Saturday, January 13, 2007

Tarmoqdagi server

Bugun tarmoqdagi serverni moslash haqida yozmoqchiman.
Buning uchun eng avvalo Yangi tarmoq interfaysini tuzish va moslash kerak.

"Янги тармоқ интерфейсини ўрнатиш ва мослаш (LAN, ISDN, ADSL)" ->




Bu yerdan "Ithernet" tanladim. Chunki menda SDSL ulanish, lekin SDSL modemga tarmoq platasi orqali ulangan. Shuning uchun ham men "Ithernet" ulanishni tanladim. Siz o'zingizga to'g'ri keladiganini tanlasangiz bo'ladi. Shunday qilib davom etamiz (Keyingi).



Shu yerdan asosiy ulanish usulini tanlyamiz. Menda eth0 asosiy internetga ulanish uskunasi hisoblanadi.



Shu yerga kerakli raqamlarni yozasiz (Ip raqami, tarmoq maskasi, Gateway, DNS serverlari) va "Keyingi"


Keyingi oyna hali o'zbek tiliga tarjima qilinmagan ekan. Shunday bo'lsada o'zim oddiygina tarjima qilishga urinib ko'raman.
Allow users to manage the connection - Foydalanuvchilarga ulanishni boshqarishga ruxsat berish
Start the connection at boot - Kompyuter yuklanayotgan vaqtda ulanishni boshlash
O'zingizga keraklisiga belgi qo'yasiz.
"Keyingi" ->


Do you want to start the connection now? - Siz hozir ulanishni boshlamoqchimisiz?
Bu yerdan "Ha" yoki "Yo'q" ni bosasiz.
"Keyingi" ->

Agarda
"Табриклаймиз, тармоқни ва Интернетни мослаш тугади. Бу тугаганидан сўнг, компьютернинг номи билан боғлиқ бўлган муаммоларни олдини олиш учун X муҳитингизни бошқадан ишга туширишни биз тавсия қиламиз."
deb yozsa, kde ni qaytadan ishga tushirishingiz kerak. Buning uchun hamma ochiq oynalarni saqlab yopib, "Chiqish" bilan yoki Ctrl + Alt + Backspace ni bosib turib ham amalga oshirsa bo'ladi.

X muhiti qaytadan ishga tushganidan so'ng, "drakconf" dan dan yana bitta (ikkinchi) tarmoq uskunasini moslaymiz. Bu local tarmoq uchun tuzilayotganligi sababli ip adresni 192.168.0.1 shaklida qo'ysa ham bo'ladi. Ushbu jarayon tugagandan so'ng, "Tarmoq va internet" bo'limidan "Internet aloqasini lokal tarmoqdagi boshqa kompyuter bilan bo'lishish" orqali tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga internetni tarqatishni moslaysiz.



No comments: