Monday, December 19, 2011

"Ubuntu 11.04"ni "Ubuntu 11.10"ga yangilash

Hozir ishxonada internetda o'tiribman. Sababi "Ubuntu 11.04"ni yangi "Ubuntu 11.10"ga yangilashim kerak. Yangilash jarayonini bir necha marta Tizim -> Boshqaruv -> Update manager orqali amalga oshirishga urinib ko'rdim, lekin turli sabablar bilan to'xtab qoldi. Oxiri terminal orqali yangilashga qaror qildim.
Buning uchun, avvalo, Ctrl+Alt+T tugmalarini bosib terminalni ishga tushirdim.
Keyin esa "konsole" da quyidagi buyruqni amalga oshirdim:



sudo apt-get update && sudo apt-get upgrade

So'ngra yana ushbu buyruqni bajarishga urinib ko'rdim:



sudo apt-get install update-manager-core


Tizimimda ushbu dastur o'rnatilgan ekan.
Yangi versiyaga yangilash uchun 
sudo do-release-upgrade
buyrug'ini amalga oshirdim. Yangilash boshlanib ketdi.
Ba'zi savollarga "y" tugmasini bosib, "ha" deya javob berdim.

Mana endi kutib o'tiribman...
Aytgancha, "Ubuntu"ning versiyasini ko'rish uchun
cat /etc/issue
buyrug'idan foydalanish mumkin.



No comments: