Uning ham oʻziga yarasha foydali va zararli taraflari bor. Masalan foydali taraflari:
1. Bir "twit"da "Odnoklassniki yoshlarga internetni oʻrgatdi" deyilgandi. Toʻgʻri gapga nima ham derdik. Yomon odamdan ham yaxshi narsalarni oʻrganish mumkin.
2. Koʻpchilik dom-daraksiz ketgan doʻstlarini, uzoqlashgan yaqin insonlarini, "sinfdosh"larini topadi. Ular bilan suhbat oʻtkazadi. Ishdan charchab chiqqan koʻpchilik "ok.ru"da valaqlab, stresslarni kamaytiradi.
3. Ba`zi qobiliyatli kishilar turli fikrlarini qoldirib, oʻz iste`dodlarini namoyish qiladilar. Ba`zi savodsizlarcha, imlo xatolariga boy yozilgan soʻzlarda ham juda kuchli "original" fikrlar uchrab turadi. Qishloqlarda elektr toki oʻchib qolganda, koʻpchilik uchun telefon ermak hisoblanadi.
Zararli taraflari:
1. Koʻpchilik yoshlar koʻpgina vaqtini sarflab qoʻymoqda. Shakarning ham ozi yaxshi deganlaridek, har narsada me`yor boʻlishi kerak.2. Koʻpchilik internet deganda "odnoklassniki"ni tushunadi. Hatto "odnoklassniki"da sayting bormi" deyish odat tusiga kirib qolgan.
3. Ijtimoiy sayt savodsizlarcha oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Imlo va grammatik xatolarni istagancha topish mumkin. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar ushbu saytga muntazam kirib turishadi. Saytdagi xato soʻzlarni har kuni koʻraverishganidan keyin oʻsha soʻzning xato varianti miyalariga oʻrnashib, ular ham xuddi shunday xato yoza boshlashadi, shuning uchun ushbu ijtimoiy tarmoq egalariga qat`iy talab qoʻyilishi kerak. "Odnoklassniki.ru" sifatli va savodli ravishda oʻzbek tiliga oʻgirilishi kerak.
1 comment:
Davomiga http://bilimdon.blogspot.com/2013/05/internetda-otirib-quyidagi-maqolalarga.html mashuni o'qisak ham buladi :)))
Post a Comment