline va Ucell ma'lumotlarini qo'shdim. Dasturning yangi versiyasi chiqqandan keyin USB-modem orqali internetga ulanish osonroq bo'ladi. Ammo dasturning yangi versiyasini kutish shart emas, "serviceproviders.xml" faylini root sifatida oching.

gksu gedit /usr/share/mobile-broadband-provider-info/serviceproviders.xml # GNOME uchun

yoki 


kdesudo kate /usr/share/mobile-broadband-provider-info/serviceproviders.xml # KDE uchun

Matnini shu yerdan nusxa olib o'zgartiring va faylni saqlang. Endi ulanish uchun faqat davlatni (Uzbekistan) va operatorni (Beeline, MTS yoki Ucell) tanlash kifoya. APN, login va maxfiy so'zni yozish kerak emas.

.
Ubuntu uchun mobile-broadband-provider-info dasturining 20111113 versiyasi mavjud. Unda O'zbekiston operatorlari to'liq kiritilgan, oneiric-updates'dan o'rnatiladi.

"Ubuntu"da esa quyidagicha moslaymiz: 
Ucellning Huawei va ZTE modemlarini tekshirib ko'rgandim, ikkalasi ham yaxshi ishladi. Ulanishni sozlash qiyin bo'lmasa kerak.

1. Modemni USB-portga ulaymiz. Birozdan so'ng Network Manager appletini bosamiz va "Изменить соединения" bosamiz.



2. Мобильные tabga o'tamiz va yangi ulanishni yaratamiz (Добавить)



3. Modemni tanlaymiz (agar bir nechta bo'lsa)


4. Davlatni tanlaymiz



5. Operatorni tanlaymiz



6. Tarifni tanlaymiz (andoza)



7. Parametrlarni tekshiramiz



8. Kerak bo'lsa ulanish parametrlarni o'zgartiramiz (odatda kerak bo'lmaydi)



9. Network Manager oynasini yopamiz



10. Network Manager appletida ulanishni tanlaymiz




11. Ulanganda xabar ko'rsatiladi



Endi internetdan bemalol foydalanishingiz mumkin.


Umidjon ALMASOV tayyorladi.







Sunday, February 19, 2012

Windows uchun tekin dasturlar to`plami (davomi)

Internet brauzeri foydalanuvchilari uchun asosiy uchta tekin dasturlarni tavsiya qilishim mumkin:
1. "Chromium" brauzeri. Ushbu brauzer "Google" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib,  xavfsiz, tez va ancha mustahkam erkin va ochiq kodli dastur bo`lib, juda sodda dizaynga ega, lekin ishlatish uchun qulay. Dunyo bozorida eng ko`p ishlatiladigan brazer ekanligi aniqlanibdi. Ushbu dastur shu kunlarda o`zbekchaga tarjima qilinmoqda. Bu yerdan yuklab olib, ishlatishingiz mumkin.



"Opera" brauzeri. Ushbu brauzer O`zbekistonda eng ko`p ishlatiladigan brauzer sifatida aniqlanibdi. Buning sababi, menimcha, uy telefonidan internetga ulanib, foydalanadiganlar bu brauzerdan foydalanishadi, chunki o`ta past tezlikda "Opera" juda yaxshi ishlaydi. Bundan tashqari bizda ko`pchilik hozirgi kunda qo`l telefonlaridan foydalanib, internetdan foydalanishmoqda. Qo`l telefonlari uchun "Opera mini"  juda qulay, tez ishlaydi, veb sahifani telefon ekraniga moslab beradi. Juda ko`p qulayliklari bor, shuning uchun ham ko`pchilik qo`l telefonida "Opera mini"dan foydalanishadi va shu sababli u O`zbekistonda eng ko`p ishlatiladigan brauzer bo`lishi mumkin. 



"Mozilla Firefox" brauzeri. "Mozilla" tomonidan yaratilgan erkin va ochiq kodli dastur. Isnhlatish uchun qulay va xavfsiz. Uni veb sahifasidan til va tizimni tanlab, yuklab olishingiz mumkin.






2. Internetda turli "messenger"lardan foydalanmoqchi bo`lsangiz, "Pidgin" dasturi foydalanish uchun juda qulay bo`lgan suhbat mijozi dasturi hisoblanadi.  U quyidagi  suhbat tarmoqlari bilan ishlay oladi: 
  • AIM
  • Bonjour
  • Gadu-Gadu
  • Google Talk
  • Groupwise
  • ICQ
  • IRC
  • MSN
  • MXit
  • MySpaceIM
  • SILC
  • SIMPLE
  • Sametime
  • XMPP
  • Yahoo!
  • Zephyr

"Pidgin"  suhbat mijozini bu yerdan yuklab oling. 











3.  Agar siz "Corel Draw" vektor grafika dasturi bilan ishlagan bo`lsangiz, uning o`rnini "Inkscape" dasturi bosa olishi mumkin. U EOKDT vektor grafika muharriri bo`lib,boshqa illustrator dasturlar: CorelDraw, yoki Xara X dasturlari bilan  W3C standard Scalable Vector Graphics (SVG) fayl formatida ishlay oladi.  "Corel Draw" dasturida ishlagan bo`lsangiz, "Inkscape" dasturida ishlashni tezda o`zlashtirib olasiz. Uni  bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.





4. Musiqa eshitish uchun "Winamp" dasturi o`rniga boshqa musiqa ijro etuvchi dasturni ishlatib ko`rmoqchi bo`lsangiz, sizga "AIMP" dasturini tavsiya qilaman. Ishlatish uchun qulay. Hatto o`zbek tilidagi versiyalari ham mavjud. Dasturni saytidan yuklab olasiz.




5. Tizimingizni hamisha toza saqlamoqchi bo`lsangiz, "Ccleaner" dasturi sizga yordam beradi. 

 "Ccleaner" – tizimingizni tozalovchi va optimizatsiyalovchi tekin dastur, shuningdek foydalanuvchining xavfsizligini ta'minlovchi vosita hisoblanadi. "Ccleaner" keraksiz va foydalanilmaydigan fayllarni o`chiradi,  qattiq diskdagi bo`sh joyni kengaytiradi va "Windows" tizimining tezroq ishlashini ta'minlaydi. U reyersterni, brauzerlar keshini ham tozalaydi. Dasturni bu yerdan yuklab olasiz.


Hozircha yodimga tushgan "Windows" uchun foydali va kerakli, tekin tekin bo`lgan dasturlar ro`yxatini keltirdim. Agar mening ushbu ma'lumotlarim siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa. izoh qoldirib, fikringizni aytishni iltimos qilaman. Sizlarning fikrlaringiz men uchun qadrli. Yozayotgan maqolalarimni kimdir o`qib undan foyda olayotganini bilsam, ilhomim kelib, yanada foydali maqolalar yozishga undaydi. Agar sizda boshqa tekin yoki EOKDT dasturlar haqida ma'lumot bo`lsa, fikringizni kutib qolaman.



Sunday, February 12, 2012

Windows uchun tekin dasturlar to'plami

Ancha yillardan buyon ushbu mavzuda maqola yozish niyatida yurgandim. Hatto eokdt.zn.uz degan ziyonetdan blog ochganim ham, lekin vaqt, imkon va ishtiyoq bo'lmaganligi uchun miyamda qolib ketgandi. Qsiqasi, ushbu maqolani yozisimdan maqsad, noqonuniy (qaroqchilik dasturlari) dasturlarni ishlatishni xohlamaydiganlar, dini yo`l bermaydigan yoki shunchaki "open source" ya'ni erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foydalanishni xohlaydiganlarga yordamlashish. Masalan, siz yangi "notebook" sotib oldingiz.  "Unda Windows 7" tizimi o'rnatilgan, lekin boshqa dasturlarni ishlatish cheklangan yoki sotib olishni talab qilmoqda. Bunday holatda mening ushbu maqolam sizga yordam beradi degan umiddaman.
1. Kompyuteringiz va operatsion tizimingizni himoya qilish uchun sizga  antivirus kerak bo`ladi. Afsuski, ko`pchilik antiviruslar pullik yoki vaqtinchalik muddatga isnhlaydi. Masalan, "Kasperskiy" antivirusini 30 kunga ishlatish mumkin. Bunday holda sizga "Avast" antivirusini tavsiya qilishim mumkin. Uni saytidan yuklab olishingiz mumkin. U yerdan "Free antivirus"ni tanlaysiz va yuklab olishingiz mumkin bo`ladi.


2. "Microsof office"ni ishlatish uchun sizdan pul talab qilyaptimi? Unda boshqa idora dasturlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, "Libre office" dasturini ishlatib ko'rsangiz ham bo`ladi. Ushbu dasturda ham "Microsoft of
fice" dasturida qilingan hamma ishlarni bajarish mumkin. Uning ham "Microsoft word", "Microsoft exel", "Microsof Power point"ga o'xshash dasturlari mavjud. Yana bitta yaxshi xususiyati shundan iboratki, u o`zbek tilida, hatto imlo xatolarini tekshirish funksiyasi ham mavjud.


Ushbu dasturni bu yerdan yozib olishingiz mumkin. U yerdan o`zbekchani tanlashingiz ham mumkin.

3. Arxivlarni ochishda qiynalayapsizmi? Unda sizga tekin  "7-Zip"  dasturini tavsiya qilaman.

 "7-Zip" yuqori darajali arxivchi dasturdir.  "7-Zip" ochiq kodli dasturiy ta’minot hisoblanadi. Ko’pgina kodlari GNU LGPL litsenziyasi ostida. unRAR kodi esa  GNU LGPL + unRAR aralash litsenziyasi ostidadir.
Siz 7-Zip dasturidan har qanday kompyuterda, shuningdek tijorat yo’lidagi tashkilot kompyuterlarida ham foydalanishingiz mumkin. 7-Zip dasturi uchun siz ro’yxatdan o’tishingiz ham, pul to’lashingiz ham shartmas, lekin uni qo’llab-quvvatlash uchun ushbu saytda  yordam berishingiz  (ehson qilishingiz) mumkin.
Far boshqaruvchi uchun plugin, 74 ta tilda, shuningdek o’zbek tilida tarjimalari ham bor.
7-Zip Windows 98/ME/NT/2000/XP/Vista operatsion tizimlarida ishlaydi, shuningdek Linux\Unix operatsion tizimlari uchun buyruqlar matni uchun port  ham bor.
Uni haqda batafsil ma’lumotlarni asosiy sahifasidan olishingiz mumkin.
Ko’chirib olishni esa download bo’limida amalga oshira olasiz.
4. Turli formatdagi videofayllarni tomosha qilishga qiynalayapsizmi? Unda sizga "VLC" video ijro etuvchi dastur yordam beradi.  "VLC"  erkin va ochiq kodli multimediya dasturi bo'lib, juda ko` video formatdagi fayllarni ocha oladi. Oddiygina ta'riflaganda, sodda, kuchli va tez. Quyidagi formatlar uchun codec paketini o`rnatish shartmas. MPEG-2, H.264, DivX, MPEG-4, WebM, WMV player 
Ushbu tizimlarda bemalol ishatish mumkin: Windows, Linux, Mac OS X, Unix... 
Hozircha uning o`zbekcha veriyasi yo`q, lekin tez kunlarda bo`lish ehtimoli mavjud. Bu yerdan kerakli verisyasini kerakli tizim uchun tanlab yuklab olishingiz mumkin.
5. Rasmlarni tahrirlashda "Adobe Photoshop" dasturi sizdan pul talab qilsa yoki shunchaki "open source" dasturidan foydalanmoqchi bo`lsangiz, "Gimp" dasturidan foydalanib ko`ring. U sizga yoqib qoladi. Boshida sal ishlash noqulaylik tug'dirishi mumkin, lekin tezda moslashib olasiz. "Adobe Photoshop" dasturida bajariladigan hamma ishni ushbu dasturda ham bajarish mumkin. Bu yerdan ko'chirib olasiz
6. Agar siz 3d grafikaga qiziqsangiz, "3d max" dasturini sotib olishni xohlamasangiz yoki kompyuteringizning konfiguratsiyasi ushbu dasturni ko`tara olmayotgan bo`lsa, "Blender" dasturi sizga yordam beradi. Ushbu dastur orqali, turli uy va obyeklarning loyihasini, reklamalar, multfilmlar va 3d rasmlarni tayyorlash mumkin. Har qanday kuchsiz kompyuterda ham ishlatish mumkin. "Big buck bunny", "Sintel" kabi multfilmlar ushbu dasturda tayyorlangan. Python dasturi bilan birga ishlatish mumkin. Bu yerdan yozib olishingiz mumkin.

Saturday, February 11, 2012

Linuxni tanlash uchun 10 sabab


Windows va Linux amaliyot tizimlari kompyuterdan foydalanuvchilar o‘rtasida doimiy bahslarga sabab bo‘lib kelgan. Ularning qaysi birini tanlagan ma'qul? Quyida e'tiboringizga havola etiladigan 10 tavsiya Linuxning afzallikllari xususida.

1) Linux – eng xavfsiz tizim. Darhaqiqat, amaliyot tizimini ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridayoq xavfsizlikka katta e'tibor berilgani bois Linuxni bemalol fundamental xavfsiz tizim deb atash mumkin. Ayniqsa, kompyuteringizda muhim va maxfiy hujjatlar bilan ishlasangiz amaliyot tizimingizni Windowsga almashtirishga shoshilmaganingiz maqsadga muvofiqdir.

2) Linux tizimlari oilasi tezkorligi bilan shuhrat qozongan. Shu bois sermahsul faoliyat yuritish uchun kuchli va qimmat qo‘shimcha uskunalar xarid qilishga hojat qolmaydi. Bu amaliyot tizimining bir shaklidan ikkinchisiga o‘tishda kompyuterning apparaturasiga o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi. Ajoyib grafik effektlardan bahramand bo‘lish uchun oddiygina netbuk ham kifoya.

3) Linux foydalanuvchisimisiz? Unda bepul dasturiy ta'minotlar dunyosiga xush kelibsiz! Bepul pishloq faqat qopqonda bo‘ladi deyishga oshiqmang. To‘g‘ri, bunday soft har doim ham Windows platformasidagi pulli dasturlar o‘rnini bosa olmaydi. Biroq linukschilar qo‘l qovushtirib o‘tiradigan anoyilardan emas, o‘rganishyapti, izlanishyapti. Ularning dastur kodi ochiq bo‘lib, softlarni istagancha, xilma-xilini tanlab olishga imkon beradi. Tasavvur qiling-a, dasturning qonuniy (legal) nusxasidan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Bunaqasi qayda bor?!

4) To‘g‘ri sozlangan Linux ishdan chiqmaydi. Demak, siz tasodifiy xatoliklar sabab kompyuter tizimingiz «osilib qolishi» yoki qayta yuklanishidan cho‘chimasdan bamaylixotir ishlayversangiz bo‘ladi. Ayniqsa, kompyuterda asosan hisobotlar, ma'ruzalar, kurs ishlari, referatlar va hokazolarni tayyorlovchilar uchun bundan ma'quli yo‘q. Aytishlaricha, Linuxni 200 kungacha qayta yuklamasdan ishlatish mumkin ekan (biz sinab ko‘rmadik).

5) Grafik muhitidagi bunchalik ko‘p rang-barang sozlanmalarni boshqa hech bir tizimda uchratmaysiz. Har bir foydalanuvchi ochiq kodi tufayli tizimining o‘ziga xos va takrorlanmasligiga erishishi mumkin.

6) Linuxning fayl tizimi ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan, Linuxda uzoq vaqt davom etadigan zerikarli defragmentatsiyani amalga oshirish talab etilmaydi. Buning o‘rniga qimmatli vaqtingizni biron-bir foydali mashg‘ulotga sarflashingiz mumkin.

7) Aynan ochiq kodi bois Linuxning juda ko‘p distributivlari ishlab chiqilgan. Ularning har biri muayyan maqsadlarga yo‘naltirilgan. Har kim o‘zi uchun mos, ish samaradorligini oshiruvchi shaklini tanlab olishi mumkin.

8) O‘rnatib bo‘lgach, distributivda o‘zingiz kutgan natijani ko‘rmasangiz, uncha xafa bo‘lmang. Negaki, Linux tizimlari oilasini «qo‘lga o‘rgatish» juda oson. Tizimni sozlashga 1-2 kun vaqtingiz ketsa hamki, oxir-oqibat orzuingizdagi tizimni qo‘lga kiritasiz. Bu unchalik mushkul ish emas.

9) Aksariyat distributivlar mutlaqo bepul tarqatiladi. Siz ularni internetdan yuklab olishingiz, pochta orqali buyurtma asosida olishingiz yoki bo‘lmasa ramziy to‘lov evaziga qo‘lga kiritishingiz mumkin. Yangilanishlar aniq davriylikda amalga oshadi, bunisi ham bepul.

10) Albatta, Linuxda ishlash qo‘shimcha ko‘nikmalarni talab etadi. Har doim ham qurilmalar ko‘ngildagidek ishlayvermaydi, tizimdagi avtosozlashlar foydalanuvchiga noqulayliklar tug‘dirishi ehtimoldan yiroq emas. Ajoyib texnik qo‘llab-quvvatlash tizimi, yordamga shay insonlar to‘planuvchi ko‘plab forumlar bo‘lajak foydalanuvchini jalb etishi turgan gap. Bir so‘z bilan aytganda, Linux foydalanuvchilari hamjamiyati juda do‘stona va chiqishimli jamiyat.

Tanlov hukmi o‘zingizga havola, faqat bir qarorga kelishdan oldin amaliyot tizimining barcha afzallik va kamchiliklarini e'tibordan qochirmang – shunda marra sizniki.
Sobit AHADOV tayyorladi.  Manba