Sunday, January 5, 2014

Video fayldan rasmga tushirish va qisman yozib olish

Koʻpchilik mendan soʻraydi: "Video fayllardan qanday rasm olish mumkin?". Yana turli sabablarni koʻrsatishadi: "Toʻydan rasmlar qolmagan, rasmlar oʻchib ketibdi va hokazo..."
Video fayllardan rasm olish yoki qisman videoni ajratib yozish uchun juda koʻp dasturlar mavjud, lekin ular juda ogʻir ishlaydigan va murakkab dasturlardir. Men hozir sizlarga tavsiya qiladigan usulda oddiy "VLC media player"dan foydalanish mumkin. Ushbu dastur turli video fayllarni oʻqishga va koʻrsatishga moslangan. Bundan tashqari - open source (ya`ni erkin va ochiq kodli dasturiy ta`min), tekin. Qisqasi boshladik.

Video fayldan rasm olish

Video fayl "VLC media player" bilan ochiladi. Windowsda toʻgʻridan-toʻgʻri ochmasa, "открыть с помощью" ("Open with") bilan ochish mumkin.
Videoning kerakli joyida faylni ijro etish pauza qilinadi (Klaviaturada "Пробел" (Space) tugmasi yordamida). Video ijro etuvchi VLC dasturining yuqori qismidagi menyudan "Video" bandini topasiz. U yerdan "Take Snaphot"ni bosasiz. Rasm "Windows XP"da "Мой документы" ichidagi "Мой рисунки" ga avtomatik tarzda tushadi. "Ubuntu" da esa "Pictures"ga saqlanadi.

Video fayldan bir qismini yozib olish
 "VLC media player"da ijro etilayotgan video faylni yozib olish uchun menyudagi "View" ga kirib, u yerdan "Advanced Controls"ni tanlashingiz kerak. Endi pastgi qismda quyidagicha panel paydo boʻlishi kerak:
Ushbu paneldagi dumaloq qizil belgichani yozib olinishi kerak boʻlgan video boshida bir bosasiz, tugash vaqtida yana bir bosasiz. Endi yozib olingan video fayl "Windows XP"da "Мой видео"ga saqlanadi. Rasmga olishni dumaloq qizil  belgi yonidagi, fotoapparat rasmiga bosib ham amalga oshirish mumkin.