Mozilla veb sahifasida bugun "Android uchun Firefox"ning 37-Beta versiyasiga o‘zbek tili qo‘shilganligini o‘qib qoldim.
Bu men uchun ushbu oyda 2-xushxabar bo‘ldi. Yaqinda "Mozilla Firefox"ning kompyuter versiyasi e’lon qilinganligini sahifamda aytib o‘tgandim. "Mozilla Firefox" xodimlari menga 37-versiyaga yoki 38-versiyaga o‘zbek tilini qo‘shish mumkinligini tanlashimni aytishgandi. Men 37-versiyaga qo‘shishlarini so‘ragandim va ularning shartlariga rozi bo‘lgandim. Mana, Allohga shukur, Beta versiyaga qo‘shilibdi. Yaqinda "Android uchun Firefox Aurora" versiyasini ko‘rib chiqqandim. Anchagina xatolarini to‘g‘rilagandim, lekin Beta versiyasi bilan ham yaxshilab tanishib chiqishim kerak. Hozircha telefonimga o‘rnatishga ulgurmadim. Ucell’ning tungi traffigidan foydalanib, tekinga o‘rnatib olmoqchiman. Ha, aytgancha "Firefox"ning ushbu versiyasiga "O‘qish usuli" qo‘shilgan. Ya’ni birota sahifani o‘qimoqchi bo‘lsangiz, lekin shoshib turgan bo‘lsangiz, keyinroq o‘qish uchun "O‘qish ro‘yxati"ga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin, Keyinroq uni xohlagan vaqtingizda internetga ulanmasdan ham o‘qib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.
Qisqasi, hozircha sinab ko‘rmadim. Keyinroq yuklab olsam, ekran rasmlarini sizlar bilan baham ko‘raman, xudo xohlasa.

1 comment:
Выбирая букмекера, важно убедиться, что у него есть надежная лицензия. Лучшие лицензии выдаются такими органами, как Curacao eGaming, Malta Gaming Authority (LGA) и UK Gambling Commission. Они гарантируют честную игру, защиту данных и своевременные выплаты. Также стоит обратить внимание на локальные лицензии, если букмекер работает в конкретной стране. Например, мелбет уз учитывает требования региональных регуляторов, обеспечивая безопасность ставок и удобство для игроков.
Post a Comment