Saturday, February 10, 2007

Faqat "konsole"

Shu kunlarda X grafik muhitisiz ishlashimga to'g'ri kelayapti. Chunki "Kubuntu" ni yangilashda

/etc/apt/source.list
ga "Ubuntu"ning repozitariylarini ko'rsatgandim. Monitorda tasvirlar kattalashib ketdi. Ilgari tasvir chappa bo'lib qolib ancha qiynagandi. Mana endi, katta bo'lib ketdi. X11 ni qo'lbola moslab ko'rdim. Natija esa, xserver siz qoldim. "Kde" paketlarini
sudo apt-get autoremove kde
bilan olib tashlab, yana
sudo apt-get install kde qildim, lekin mendagi eng yangi paketlar bo'lganligi uchun yangilarini olib bo'lmasmish. Shunday qilib hozircha faqat Ctrl + Alt + F1 dan foydalanayapman.Bu yerda F1 dan F7 gacha bo'lgan "konsole" dan foydalanib o'tiribman. Bu yerda F7 Grafik muhit uchun ishlatiladi.
Asosiy kommandam,
sudo mc
Midnight commander bo'lib qoldi. Internet uchun "lynx"dan doydalanayapman.
ya'ni
lynx uzadmin.blogspot.com
kabi. Ba'zida vi, nano editorlardan foydalanib turibman, lekin nima bo'lganda ham ancha tajriba ortirayapman. Kecha shunday holatda "Free bsd" ni iso obrazlarini ko'chirib olishga urinib ko'rdim, bemalol ko'chirayapti, lekin men "wget" bilan ko'chirib olmoqchi edim. Bunga urinib ko'rdim, lekin chiqmaypti. Menimcha, hali o'qish kerak. Bir do'stim Rossiyada ishlayapti. U o'zimizda ancha kompyuter sohasida bilimga ega edi. Lekin uning aytishi bo'yicha hozir u Rossiyada eng bilimsizga o'tib qolarkan. Shuning uchun u menga tinimsiz va juuuuda ko'p o'qish kerakligini aytdi. Shuning uchun bu maslaghatni o'zimga olgan holda sizlarga ham maslahat beraman. Shundagina biz ham o'zimizning davlatimiz, xalqimiz, millatimiz, dinimiz rivojiga oz bo'lsada o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

No comments: