Avval bu yerdan oʻrnatish uchun arxiv faylini yuklab olasiz. Soʻngra uni xohlagan biror joyda arxivdan ajratasiz. Arxivning ichidan "Linux" jildi ajralishi kerak. Xuddi shu jildning ichiga kirib, "Install" faylini topasiz va shu faylning ustiga sichqoncha koʻrsatkichini olib kelib, oʻng tugmachasini bosasiz. U yerdan "Xossalari" ("Properties" yoki "Свойства") bandiga kirasiz va "Huquqlar" boʻlimidan "Faylni dastur kabi ishga tushirishga ruxsat berish"ga "toʻgʻri" belgisini qoʻyasiz va uni yopasiz.
Endi terminalni ishga tushirish kerak boʻladi. Xohlasangiz buni menyudan topib yoki klaviaturada Ctrl + Shift + T tugmalarini bosish bilan ishga tushirish mumkin boʻladi. Terminalda
sudo subuyrugʻini amalga oshirasiz. Administrator parolini kiritib "Enter" tugmasini bosasiz. Endi arxivdan ajratilgan "Linux" jildining ichiga kirish kerak boʻladi. Buning uchun terminalda "cd" buryugʻidan foydalanamiz. Masalan, men ushbu jildni "Uy jildi"ga arxivdan ajratganman.
Terminalda quyidagicha buyruqni amalga oshirdim.
cd /home/akmal/Linux/Ushbu jildga kirganligi uchun terminalda quyidagicha yozuv paydo boʻldi:
root@akmal-Satellite-C655:/home/akmal/Linux#Endi quyidagi buyruqni amalga oshiramiz:
bash installOʻrnatish jarayoni boshlanadi. Berilgan savollarga javob berishga toʻgʻri keladi.
Oʻrnatish jarayoni tugagandan soʻng "Asosiy menyu"ga kirib "Oʻrnatilgan" dasturlar ichidan "Mobile partner"ni topib ishga tushirasiz.
Endi modemni kompyuterga ulasangiz ham boʻladi. "Mobile partner" modemni tanigach va antenna paydo boʻlgach, "Tools" dan "Options"ga kirasiz. U yerdan "Profile management" ga kirib, "New" ("Yangi") tugmasini bosib, quyidagidek "Profile" yaratasiz. Bu yerda "Profile" nomini oʻzgartirishingiz mumkin. Qolgani quyidagi rasmdagidek qolvaersin.
Endi bemalol internetga ulanib ishlash mumkin.
Ushbu dasturning salgina eski versiyasi, lekin bemalol sms yozish mumkin va traffikni koʻrish mumkin boʻladi.
No comments:
Post a Comment