Wednesday, September 28, 2011

3g modemlarni "Ubuntu"da moslash

Agar siz huawei-e1550 3g modemini sotib olib, uni “Ubuntu”da ishlatmoqchi bo'lsangiz ishlata olmasligingiz mumkin. Windows operatsion tizimida usb modemni kompyuterga kirgizsangiz avtomatik tarzda drayver va kerakli dasturlarni o'rnatishni so'raydi. ”Ubuntu”da esa bu dasturlar ishlamaydi. Xullasi kalom, muammoni quyidagicha hal qilsa bo'ladi.
Avva “udev-extras” paketini o'rnatishingiz kerak. Uni quyidagicha terminalda amalga oshiramiz:

sudo apt-get install udev-extras


Endi “udev”ga qoida qo'shamiz. Quyidagilarni terminalda yozib “Enter” tugmasini bosamiz.

gksu gedit /etc/udev/rules.d/15-huawei-e1550.rules


Sizdan administrator maxfiy so'zini so'raydi. Maxfiy so'zni kiritib, “Enter” tugmasini bossangiz, “gedit” matn muharriri ochiladi. U yerga quyidagi yozuvlardan nusxa olib tashlaymiz:

SUBSYSTEM=="usb",
SYSFSidProduct=="1446",
SYSFSidVendor=="12d1",
RUN+="/lib/udev/modem-modeswitch --vendor 0x12d1 --product 0x1446 --type option-zerocd"


Endi esa “Saqlab” “gedit” dasturidan chiqamiz.

Qolganini “Network manager” orqali moslab olamiz.
Men bu usul bilan “zte” va “huawei” modemlarini ishlatib ko'rdim. Juda yaxshi ishladi.

No comments: