Tuesday, December 12, 2006

Ozgina tanaffus.

Mana shuncha kunlik tanaffusdan so'ng yana blogimga u-bu narsa yozib qo'yisha qaror qildim. O'sha kungi o'rnatishdan so'ng, yana o'z qoidamga sodiq qolgan holda yana bir marta o'rnatdim. Bu gal "Debian" ham, "Mandriva 2007" ham hamkorlikda ishlamoqda. Menga ko'proq "Debian" yoqdi. Faqat hozirgi vaqtda kirill alifbosi bilan ishlay olmaganim noqulay bo'lmoqda. Balki bu mening kamchiligimdir. Yana izlashtirib ko'raman. Agar eplay olsam, natijalarini albatta sizlar bilan baham ko'raman. Kallam (boshimda emas)da bir qancha g'oyalar mavjud. Alloh xohlasa, ularni amalga oshirish niyatida yuribman. Kompyuter sohasiga oid yaxshi sayt ochmoqchi bo'lib yuribman, lekin turli sabablar bilan buni amalga oshira olmayapman. Sal ilgariroq forum ham ochgandim, lekin bular tekin hostlar bo'lganligi uchun, boshqa tillarda bo'lganligi va ko'pgina boshqa sabablar tufayli o'zimga yoqmadi. Hozircha u vaqtinchalik bo'lsa ham faoliyat yuritib turibdi. Agarda takliflaringiz bo'lsa bemalol ushbu blogda yozishingiz mumkin.

No comments: