Agar siz Windows XP ni o'rnatishga qaror qilgan bo'lsangiz, bu jarayonni qanday yo'l bilan amalga oshirish bu sizning ixtiyoringizda, lekin buning uchun sizning komyuteringiz qo'yidagi talablarga javob berishi kerak:
Prosessorning takt chastotasi - 300 MGs
Tezkor xotira (оперативной памят) - 128 bayt
Qattiq diskda bo'sh joy- 1,5 gbaytdan kam bo'lmasligi kerak
videoplata va monitor SuperVGA 800x600 nuqtadan kam bulmaganlik holati bilan.
Modem 14,4 kbit/s dan kam bo'lmagan uzatish tezligi bilan (Internet bilan ishlash uchun).
Bundan tashqari siz qo'shimcha texnika uskunalaridan: ovoz platasi va dinamiklardan - ovoz bilan ishlash uchun, tarmoq platasi (сетевая плата) - mahalliy (локальной сет) tarmoqdan foydalanish uchun ishlatishingiz mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, Windows XP kompyuterda bundan ham past texnik xususiyatda ham (masalan, prosessorning ishlash taktik chastotasi - 233 mgs, O3U - 64M bayt) ishlashi mumkin. lekin operasion tizimning ishlash tezligi ancha past bo'ladi, bir qancha xususiyatlar cheklanadi.
Kimki OS ni o'rnatishga kirishmoqchi bo'lsa, qo'yidagi o'rnatish usullaridan birini aniqlashi kerak.
Sistemani o'rnatishning quyidagi urnatish yo'llari mavjud:
Windows XP ni o'rnatish:
Windows XP ni "0 dan" o'rnatish;
Windows XP ni oldingi versiyasi bilan birgalikda o'rnatish
Windows XP ni qayta o'rnatish.
Windows XP ni oldingi versiyasi bilan birgalida o'rnatganda, Windows avtomatik tarzda oldingi OS ni Windows XP gacha bo'lgan darajada yangilaydi. Bunday holayda kompyuterda bor bo'lgan fayllar, programmalar, sozlash (настройка) parametrlari va boshqa ayni ma'lumotlar saqlanib qoladi.
Windows XP ni qayta o'rnatish - agar kompyuteringiz yomon va noto'g'ri ishlay boshlasa amalga oshiriladi.
No comments:
Post a Comment