Thursday, August 23, 2012

Linuxda oʻyinlar

Ba'zi insonlar "Windows" operatsion tizimi haqida gap ketganda, u oʻyin uchun yaratilgan deyishadi. Balkim, qisman ushbu gapda haqiqat bordir, lekin linuxda ham oʻyinlar oʻynash mumkin.

1. "Assault cube". Ushbu oʻyin otishma usulida boʻlib, juda sodda va yengil oʻyin. "Windows"da "Counter strike" oʻynaydiganlarga yoqadi deb oʻylayman. Hajmi 45-50 mb atrofida.

2. "Urban Terror" oʻyini. Bu ham otishmalarga asoslangan oʻyin boʻlib, "Quake III" dvijogi asosida yaratilgan oʻyin. Ushbu oʻyinni biror marta ham oʻynab koʻrmaganman, chunki hajmi 1 gb dan koʻproq edi, lekin internet olamida va linux foydalanuvchilari tomonidan tavsiya qilingan mashhur oʻyinlardan biridir.


3. "Open Arena" otishmaga asoslangan oʻyin. "Quake III arena" dvijogiga asoslangan. Turli maxluqlarni har xil qurollar yordamida otish kerak boʻladi.



 4. "Alien Arena" oʻyini. Ushbu oʻyin ham otishmaga asoslangan boʻlib, yuqoridagi "Open Arena" oʻyiniga juda-juda oʻxshash.


5. "Nexiuz" oʻyini. Ushbu oʻyin ham yuqoridagi 2 oʻyinni eslatadi, lekin grafika jihatdan ancha chiroyli va murakkabroq oʻyin.


6 "Cube 2: Saurerbraten" oʻyini. Ushbu oʻyinga men boshida juda qiziqqandim. Turli xil oʻzga sayyoralik mavjudotlar va maxluqlarni qirib tashlash kerak boʻladi, lekin oxirigacha oʻynay olgan emasman.


7. "0 A.D." real vaqt strategiya oʻyini. Juda chiroyli, murakkabroq boʻlgan strategik oʻyin. Bu oʻyinning alfa versiyalarini birinchi marta oʻynaganimda kamchiliklari mavjud boʻlganligi tufayli menga yoqmagandi. Hozirgi kunda anchagina yaxshi oʻyin hisoblanadi.

8. "Glest" 3 oʻlchamli real vaqt strategiya oʻyini. Oldingi versiyalari juda sodda va yengil edi. Yangi versiyasida negadir oʻyinning nomi "Megaglest" shaklida. Yangi-yangi sivilizatsiyalar qoʻshilgan. Misrliklar va amazonkaliklar ham ushbu yangi versiyasiga kiritilgan.


9. "Warzone 2100" stragiya oʻyini. Ushbu oʻyinni birinchi marta oʻynashni boshlaganimda unchalik tushunmaganman, asta-sekinlik bilan tushunib olganimdan keyin 3 yil davomida oʻynab oxirigacha borganman. Undan keyin ham bir necha martalab oxirigacha qayta-qayta oʻynab yetib bordim. Juda qiziqarli oʻyin. Faqat oxirgi vaqtlarda "Ubuntu"da ishlamayapti. Sababini bilmadim.
10. "Trigger" poyga oʻyini. Ushbu oʻyin mashina poygalariga asoslangan boʻlib, anchagina qiziqarli oʻyin. Poyga jarayoni qorli, yomgʻirli mavsumda va choʻlda boʻladi.

Yuqorida keltirilgan oʻyinlar linuxda oʻynasa boʻladigan oʻyinlarning hammasi emas. Bular eng mashhurlari yoki mening oʻzim sinab koʻrgan, menga yoqqan va hozirda ham "Ubuntu 12.10" operatsion tizimimda oʻrnatilgan holda turgan oʻyinlardir. Ularni oʻrnatish buyruqlarini yozib oʻtirmadim, chunki "Ubuntu dasturlar markazi"ga kirib, ushbu oʻyinlarning nomlarini kiritsangiz, sizga topib beradi va oʻrantishni taklif qiladi.

4 comments:

TiT said...

Bir qancha Linux Game lar haqida info bo'ladimi deb o'ylagandim.

Akmal (akmalxster) said...

Albatta, bo'lishi kerak edi. Xudo xohlasa, bo'ladi. Boshlashga boshladim-u, boshqa ishlar boshlanib qolganligi uchun oxiriga yetkaza olmadim...

Unknown said...

Maqolangiz menga juda yoqdi, rahmat. Bir jinnicha savol bermoqchi edim. Ubuntuda Internetga qanday qilib ulansa bo'ladi

Akmal (akmalxster) said...

Bu haqda ushbu blogda bir necha maqolalar bor. Qarab chiqing.Masalan: http://uzadmin.blogspot.com/2012/07/ubuntu-uchun-mobile-partner.html

http://uzadmin.blogspot.com/2012/02/kubuntu-va-ubuntuda-internetni-moslash.html