Monday, January 15, 2007

Muammolar va yana muammolar...

Bugun yana ilgarigi muammolarim paydo bo'ldi. Mandriva serverimda qanqadir o'zgarishlar paydo bo'ldi. Ilgari ham shu narsa meni ancha qiynagandi. Tarmoqdagi konpyuterlarim internetda ishlashi uchun browserlarga proxy qo'yib chiqqandim. O'zi avtomatik tarzda topa olmayotgandi. Bu holatni qayta o'rnatishdan so'ng o'zidan-'ozi hal bo'lardi. Yana bir mucha vaqt o'tib shu holat takrorlandi. Muammoni hal qiliish uchun ko'pgina forumlarni kovlab chiqdim. Menga eng yoqqanlaridan biri:
http://mandrivausers.org
Bu yerda bitta yaxshi va oddiy narsani o'rgandim.
Lekin baribir muammoni hal qila olmadim. Balki battar qilib qo'ydim. Ilgari oz bo'lsada ishlayotgandi. Endi umuman yo'q, ishlamay qoldi. Tarmoqdagi kompyuterlarim internetsiz qoldi...
Alloh xohlasa, ertaga yana bir izlanib ko'raman.
"drakconf" ning o'rniga "mcc" deb yozsa ham "Mandriva Linux boshqaruv paneli" ni ocharkan.
Hozir "Kubuntu 6.10" ning cd desktop nusxasini kompyuterimga yuklab bo'ldim. Hozir CD diskka Nero yordamida yozayapman. Ularni ham sinab ko'rmoqchiman

No comments: