Sunday, February 12, 2012

Windows uchun tekin dasturlar to'plami

Ancha yillardan buyon ushbu mavzuda maqola yozish niyatida yurgandim. Hatto eokdt.zn.uz degan ziyonetdan blog ochganim ham, lekin vaqt, imkon va ishtiyoq bo'lmaganligi uchun miyamda qolib ketgandi. Qsiqasi, ushbu maqolani yozisimdan maqsad, noqonuniy (qaroqchilik dasturlari) dasturlarni ishlatishni xohlamaydiganlar, dini yo`l bermaydigan yoki shunchaki "open source" ya'ni erkin va ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foydalanishni xohlaydiganlarga yordamlashish. Masalan, siz yangi "notebook" sotib oldingiz.  "Unda Windows 7" tizimi o'rnatilgan, lekin boshqa dasturlarni ishlatish cheklangan yoki sotib olishni talab qilmoqda. Bunday holatda mening ushbu maqolam sizga yordam beradi degan umiddaman.
1. Kompyuteringiz va operatsion tizimingizni himoya qilish uchun sizga  antivirus kerak bo`ladi. Afsuski, ko`pchilik antiviruslar pullik yoki vaqtinchalik muddatga isnhlaydi. Masalan, "Kasperskiy" antivirusini 30 kunga ishlatish mumkin. Bunday holda sizga "Avast" antivirusini tavsiya qilishim mumkin. Uni saytidan yuklab olishingiz mumkin. U yerdan "Free antivirus"ni tanlaysiz va yuklab olishingiz mumkin bo`ladi.


2. "Microsof office"ni ishlatish uchun sizdan pul talab qilyaptimi? Unda boshqa idora dasturlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, "Libre office" dasturini ishlatib ko'rsangiz ham bo`ladi. Ushbu dasturda ham "Microsoft of
fice" dasturida qilingan hamma ishlarni bajarish mumkin. Uning ham "Microsoft word", "Microsoft exel", "Microsof Power point"ga o'xshash dasturlari mavjud. Yana bitta yaxshi xususiyati shundan iboratki, u o`zbek tilida, hatto imlo xatolarini tekshirish funksiyasi ham mavjud.


Ushbu dasturni bu yerdan yozib olishingiz mumkin. U yerdan o`zbekchani tanlashingiz ham mumkin.

3. Arxivlarni ochishda qiynalayapsizmi? Unda sizga tekin  "7-Zip"  dasturini tavsiya qilaman.

 "7-Zip" yuqori darajali arxivchi dasturdir.  "7-Zip" ochiq kodli dasturiy ta’minot hisoblanadi. Ko’pgina kodlari GNU LGPL litsenziyasi ostida. unRAR kodi esa  GNU LGPL + unRAR aralash litsenziyasi ostidadir.
Siz 7-Zip dasturidan har qanday kompyuterda, shuningdek tijorat yo’lidagi tashkilot kompyuterlarida ham foydalanishingiz mumkin. 7-Zip dasturi uchun siz ro’yxatdan o’tishingiz ham, pul to’lashingiz ham shartmas, lekin uni qo’llab-quvvatlash uchun ushbu saytda  yordam berishingiz  (ehson qilishingiz) mumkin.
Far boshqaruvchi uchun plugin, 74 ta tilda, shuningdek o’zbek tilida tarjimalari ham bor.
7-Zip Windows 98/ME/NT/2000/XP/Vista operatsion tizimlarida ishlaydi, shuningdek Linux\Unix operatsion tizimlari uchun buyruqlar matni uchun port  ham bor.
Uni haqda batafsil ma’lumotlarni asosiy sahifasidan olishingiz mumkin.
Ko’chirib olishni esa download bo’limida amalga oshira olasiz.
4. Turli formatdagi videofayllarni tomosha qilishga qiynalayapsizmi? Unda sizga "VLC" video ijro etuvchi dastur yordam beradi.  "VLC"  erkin va ochiq kodli multimediya dasturi bo'lib, juda ko` video formatdagi fayllarni ocha oladi. Oddiygina ta'riflaganda, sodda, kuchli va tez. Quyidagi formatlar uchun codec paketini o`rnatish shartmas. MPEG-2, H.264, DivX, MPEG-4, WebM, WMV player 
Ushbu tizimlarda bemalol ishatish mumkin: Windows, Linux, Mac OS X, Unix... 
Hozircha uning o`zbekcha veriyasi yo`q, lekin tez kunlarda bo`lish ehtimoli mavjud. Bu yerdan kerakli verisyasini kerakli tizim uchun tanlab yuklab olishingiz mumkin.
5. Rasmlarni tahrirlashda "Adobe Photoshop" dasturi sizdan pul talab qilsa yoki shunchaki "open source" dasturidan foydalanmoqchi bo`lsangiz, "Gimp" dasturidan foydalanib ko`ring. U sizga yoqib qoladi. Boshida sal ishlash noqulaylik tug'dirishi mumkin, lekin tezda moslashib olasiz. "Adobe Photoshop" dasturida bajariladigan hamma ishni ushbu dasturda ham bajarish mumkin. Bu yerdan ko'chirib olasiz
6. Agar siz 3d grafikaga qiziqsangiz, "3d max" dasturini sotib olishni xohlamasangiz yoki kompyuteringizning konfiguratsiyasi ushbu dasturni ko`tara olmayotgan bo`lsa, "Blender" dasturi sizga yordam beradi. Ushbu dastur orqali, turli uy va obyeklarning loyihasini, reklamalar, multfilmlar va 3d rasmlarni tayyorlash mumkin. Har qanday kuchsiz kompyuterda ham ishlatish mumkin. "Big buck bunny", "Sintel" kabi multfilmlar ushbu dasturda tayyorlangan. Python dasturi bilan birga ishlatish mumkin. Bu yerdan yozib olishingiz mumkin.

No comments: