Sunday, July 15, 2012

"Ubuntu 11.10"dan "Ubuntu 12.04 LTS"ga!

"Ubuntu"ni yangilash uchun tekin internet imkoniyati paydo boʻldi. Shuning uchun uni yangilashga muvaffaq boʻldim. Bu yangilash jarayoni haqidagi ma`lumotlar biror kishiga asqotib qolar degan umidda maqolacha tayyorladim:
Yangilash uchun "Yangilash boshqaruvchisi"ni ishga tushirish kerak boʻldi. Avval "Tekshirish" tugmasini bosib, barcha yangilashlarni tekshirib chiqqandan soʻng, quyidagicha holat paydo boʻldi:
"Yangilash" tugmasini bosgandan soʻng, quyidagicha oyna paydo boʻladi:

"Yangilash"ni bosganingizdan soʻng quyidagicha oyna paydo boʻladi:



Endi esa oʻzgarishlar haqida ma`lumot beruvchi oyna paydo boʻladi:

"Start Upgrade"ni bosgandan soʻng yuklab olish jarayoni boshlanadi:
Yuklab olish tugagandan soʻng, oʻrnatish jarayoni boshlanadi:
Oʻrnatib boʻlgandan soʻng, kompyuterni oʻchirib-yoqishga toʻgʻri keladi. Yangilash jarayoni unchalik qiyin emas. Faqat ancha vaqt va traffikni talab qiladi. Men 8-9 soat vaqtimni ushbu jarayonga bagʻishladim. Albatta, yuklab olish jarayonida bekor oʻtirganim yoʻq. Kompyuterda ishlarimni bajardim, testlar taxladim. Yuklab olish tugagandan soʻng, notebookni shunday yopdim-u, uyga kelib ochgandim, oʻrnatish jarayonini boshlab yubordi.


2 comments:

Unknown said...

Kompyuterimda Windows 7 bilan birgalikda Ubuntu i‘rnatmoqchi edim, Ubuntuning 13.04 versiyasini olib, iso'formatini diskka yozdim, bungacha hammasi xamirdan qil sug‘urganday bo‘ldi. Lekin Ubuntuni o‘rnatayotganimda "Windows bilan birgalikda o‘rnat" degan joyini bosganimdan keyin mana bu yozuvlar chiqmoqda:

The system is going down for reboot now.
udevd [17711] '/sbin/mod probe -qba dm-multipath' [24162]
terminated by signal 15

Pastda yana 2 satr qandaydir yozuvlar bor edi.
Bu ishni 10 marta qilgan bo‘lsam, hammasida o‘xshamadi. Menda Windows 7 Home Pr (x64), ubuntu'ning ham x64'ligini o‘rnatayotgandim!
Oldindan RAHMAT!

Akmal (akmalxster) said...

Menimcha, hammasini eplashtirgansiz. Endi javob yozishim shart boʻlmasa ham kerak. Koʻpchilik linuxchilar avval savol soʻrashadi va oxiri oʻzlari muammoni hal qilishadi. "Chanqogʻingga ishon, oʻzing hal qil" deganalridek.