Ilgari ham bu haqda maqola yozgandim, lekin ko‘pchilik yangi "Adobe Reader" dasturidan foydalanayotganligi uchun tushunmaslik holatlari bo‘ldi, shuning uchun o‘sha eski maqolani yangilamoqdaman.
Kitob holida chop qilish uchun koʻplab dasturlar chiqarilgan, lekin buni "Adobe reader" dasturida juda oson amalga oshirish mumkin. Buning uchun .pdf formatdagi faylni "Adobe reader" dasturida ochishinizga toʻgʻri keladi. Keyin esa Ctrl+P tugmasini bosish bilan chop qilish oynasini paydo qilamiz.
"Pages"dan chop qilinishi kerak bo‘lgan sahifalarni ko‘rsatamiz.
1. "Booklet printing"ni tanlaymiz.
2. "Booklet subset"dan "Front side only"ni koʻrsatamiz va "OK" tugmasini bosish bilan faylni chop qilishga joʻnatamiz.
Hamma sahifalar printerdan chiqib boʻlgach, qogʻozlarni chalkashtirmasdan, olib printerning qogʻoz qoʻyiladigan joyiga qoʻyish kerak (Yaʻni endi chiqishi kerak boʻlgan tarafi toza boʻlishi kerak).
Endi biz sahifaning orqa tarafini chiqarishimiz kerak boʻladi. Yana Ctrl+P ni bosamiz.
1. "Booklet printing" tanlanganligiga ishonch hosil qilamiz.
2. "Booklet subset"dan "Back side only"ni tanlaymiz.
3. "More Options"ning ustiga bosamiz.
4. "Reverse pages" degan joyga belgi qoʻyamiz va "OK" tugmasini bosamiz.
Endi chiqqan qogʻozlarni bukib kitob holiga keltirish va maxsus stepler yoki oddiy igna va ip yordamida tikib olishingiz mumkin. Tepada ko‘rsatilgan birorta ham holatni e’tiboringizdan chetda qoldirmang! Faqat bu chop qilish usulini oldin kamroq sahifali varaqlarni chop qilib sinab koʻrishni maslahat beraman. Buning uchun oddiy yozuvlarni "Libre office"da .pdf formatga aylantirib chiqarish mumkin. Sahifa kamida 4 varaqdan ibora boʻlishi kerak.
Endi bemalol sinab koʻrishingiz mumkin.
No comments:
Post a Comment