Wednesday, September 28, 2011

Ubuntuda nvidia 9500 gt video karta drayverini o'rnatish

Mening ushbu maqolam "Ubuntu"da video kartani moslay olmagan barcha linux foydalanuvchilari uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman. Mening kompyuterimdagi video karta "Nvidia 9500 GT" edi. Uni moslash uchun turli dasturlarni o'rnatib ko'rdim, lekin foydasi bo'lmadi. Oxir-oqibat www.google.co.uz dan topilgan ba'zi ma'lumotlar orqali men drayverni o'rnatishga muvaffaq bo'ldim. Ushbu usul qo'yidagicha:
Avvalo, X serverni to'xtatish kerak.Undan so'ng "Nouveau"ni o'chirib tashlash kerak. "Nouveau" - Nvidia kartalar uchun 3D da ishlay oladigan EOKDT drayverdir.
Birinchi qiladigan ishimiz, "nvidia"ning qonuniy saytidan o'zimizga mos drayverni ko'chirib olamiz. Bu yerdan biz mahsulot turi,mahsulot seriyasi, mahsulot nomi,operatsion tizim va tilni tanlashimiz kerak. Hammasini to'g'ri tanlab "Download" tugmasini bosib, shartlarga rozilik bildirib yozib olish kerak. Odatda fayl /home/foydalanuvchi nomi/ papkasiga tushadi.
Endi siz

sudo apt-get remove xserver-xorg-video-nouveau


buyrug'i bilan "Nouveau"ni o'chirib tashlashingiz kerak.
Endi esa Xserverni to'xtatish kerak, buning uchun

sudo /etc/init.d/gdm stop


buyrug'idan foydalanamiz.CTRL+ALT+F1 tugmasini bosib, foydalanuvchi nomi va maxfiy so'zni kiritamiz.Bu yerda qop-qora terminalga

cd /home/foydalanuvchi nomi/


buyrug'ini terib foydalanuvchining uy jildiga o'tamiz. Foydalanuvchi nomi deganda sizning hisobingiz nomi bo'ladi..
Terminalda quyidagi buyruqlarni teramiz:

sudo sh NVIDIA-Linux-x86-275.21.run -k $(uname -r)


O'rnatilish shartlariga rozi bo'lib, dastur tomonidan so'ralgan savollarga javob berib dasturni o'rnatamiz. So'ngra quyidagi buyruq yordamida Xserverni ishga tushirish kerak.

sudo /etc/init.d/gdm start


Mana endi, sizni tabriklasa ham bo'ladi.Endi bemalol linuxda ham warzone 2100, open arena, glest kabi kuchli o'yinlarni o'ynashingiz mumkin.

No comments: