Men ushbu bruzer uchun uch yilga yaqin vaqtim ketibdi. Hatto "21-versiyasi o‘zbek tilida chiqadi, inshoolloh" deb twitterhda yozuv qoldirgan ekanman :) . Birinchi marta Toshkentda Barcamp’da "Opera" brauzeri dasturchilaridan biri bilan uchrashib, uni o‘zbek tiliga tarjima qilish taklifini bergandim. U bergan pochta orqali lokalizatsiya markazi bilan bog‘landim, lekin ularga qilib bergan sinovdagi tarjimam yoqmagandi va "Opera" boshqa insonlar tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgandi. Mozilla Firefox 2006-yilda norasmiy tarzda qisman Mashrab Kuvvatov va Behzod Saidovlar tomonidan ham o‘zbek tiliga o‘girilgandi, lekin rasmiy versiyaga qo‘shilmaganligi uchun qolib ketgandi.
Menda aslida "Mozilla Firefox"ni tarjima qilish g‘oyasi "Ubuntu"ni tarjima qilish vaqtida tug‘ilgan edi. Ubuntu uchun ko‘pchilik dasturlarni o‘zbek tiliga o‘girib chiqqandim, lekin brauzerlar hali tarjima qilinmagan edi. Shunda "Mozilla Firefox"ni tarjima qilishim kerak degan maqsadni o‘z oldimga qo‘ydim. Ancha oldin Qamarnisoning "Firefox"ni ishlab chiqaruvchilar o‘zbek tiliga tarjima qilib beruvchi kishini izlayotganini aytgandi. Men u bergan pochta orqali "Pootle"dagi "Mozilla Firefox" tarjimalari bilan shug‘ullanuvchi kishini topdim va tarjimani boshlab yubordim. Boshida "Ubuntu"dagi standart o‘bekcha shriftdan foydalanib "o‘" va "g‘" harflaridagi "yakka qo‘shtirnoq" o‘rniga "okina" belgisidan foydalandim. Keyinroq esa, Ruslan Abdullayevning yordamida o‘zbekcha klaviaturalarga "‘" - yakka qo‘shtirnoq belgisini qo‘shishga muvaffaqt bo‘ldim va qolgan tarjimalarida "o‘" va "g‘" yakka qo‘shtirnoq belgisi bilan yozildi. Shuning uchun ham hozirgi tarjimalarda ushbu belgilar turlicha bo‘lishi mumkin. "Mozilla Firefox"ning sayti tarjimalarida anchagina xatolar bor. Ularni to‘g‘rilash uchun vaqtim kamlik qildi. Bundan tashqari sayt tarjimasini juda tez qilishga harakat qilganman, chunki ularni tugatsam, "Mozilla Firefox"ni o‘zbekchada chiqarishga va’da berishgandi. Uch yil davomida "Firefox Aurora" versiyasini ba’zi umuman rus va ingliz tilini tushunmaydigan kishilarga ishlatib ko‘rishni tavsiya qildim. Hatto bir qarindoshim bemalol undan foydalanishni o‘rganib oldi. Bundan oldin o‘zbek internet foydalanuvchilariga oson bo‘lishi muchun "Mozilla Firefox" uchun o‘zbekcha imlo tekshirgich kengaytmasini yaratib ham ko‘rdim. Menda yaxshi ishlagandi. Xudo xohlasa, ushbu loyihani ham davom ettiraman degan umiddaman.
Qisqasi, o‘zbekcha "Mozilla Firefox" kerak deb o‘ylayman. Shunchaki, faqat internetni ko‘rish emas, undan foydalanishni oson qilish uchun ham o‘zbek tilida bo‘lgani yaxshi deb o‘ylayman.
Mana bu yerga kirib, yuklab olishingiz mumkin. Ushbu sahifada o‘zbek tili qo‘shilganligi haqidagi ma’lumotlar ham bor.
Men qiziqiqanimdan uyga borib o‘tirmasdan, ishxonamning o‘zidayoq yuklab oldim va o‘rnatish jarayonini boshladim.
Nazarimda, tarjimalar juda yomon chiqmagan, lekin tepada "WelMozilla Firefox" shaklida xato ketgan joy bor, buni hozir to‘g‘rlab qo‘ydim.
Keyin esa,
So‘ngra, o‘rnatib bo‘linishini kutdim.
Oxirida o‘rnatib bo‘linganligi haqida ma’lumot chiqdi.
Endi "Tugatish" tugmasini bosib, ishga tushirish qoldi.
Albatta, "|Hech narsa import qilinmasin"ni tanladim, chunki sinxornlash orqali oldingi saytlarni va parollarni bemalol topib olishim mumkin.
Mana umumiy ko‘rinishi. Menimcha, yangi so‘zlar qo‘shilgan va ular hali o‘zbek tiliga o‘girilmagan. Aniqrog‘i men xabarsiz qolibman. Keyingi versiyalarda o‘zbek tilida ko‘rasiz, xudo xohlasa.
Menyular bilan tanishishda yana davom etdim.
Shunaqa gaplar. Facebook’dagi "Havaskor va professional tarjimonlar" guruhiga ushbu e’lonni joylaganimda Hamza Foziljonov o‘rnatish jarayonidagi "ekran rasmlari" bilan bo‘lishdi. Unda okina belgisining katakchalar shaklida ko‘rinayaotganini ko‘rish mumkin. Men u kishidan tizimidag kodlash bilan bog‘liq muammo bor bo‘lishi mumkin deb fikr bildirdim. Sherzod Mamatkulovning fikricha Hamza Foziljonovning tizimidagi mavzu okina belgisini o‘qiy olmayapti. Chunki, mening ham ham Sherzod Mamatkulovning ham kompyuterda odatdagi "Windows 7" mavzusida har bir belgi yaxshi ko‘ringan edi.
No comments:
Post a Comment