Friday, February 24, 2012

"Ubuntu" orqali "Windows"ni birinchi yuklanadigan tizim qilish

Agar siz "Ubuntu"ni oʻrnatsangiz, "Ubuntu" standart yuklanadigan birinchi tizimga aylanadi. Bunday holda siz "Windows"ni ishga tushirmoqchi boʻlsangiz, tanlash uchun sizga 10 soniya vaqt beriladi. Agar shu vaqt ichida "Windows"ni tanlamasangiz, standart tizim sifatida avtomatik tarzda "Ubuntu" yuklanadi. Agar siz koʻproq "Windows" OTdan foydalansangiz, yoki toʻgʻridan-toʻgʻri uni yuklanishini xohlasangiz, buni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: 1. Grub moslamalar faylini oʻzgartirish orqali. 2. "Start-up Manager" orqali amalga oshirish.
Oddiy foydalanuvchilar uchun 2-usul osonroq, menimcha. Sizga grafik muhitda 1-yuklanadigan tizimni tanlash imkonini beradi. 
"Start-up manager" dasturini oʻrnatish uchun terminalni ishga tushirishimiz kerak (Ctrl+Alt+T). Termindalda ushbu buyruqni yozib, "Enter"ni bosamiz.
sudo apt-get install startupmanager 
"Start-up Manager"ni oʻrnatib boʻlgandan soʻng uni ishga tushiramiz va grafik muhitda 1-avtomatik yuklanadigan tizimni va vaqtni tanlaymiz.
      
Ushbu maqola sizlarga yordam beradi degan umiddaman.



No comments: