Wednesday, May 15, 2013

"Windows"da printerlarni ishlamaydigan qilish

Ilgari ishlagan joyimda kompyuter va printer davlatniki edi. Printerning katridjini toner bilan to‘ldirib kelsam, boshqalar ishlatib qo‘yishi mumkin bo‘lardi. Ba`zida men yo‘q vaqtlarda ham xodimlar printernet ko‘proq narsalarni chiqarib olishardi. Oxiri "Windows XP"da printernet umuman ishlamaydigan qilib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Men bu muammoni hal qildim va buni siz ham qila olasiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajarasiz:
1. "Панель управления"ga kirish kerak. Buning uchun klaviaturada "Windows" ("Start" - inglizchada, "Пуск" - rus tilida) tugmasini bosib, "Панель управления"ga kirish mumkin, 


yoki  "Windows" ("Start" - inglizchada "Пуск" rus tilida) + R" tugmalarini birga bosib, paydo bo‘lgan oynaga "control" buyrug‘ini kiritib, "Enter" tugmasini bosamiz.
Quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi. Biz uni "Klassik ko‘rinish"ga o‘tkazamiz.



Yangi ko‘rinishdan "Администрирования"ni ochamiz.
Bu yerdan "Службы" ochiladi.
U yerdan "Диспетчер очереди печати" chiqishi kerak. Uni ochish kerak.

"Тип запуска"dan "Октлючено" tanlanib,  "Стоп" tugmasi bosiladi kutib turiladi. So‘ngra "OK" tugmasi bosiladi. Agar "Тип запуска"da "Октлючено" paydo bo‘lsa, demak, hech qanday printer shu tizimingizda umuman ishlamaydi. Hatto drayverlarini o‘rnatib ham bo‘lmaydi. Bir qancha vaqt oldin, qandaydir virus, kompyuterlarda shu funskiyani amalga oshirardi va ba`zilar shu kichik muammo tufayli tizimni qayta o‘rnatgan ham edilar. 
Endi printerlarni ishlaydigan qilish uchun "Тип запуска"dan "Отключено"ni "Авто"ga o‘zgartirasiz va avval "Стоп"ni bosib, so‘ngra "Пуск"ni bosasiz.

5 comments:

TiT said...

Tushunmadim, bu birinchi qism edimi?

TiT said...
This comment has been removed by the author.
Akmal (akmalxster) said...

Boshlanishi edi. Darsim boshlanib qolganligi uchun oxirigacha yoza olmagandim, hozir oxiriga yetkazib qo‘yaman

xattabych said...

службы-га win+r да services.msc териб кириш тезрок булади адашмасам)

Akmal (akmalxster) said...

Javobingiz uchun juda katta rahmat! Boshlovchilar uchun osonroq boʻlsin deb yozgandim. Ma`lumotingizni maqolachaga qoʻshib qoʻyaman.