Monday, September 8, 2014

"Firefox"da yangi xususiyat

Men odatda "Firefox Aurora"dan foydalanaman. U "Firefox"ning eng oldin chiqadigan sinovdagi versiyasi. Uning 34.02 versiyasida yangi xususiyat - videosuhbat funksiyasi paydo bo‘ldi. U brauzernig o‘ng burchagida "History" yorliqchasining yonida joylashgan. Agar uning ustiga bossangiz, suhbatlashadigan insoningizga link jo‘natishni taklif qiladi.
  Suhbatdoshingizga ushbu linkni e-pochta orqali jo‘natish xususiyati mavjud. Agar ushbu tugmachaga bossangiz, tizimingizda o‘rnatilgan va moslangan asosiy pochta serverini ochadi va tanishingizga linkni xat orqali jo‘natsangiz bo‘ladi.
Yana ushbu linkdan nusxa olish xususiyati ham mavjud. Nusxa olib, biror usul orqali tanishingizga linkni jo‘natsangiz bo‘ladi. Men facebook chati orqali tanishimga jo‘natdim va linkni brauzerimda ochdim.

Keyin do‘stim men bilan suhbatni boshlab yubordi. Uning aytishicha, tasvir juda tez va yaxshi ekan. Men ham qiynalmasdan bemalol gaplashdim. Suhbatni tugatganimdan so‘ng quyidagicha oyna chiqdi.

U mendan "How was your conversation?" (Suhbatingiz qanday o‘tdi) deb so‘radi?
Men esa javob sifatida tirjayib turgan yashil "kuydurgan kalla"ni tanladim.
Balkim bu xususiyat "Firefox"ning yanada ommaviylashishida xizmat qilar. Menimcha, bu xususiyatni siz "Firefox"ning 34-versiyasida bemalol foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

No comments: