Koʻpchilik "Ubuntu" operatsion tizimiga qiziqib qolganlar, uni oʻrnatib koʻrishga harakat qilishadi. Ba`zilar qiziqib unda ishlashni davom ettirishadi, ba`zilar esa yana oʻchirib tashlashga harakat qilishadi. Ana shunday muammolarga uchramaslik uchun, ushbu operatsion tizim haqida tasavvurga ega boʻlish uchun "Ubuntu"ni toʻliq oʻrnatish shartmas. Ushbu tizimni butunlay oʻrnatmasdan ham tasavvur olish mumkin va ishlatib koʻrish mumkin. Ushbu maqola shu haqida.
1. http://www.ubuntu.com/tour/en/ linkiga oʻtib, onlayn holatda ushbu tizim haqida umumiy ma`lumotga ega boʻlish mumkin. "Boshlash" tugmasini bosish, jild va hujjatlarni ishga tushirib koʻrish mumkin. Bu yerda ushbu tizimdan toʻliq foydalanish imkoni yoʻq, lekin har holda tasavvur olishga yordam beradi.
2. "Ubuntu Desktop" diskini dvd oʻquvchi qurilmaga qoʻyib, u bilan kompyuterni ishga tushirib, u yerdagi "Запуск Ubuntu без установки" (Ubuntuni o'rnatmasdan ishga tushirish) bilan kompyuterni ishga tushirsangiz, bemalol tizim haqida tasavvurga ega boʻlishingiz mumkin.
3. Ubuntu`ning jonli dvd`sida "Windows" operatsion tizimida "Ubuntu"ni dastur sifatida oʻrnatib koʻrish imkoni mavjud. Bu xususiyatni oʻzim ishlatib koʻrganim yoʻq, lekin eshitgandim.
4. "Virtual server" hosil qilib, "Ubuntu"ni oʻrnatib koʻrish mumkin. Masalan,
VMware Workstation dasturini tavsiya qilishim mumkin.
Ushbu blogda open source, linux va turli dasturlar hamda ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish haqida maqolalar berib boriladi.
Saturday, August 24, 2013
Friday, August 16, 2013
Odnoklassniki`ning foyda va zarari
Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmogʻi haqida aytilmagan gap, oʻxshatilmagan qiyos qolmadi desak ham boʻladi, televideniyedan uning zararli taraflari haqida koʻrsatuv qoʻyishdi, lekin natija yoʻq. Hali ham odamlar foydalanishyapti. Shu paytgacha orttirgan hayotiy tajribam shu xulosaga keldimki, inson zoti qancha tejamkor boʻlmasin, lazzat uchun, koʻp narsalardan toymaydi. Masalan, koʻpchilik aroqning zararini biladi, lekin ba`zilar bilib turib uning kayfini surishga harakat qiladi. Aslida uning oʻrniga boshqa foydaliroq meva sharbatlarini tatib koʻrsa ham boʻladi. Qisqasi, odnoklassniki ham alkogol va narkotiklarga oʻxshaydi. Koʻpchilik uning zararli taraflarini biladi, lekin oʻzini tutib tura olmaydi.
Uning ham oʻziga yarasha foydali va zararli taraflari bor. Masalan foydali taraflari:
1. Bir "twit"da "Odnoklassniki yoshlarga internetni oʻrgatdi" deyilgandi. Toʻgʻri gapga nima ham derdik. Yomon odamdan ham yaxshi narsalarni oʻrganish mumkin.
2. Koʻpchilik dom-daraksiz ketgan doʻstlarini, uzoqlashgan yaqin insonlarini, "sinfdosh"larini topadi. Ular bilan suhbat oʻtkazadi. Ishdan charchab chiqqan koʻpchilik "ok.ru"da valaqlab, stresslarni kamaytiradi.
3. Ba`zi qobiliyatli kishilar turli fikrlarini qoldirib, oʻz iste`dodlarini namoyish qiladilar. Ba`zi savodsizlarcha, imlo xatolariga boy yozilgan soʻzlarda ham juda kuchli "original" fikrlar uchrab turadi. Qishloqlarda elektr toki oʻchib qolganda, koʻpchilik uchun telefon ermak hisoblanadi.
2. Koʻpchilik internet deganda "odnoklassniki"ni tushunadi. Hatto "odnoklassniki"da sayting bormi" deyish odat tusiga kirib qolgan.
3. Ijtimoiy sayt savodsizlarcha oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Imlo va grammatik xatolarni istagancha topish mumkin. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar ushbu saytga muntazam kirib turishadi. Saytdagi xato soʻzlarni har kuni koʻraverishganidan keyin oʻsha soʻzning xato varianti miyalariga oʻrnashib, ular ham xuddi shunday xato yoza boshlashadi, shuning uchun ushbu ijtimoiy tarmoq egalariga qat`iy talab qoʻyilishi kerak. "Odnoklassniki.ru" sifatli va savodli ravishda oʻzbek tiliga oʻgirilishi kerak.
Uning ham oʻziga yarasha foydali va zararli taraflari bor. Masalan foydali taraflari:
1. Bir "twit"da "Odnoklassniki yoshlarga internetni oʻrgatdi" deyilgandi. Toʻgʻri gapga nima ham derdik. Yomon odamdan ham yaxshi narsalarni oʻrganish mumkin.
2. Koʻpchilik dom-daraksiz ketgan doʻstlarini, uzoqlashgan yaqin insonlarini, "sinfdosh"larini topadi. Ular bilan suhbat oʻtkazadi. Ishdan charchab chiqqan koʻpchilik "ok.ru"da valaqlab, stresslarni kamaytiradi.
3. Ba`zi qobiliyatli kishilar turli fikrlarini qoldirib, oʻz iste`dodlarini namoyish qiladilar. Ba`zi savodsizlarcha, imlo xatolariga boy yozilgan soʻzlarda ham juda kuchli "original" fikrlar uchrab turadi. Qishloqlarda elektr toki oʻchib qolganda, koʻpchilik uchun telefon ermak hisoblanadi.
Zararli taraflari:
1. Koʻpchilik yoshlar koʻpgina vaqtini sarflab qoʻymoqda. Shakarning ham ozi yaxshi deganlaridek, har narsada me`yor boʻlishi kerak.2. Koʻpchilik internet deganda "odnoklassniki"ni tushunadi. Hatto "odnoklassniki"da sayting bormi" deyish odat tusiga kirib qolgan.
3. Ijtimoiy sayt savodsizlarcha oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Imlo va grammatik xatolarni istagancha topish mumkin. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar ushbu saytga muntazam kirib turishadi. Saytdagi xato soʻzlarni har kuni koʻraverishganidan keyin oʻsha soʻzning xato varianti miyalariga oʻrnashib, ular ham xuddi shunday xato yoza boshlashadi, shuning uchun ushbu ijtimoiy tarmoq egalariga qat`iy talab qoʻyilishi kerak. "Odnoklassniki.ru" sifatli va savodli ravishda oʻzbek tiliga oʻgirilishi kerak.
Monday, July 8, 2013
Bitta brauzerda bir nechta gmail hisoblarni ochish
Men odatda google pochta xizmati ya`ni gmail.com dan muntazam fodalanaman. Buning ustiga ushbu pochta xizmatida bir nechta hisoblarim mavjud. Ikkita gmail.comdagi pochtamni ochish uchun ilgari ikkita brauzerdan foydalanardim, bitta pochtamni "Google Chrome"ga, bittasini "Mozilla Firefox"ga to'g'rilab qo'ygandim, lekin ushbu muammoni hal qilishning bir nechta boshqa usullari ham mavjud ekan.
Ulardan birimchisi:
Gmail.com dagi pochtalaringizdan birini ochasiz va yuqori o'ng burchakdan pochangiz nomi yozilgan joynini bosasiz:
Bu yerdan "Добавить аккаунт" (Add account)ni bosasiz va yangi ochilgan ichki oynadagi quyidagi ko'rinishdagi joyga login va parolingizni kiritasiz:
Endi ikkinchi pochtangiz ham bitta shu brauzerda ochildi. Bundan birdaniga ikkinchi pochtani ochmoqchi bo'lsangiz, xuddu shu tepadagi qo'ng'iroqcha bor joyni chap tarafini bossangiz, ikkinchi pochtangizni bemalol ocha olasiz.
Ikkinchi usuli:
"Open private tab"ni bosib, ikkinchi pochtangizni ochishingiz mumkin.

Sunday, June 23, 2013
"Lazarus"da birinchi grafik dastur
"Lazarus" dasturi "Delphi" dasturiga juda oʻxshash (hatto bir xil desa ham boʻladi). U ham "Free pascal" asosida ishlaydi ("Delphi" esa "Turbo pascal"da). "Lazarus"ning yutuqli taraflaridan biri, u erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minot ekanligidir. Oʻzbekistondagi ta`lim muassasalarida hozir ham "Turbo pascal"da dastur tuzish oʻrgatiladi. Uning oʻrniga "Free pascal" va "Lazarus"dan foydalanilsa, menimcha, yaxshi boʻlardi. Chunki ushbu dastur tekin hisoblanadi. Buning ustiga deyarli bir xil desa ham boʻladi. Qisqasi uni rasmiy saytidan yuklab olib ishlatsa boʻladi. Xohlasangiz linuxda, xohlasangiz "Windows"da ham ishlatish mumkin. Qisqasi dasturlash dunyosiga yoʻl olishingizda katta yordam beradi. "Lazarus"da tuzilgan dasturlar haqida bu yerdan ma`lumot olishingiz mumkin.
Men ushbu dasturni oʻrganishni boshlaganimga bir necha oylar boʻldi. Boshida terminal uchun dasturchalar yozishni oʻrgangan boʻlsam, endi grafik koʻrinshiga ega dasturlar yozishni boshlayapman. Men Motaz Abdel Azeem nomli kishining "Start programming using Object Pascal" deb nomlangan tekin kitobidan oʻrganyapman. Bu kitob 150 bet atrofida. Oʻganishga juda qulay. Nazariyadan koʻra amaliyotga kuchli e`tibor berilgan. Namunalarni bajarib, buyruqlar haqida oʻzingiz xulosa chiqarib olasiz. Oʻrganish jarayonida zerikib qolmaysiz. "Lazarus" haqida yozilgan boshqa kitoblar ham menda bor, lekin ularning koʻpi 500 sahifadan koʻproq. Bundan tashqari nazariyaga juda koʻp vaqt ajratilgan. Oxiri oʻylab-oʻylab shu kitobdan oʻrganishni boshladim. U ingliz tilida yozilgan. Bu ham sizga dasturlash tilini yaxshi tushunishingizga yordam beradi deb oʻylayman. Hozir yuqorida keltirilgan kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilib blogimda yozib bormoqchiman, birinchidan, ba`zi dasturlashni boshlaganlarga foydasi tegadi, ikkinchidan, hozirgi kunda ta`tilda boʻlgan shogirdlarim ushbu blogimdan ham ma`lumotlarni oʻqib, sentabrgacha biror yangilik qiladi deb umid qilaman.

Uchinchi qism
Grafik foydalanuvchi interfeysi
Boshlangʻich ma`lumot
Grafik foydalanuvchi interfeysi (ingliz tilida qisqartmasi "GUI") terminal interfeysiga yangi muqobil hisoblanadi. Unda shakllar, tugmalar, xabar qutilari, menyular, tekshirish qutilari va boshqa grafik komponentlar mavjud. Grafik foydalanuvchi interfeysidan biznes dasturlari, operatsion tizim ilova dasturlari, oʻyinlar hamda "Lazarus"ga oʻxshagan va boshqa turli dasturlash vositalarida foydalaniladi.
Bizning birinchi grafik foydalanuvchi interfeysi ilova dasturimiz
Yangi grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) ilova dasturini yaratish uchun "Lazarus" menyusiga kiramiz va quyidagilarni ochamiz:Project/New Project/ApplicationSoʻngra ilova dasturni quyidagini bosib saqlaymiz:
File/Save AllBiz endi «firsgui» kabi loyiha fayllarini saqlash uchun yangi jild yaratamiz. Soʻnggra asosiy qismni saqlashimiz kerak. Masalan, main.pas, va oxirida loyiha nomi (masalan: firstgui.lpi)ni tanlashimiz kerak.
Ushbu
asosiy qismda F12 tugmasini bossak, quyidagi koʻrinishdagi oynani
koʻrishimiz mumkin:
Agar
ilova dasturni ishga tushirsak, quyidagi koʻrinishdagi oyna paydo
boʻladi:
Endi ushbu oynachani yopib dizaynerga qaytishimiz
mumkin.
Shundan soʻng standart komponent sahifasidan shaklga
button tugmasini sichqoncha bilan bir marta bosamiz:
Endi shakl (form) oynasiga olib kelib, xohlagan
joyimizga bir marta bosib, ushbu tugmani tashlaymiz.
Thursday, May 16, 2013
"Microsoft word" uchun tayyor tugmalar (tugmalar birikmasi)
Бир вақтлар ушбу маълумотни тахлаган бўлсам керак, компьютеримнинг хотирасида сақланиб турган экан. Фақатгина "Microsoft word" эмас, бошқа дастурларда ҳам ушбу тугмалар бирикмасидан фойдаланиш мумкин. Бирор кишига фойдаси тегиб қолар деган умидда блогимга киритишга қарор қилдим.
Сtrl+D
– Шрифтларни экранга чиқариш.
Сtrl+Shift+P
– шрифт размерини ўзгартириш имконияти.
Ctrl+F
– Найти (матндан қидириш йўли)
Ctrl+B
– ҳарфларни семиз (жирный)
қилиш.
Ctrl+I
– ҳарфларни қийшиқ, ёнбошчасига
ёзиш.
Ctrl+U
– ҳарфларни тагига чизиб ёзиш.
Ctrl+H
– матнда ҳарфларни автоматик алмаштириш.
Ctrl+F
– матндаги керакли сўзларни топади.
CTRL+H - матндан киритилган сўзларни топади.
F5 - кўрсатилган саҳифага ўтади.
Сtrl+Z
– матнда амалларни орқага қайтариш.
Сtrl+Backspace
– матндаги амалларни орқага қайтаради.
Alt+Backspace
– матнда ёзилган амалларни орқага
қайтаради.
Сtrl+S
– матндаги амалларни шу онда сақлайди.
Shift+Alt+F2
– матндаги амалларни шу онда сақлайди.
Ctrl+C
– матндаги ёзувлардан ва элементлардан нусха олади.
Ctrl+Insert
– матндаги ёзувлардан ва элементлардан нусха олади.
Ctrl+V
– нусха олинган ёзувларнинг нусхасини қўяди.
Shift+Insert
– нусха олинган ёзувларнинг нусхасини қўяди.
Ctrl+N
– Янги "WORD" қоғози ойнасини очади.
Сtrl+O
– "WORD" ҳужжатларини очиш ойнаси очилади.
Сtrl+E
– матнни қоғоз ўртасига қилиб қўяди.
Ctrl+J
– матнни кенгайтириб тақсимлайди.
Сtrl+Home
– "WORD"да очилган матннинг энг бошига
чиқаради.
Ctrl+End
– "WORD"да очилган матннинг энг охирига
ўтказади.
Backspace
– "WORD"дa ўзидан олдинги ҳарфларни ўчиради.
Delete
– "WORD"дa ўзидан кейинги ҳарфларни ўчиради.
Ctrl+ўнгга
қараган стрелка – алоҳида сўзлар
бўйича ўнгга силжийди.
Ctrl+чапга
қараган стрелка – алоҳида сўзлар
бўйича чапга силжийди.
Ctrl+юқорига
қараган стрелка – ҳар бир хатбоши (абзац) бўйича
юқорига силжийди.
Ctrl+пастга
қараган стрелка – ҳар бир хатбоши (абзац) бўйича
пастга силжийди.
Ctrl+Page
Up – матн қоғозини бир варақ тарзида
юқорига кўтаради.
Ctrl+Page
Down – матн қоғозини бир варақ тарзида
пастга туширади.
Ctrl+A
– қоғоздаги матнни ҳаммасини қорага
олиб белгилаб олади.
Ctrl+5
– қоғоздаги матнни ҳаммасини қорага
олиб белгилаб олади.
Компьютер
учун (умумий)
Alt+F4
– ойналарни ёпади.
Ctrl+F4
– ички ойналарни
ёпади.
Пуск+E
– "Проводник"ни "Рабочий стол"га чиқаради.
Пуск+D
– ойналарни ўчирмасдан ҳаммасини пастга
тушириб қўяди.
Alt+Tab
– бир ойнадан иккинчи ва кейинги очилган
ойналарга ўтказади.
Wednesday, May 15, 2013
"Windows"da printerlarni ishlamaydigan qilish
Ilgari ishlagan joyimda kompyuter va printer davlatniki edi. Printerning katridjini toner bilan to‘ldirib kelsam, boshqalar ishlatib qo‘yishi mumkin bo‘lardi. Ba`zida men yo‘q vaqtlarda ham xodimlar printernet ko‘proq narsalarni chiqarib olishardi. Oxiri "Windows XP"da printernet umuman ishlamaydigan qilib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Men bu muammoni hal qildim va buni siz ham qila olasiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajarasiz:
1. "Панель управления"ga kirish kerak. Buning uchun klaviaturada "Windows" ("Start" - inglizchada, "Пуск" - rus tilida) tugmasini bosib, "Панель управления"ga kirish mumkin,
yoki "Windows" ("Start" - inglizchada "Пуск" rus tilida) + R" tugmalarini birga bosib, paydo bo‘lgan oynaga "control" buyrug‘ini kiritib, "Enter" tugmasini bosamiz.
Quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi. Biz uni "Klassik ko‘rinish"ga o‘tkazamiz.
Yangi ko‘rinishdan "Администрирования"ni ochamiz.
Bu yerdan "Службы" ochiladi.
U yerdan "Диспетчер очереди печати" chiqishi kerak. Uni ochish kerak.
"Тип запуска"dan "Октлючено" tanlanib, "Стоп" tugmasi bosiladi kutib turiladi. So‘ngra "OK" tugmasi bosiladi. Agar "Тип запуска"da "Октлючено" paydo bo‘lsa, demak, hech qanday printer shu tizimingizda umuman ishlamaydi. Hatto drayverlarini o‘rnatib ham bo‘lmaydi. Bir qancha vaqt oldin, qandaydir virus, kompyuterlarda shu funskiyani amalga oshirardi va ba`zilar shu kichik muammo tufayli tizimni qayta o‘rnatgan ham edilar.
Endi printerlarni ishlaydigan qilish uchun "Тип запуска"dan "Отключено"ni "Авто"ga o‘zgartirasiz va avval "Стоп"ni bosib, so‘ngra "Пуск"ni bosasiz.
Men bu muammoni hal qildim va buni siz ham qila olasiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajarasiz:
1. "Панель управления"ga kirish kerak. Buning uchun klaviaturada "Windows" ("Start" - inglizchada, "Пуск" - rus tilida) tugmasini bosib, "Панель управления"ga kirish mumkin,
yoki "Windows" ("Start" - inglizchada "Пуск" rus tilida) + R" tugmalarini birga bosib, paydo bo‘lgan oynaga "control" buyrug‘ini kiritib, "Enter" tugmasini bosamiz.
Quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi. Biz uni "Klassik ko‘rinish"ga o‘tkazamiz.
Yangi ko‘rinishdan "Администрирования"ni ochamiz.
Bu yerdan "Службы" ochiladi.
U yerdan "Диспетчер очереди печати" chiqishi kerak. Uni ochish kerak.
Endi printerlarni ishlaydigan qilish uchun "Тип запуска"dan "Отключено"ni "Авто"ga o‘zgartirasiz va avval "Стоп"ni bosib, so‘ngra "Пуск"ni bosasiz.
"Windows"da yashirin fayllar va jildlarni ochish hamda to‘g‘rilash
"Windows" operatsion tizimida fleshkadagi fayllarni yashirin qilib qo‘yadigan virus ko‘payib ketdi. Agar antivirusning bazasini yangilamasangiz, ushbu virus sizning tizimingizga ham o‘tishi mumkin. Ushbu virus tushgan fleshkalarni antivirus bor kompyuterga ulaganda, viruslar o‘chiriladi, lekin fayllar va jildlar yashirin usulga o‘tib qoladi. Uni jildining "Xossalari" (Свойство)dan ham to‘g‘rilashning imkoni yo‘q.
Bu muammoni hal qilishda "Total commander" dasturidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu dastur ishga tushiriladi va flesh qurilmasi "Total commander" dasturida ochiladi. Dasturning tepa qismidan yashirin fayllarni ko‘rsatadigan nishoncha (Скрытые элементы)ni topish va ustiga bosishib, yoqib qo‘yishimiz kerak. Bu nishoncha rasmi turli versiyalarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mening kompyuterimda quyidagicha:
Endi esa fleshkadagi yashirin jild va fayllar undov belgisi bilan paydo bo‘ladi. Kerakli fayllar va jildlarni "Ctrl" tugmasini bosib turgan holda quyidagicha belgilab olamiz:
Endi esa, "Изменить атрибуты..." nishonchasini dasturning tepa qismidan izlab topishimiz kerak. Buni menyudagi "Файлы" -> "Изменить атрибуты..." dan ham topish mumkin.
Endi esa, paydo bo‘lgan oynachadan quyidagi rasmda ko‘rsatilgan belgilashni olib tashlaymiz:
(Архивный, Только для чтения, Скрытый, Системный)
Endi fleshkadagi jild va fayllaringiz yashirin emas!

Subscribe to:
Posts (Atom)