Sunday, February 4, 2007

Endi "Kubuntu"

Mana yana uzoq tanaffusdan so'ng yana blogimni o'zimning boshni qotiruvchi so'zlarim bilan to'ldirisni boshladim. Mening hayotim oxirgi vaqtda Linux bilan bog'lanib borayapti. Oxirgi vaqtda «Kubuntu»dan foydalanishni boshladim. Menda uning 6,10 versiayasi. Menga juda ham yoqdi. Ayniqsa, «Mozilla firefox» ning yangi 2 versiyasi borligi yoqdi. Boshqa Linux turlarida internetdan ko'chirib olib, so'ngra uni arxivdan ajratib olib, papkani ichidan «firefox»ni bosib ochardim. Mana endi sestemaning o'zida yangi «Firefox»!

Hamma paketlar yangi. Bundan tashqari «Debian»da kirill alifbosida yoza olmay qiynalgandim. Kubuntu da esa hammasi tayyor. Shuningdek, «ark» arxivida «rar» keyngaytmali fayllarni ocha olmayotgandim. Buning ham yo'lini topdim.

sudo apt-get install unrar

Yana ko'pgina repozitoriylarni ko'chirib ham oldim va sestemamni yangilashga ham ulgurdim. Menga yoqqan yana bir tarafi, internetdan ko'chirib olingan .deb fayllar /var/cashe/apt/archeves ning ichida saqlanarkan. Agarda bu yerda saqlanmay, o'chib ketayotgan bo'lsa, osongina «Synaptic» yordamida buni to'g'rilash mumkin. Buning uchun avvalo «synaptic» paketi o'rnatilishi kerak.

sudo apt-get install synaptic

so'ngra: sudo synaptic

Graffik muhitda xohlaganingizdek, bemalol moslab olishingiz mumkin.
Bundan oldin "Fedora core 6" ni ham sinab ko'rdim. Kompyuterlarimning biriga o'rnatilgan.
Ha, aytgancha, kechadan oldingi kuni "Kubuntu Feisty Herd 3" chiqdi.
Ana shunaqa gaplar. Yaqinda, insholloh, yangi sayt ochishni rejalashtirib quydik. Ushbu blog ham shu sayt uchun asosiy poydevor vazifasini o'taydi degan umiddaman.


"

2 comments:

xattabych said...

Kubuntuni men ham o'rnatib ko'rgandim. Lekin hanuzgacha ichki conexant modemimni linuxda moslay olmadim:(((

Akmal (akmalxster) said...

Modem muammosi Ubuntudagi eng katta kamchiliklardan biri. Boshqa linux distrolarida drayverlarni topsa bo'ladi, lekin Ubuntu da bu ancha qiyin. Chunki Ubuntuning hammaga tarqatiladigan diskida main, restrected lar bor faqat.
Qolganlarini internetga ulgangandan so'ng topsangiz bo'ladi. Modem driverini topishning bir qancha yo'llari mavjud. Bu haqda hali bitta maqolachaga o'xshash narsa tayyorlash niyatim bor.