Yaqinda uzoq viloyatlaridan biriga opamning uyiga mehmon bo‘lib bordim. Kasbim muallimlik bo‘lgani uchunmi, jiyanlarim bilan savol-javob qilib oldim. Aqliy qobiliyatini sinab ko‘rishga urindim. Ularning o‘zlashtirish qobiliyatlari ancha yaxshi edi, lekin bilim darajalari pastroq edi. Ularga qanday yordam berish mumkinligi haqida o‘ylab qoldim.
Xuddi shunday holatga tushgan hindistonlik talaba, matematikadan qiynaladigan amakivachchasi uchun videodarslar yaratib, www.youtube.com saytiga joylashtirishni boshlagan ekan va natijada mashhur bo‘lib ketib, "Xan akademiyasi"ga asos solgan ekan.
Men ham uzoq o‘ylab ko‘rib bir nechta yechim borligini aniqladim.
1. Bizda youtube.com saytiga videodarslar joylashtirilsa ham, uni uzoq viloyatdagi o‘quvchilar internet muammolari tufayli foydalana olishmaydi, lekin o‘sha ta’lim muassasi ziyonet.uz tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, utube.uz saytiga joylashtirilgan kerakli videodarslardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bunday holda o‘sha o‘quvchilarda kompyuter yoki planshet bo‘lishi talab qilinadi.
2. Agar internet bilan muammo bo‘ladigan bo‘lsa, malakali o‘qituvchilar videodarslar tayyorlab, ularni dvd disklarga yozib, sotishlari yoki tarqatishlari ham mumkin bo‘ladi. Bunday holda faqat dvdpleyer kerak bo‘ladi. Bunday disklar ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun rus tilida mavjud. Biz ushbu tajribani o‘zbek tilida turli fanlardan qo‘llasak bo‘ladi. Masalan, men ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida biror mavzuni tushuntirish jarayonini videoga olib, tushuntirish jarayonida videotahrirlash dasturlari va Adobe Flash dasturi yordamida ko‘rsatilgan slayd yoki turli videoroliklarni qo‘shib, videodars yaratishim mumkin va barchasini bitta diskka jamlashim mumkin bo‘ladi. O‘quvchilar o‘sha videolavha orqali o‘z ustilarida ishlashlari, savollar tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qilib so‘rashlari mumkin bo‘ladi. Bu kabi disklardan muallimlar o‘quv jarayonida ham yoki darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ham unumli foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Menimcha, mana shunday ilova dasturlarni ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash lozim. Hech bo‘lmaganda turli tanlovlar o‘tkazish kerak va ta’lim tizimiga oid ilova dastur ishlab chiqqanlarni taqdirlash lozim.
Xuddi shu tajibani o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha ilova dasturlar yaratishda ham qo‘llasa bo‘ladi. Masalan, Sitaksis bo‘limida so‘z birikmalari turini aniqlashda quyidagi ko‘rinishda o‘yin tuzish mumkin:
Mosliklarni to‘g‘ri
ko‘rsating:
A) bitishuv
B) boshqaruv
C) moslashuv
D) so‘z qo‘shilmasi
E) qo‘shma so‘z
F)
so‘z qo‘shilmasi
|
1. opam va kitob
2. onasining qizi
3. mening akam
4. uy va tom
5. qalam bilan chizmoq
6. chiroyli gapirmoq
7. kitob bilan daftar
8. do‘stlarni hurmat
qilmoq
9. ishchan o‘quvchi
10. hayron bo‘lmoq
11. men va sen
12.
mehmon qilmoq
|
O‘quvchi chap tarafdagi
atamalarga mos ravishda o‘ng tomondagilarini joylashtirib
chiqishlari lozim bo‘ladi.
Yoki o‘quvchilarning tezkor
fikrlashlarini oshirish uchun ha yoki yo‘q o‘yinini ham ilova
dasturga qo‘shish mumkin bo‘ladi. Quyidagi savollar beriladi.
O‘quvchi o‘z qurilmasida 3 soniya ichida «ha» yoki «yo‘q»
javobini tanlashi kerak bo‘ladi:
1. Teng bog‘lanishda hokim
va tobe qism bo‘ladimi?
2. «Uy
va tom» so‘zlari
so‘z birikmasi hisoblanadimi?
3. Teng bog‘lanish
natijasida so‘z birikmasi hosil bo‘ladimi?
4. Tobe bog‘lanishda hokim
va tobe qism bo‘ladimi?
5. «Olma
va anor» so‘zlari
so‘z qo‘shilmasi hisoblanadimi?
6. «Siz
bilan biz»
so‘zlarida hokim va tobe qism bormi?
7. «Choynakdan
kattaroq» so‘z
qo‘shilmasi hisobalanadimi?
8. «O‘quvchining
sovg‘alari» so‘z
birikmasi bitishuv hisoblanadimi?
9. «Qalam
bilan chizmoq»
so‘z birikmasi boshqaruv hisoblanadimi?
-
“Hurmat qilmoq”da tobe va hokim so‘zlar bormi?
Bunday ilova dasturga testlar
kiritish ham mumkin bo‘ladi. O‘quvchi to‘g‘ri javobni
tanlashi kerak bo‘ladi. Masalan:
1. Men va sen so‘zlari
haqida bildirilgan qaysi hukm to‘g‘ri?
A) so‘z birikmasi
B) so‘z qo‘shilmasi
C) qo‘shma so‘z
D) ibora
2. So‘z birikmasi
keltirilgan qatorni toping.
A) opam va kitob
B) uy va tom
C) Karimjonning akasi
D) hurmat qilmoq
Bundan tashqari turli
chizmalardan foydalanish ham mumkin:
1.
Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi?
Javob: ________________________________
Tushum,
jo‘nalish,
o‘rin-payt,
chiqish
kelishigi
va ko‘makchilar
2.
Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi?
________________________________
Ohan
va ma’nosiga ko‘ra
3.
Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi?
________________________________
Qaratqich
egalik kelishigi
4.
Ushbu sxema so‘z birikmasining qaysi turiga mos keladi?
________________________________
teng
bo‘lovchi va ohang
Agar
shunday turdagi ilova dastur yaratilsa, o‘quvchilarning o‘z
ustilarida ishlashlariga yordam bergan bo‘lar edi. Ilova dastur
o‘yinlarining kitobdan ko‘ra yutuqli tarafi – har bir mashqni
o‘quvchi qayta-qayta bajarishi, qayta-qayta o‘ynashi mumkin
bo‘ladi. Bundan tashqari xohlagan joyda bo‘sh qolganda planshet
yoki Android o‘rnatilgan qurilmada foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bu kabi ilova dasturlarni yaratishda kuchli dasturchi va malakali
muallimlar hamkorlikda ishlashlari lozim bo‘ladi.
Akmal Xushvaqov
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
No comments:
Post a Comment