Wednesday, September 28, 2011

Ubuntu uchun kerakli dasturlar (yangi foydalanuvchilar uchun)

Men Ubuntuni birinchi marta o'rnatgan vaqtlarda ancha qiynalgandim. Oddiy foydalanuvchi sifatida kerakli bo'ladigan dasturlar ro'yxatini tuzib chiqdim. Ular qo'yidagilar:
1. Agar siz terminalda ishlayotganingizda fayllar bilan ishlash uchun "Midnight commander" menejeri juda qulay. U fayllarni ko'rish, o'qish, o'zgartirish kiritish, nusxa olish, ko'chirish, o'chirish kabi turli ishlarni osonlashtiradi. Shunday qilib:
sudo apt-get install mc


2. .rar formatdagi arxiv fayllarini ocha olmasangiz terminalda ushbu dasturni o'rnating.Shundan so'ng arxiv menejer sizning .rar formatdagi fayllaringizni ocha boshlaydi
sudo apt-get install unrar


3. .7z formatdagi arxiv fayllarini ochish uchun esa "p7zip-full"ni o'rnatishga to'g'ri keladi:
sudo apt-get install p7zip-full


4. Siz magentdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, buning uchun qutim messenjeridan foydalanishingiz mumkin. Undan icq hisobingizni ochishda ham foydalanishingiz mumkin:
sudo apt-get install qutim


5. Turli video fayllarini ko'rish uchun Ubuntuning standart video playeri sizga yoqmayaptimi? Men unda sizga vlc mediya playerni tavsiya qilishim mumkin. Oddiy, sodda va qulay:
sudo apt-get install vlc


6. Musiqa eshitishda Ubuntuning oddiy audio playerlari yoqmayaptimi? Unda mahramat qilib "amarok" audio playeridan foydalaning. Menga uning aynan ijro etilayotgan qo'shiqning matnini internet saytlaridan topib, san'atkorning rasmini ko'rsatishi juda yoqadi. Faqat qo'shimcha ravishda ko'pgina dasturlar ham o'rnatiladi. Chunki amarok KDE ish stoli muhiti uchun ishlangan. Lekin mp3 fayllarni eshitish uchun avval "ubuntu-restricted-extras" o'rnatilishi kerak
sudo apt-get install amarok
"sudo apt-get install ubuntu-restricted-extras"


7. Fayllarni disklarga turli formatlarda yozish uchun qulay dastur izlayotgan bo'lsangiz, bu dastur "k3b"dir.
sudo apt-get install k3b


8.pdf formatdagi fayllarni ochish uchun "Document Viewer"dan foydalanish mumkin, lekin sizga "acrobat reader" dasturini ishlatish yoqadi. Bunday holatda "acrobat reader"ni quyidagi buyruq bilan o'rnatish mumkin.
sudo apt-get install acrored


9. .djvu formatdagi fayllarni ochishda muammo bo'layaptimi? Unda "DjView4"dan foydalanib ko'ring.
sudo apt-get install djView4

10. Windows XP, Windows Vista, Windows 7 kabi keng tarqalgan operatsion tizimlar uchun ishlangan dasturlari va .exe fayllarini linux tizimida ishga tushira olmayotgan bo'lsangiz, "wine" dasturi bilan buni amalga oshirsa bo'ladi. Men Photoshop 7 dasturini "Wine" dasturida ishga tushirib ishlatib ko'rgandim.
sudo apt-get install wine


Mening ushbu oddiygina maqolam yangi linux foydalanuchilari uchun anchagina foydali bo'ladi degan umiddaman.

No comments: