Men ushbu dasturni oʻrganishni boshlaganimga bir necha oylar boʻldi. Boshida terminal uchun dasturchalar yozishni oʻrgangan boʻlsam, endi grafik koʻrinshiga ega dasturlar yozishni boshlayapman. Men Motaz Abdel Azeem nomli kishining "Start programming using Object Pascal" deb nomlangan tekin kitobidan oʻrganyapman. Bu kitob 150 bet atrofida. Oʻganishga juda qulay. Nazariyadan koʻra amaliyotga kuchli e`tibor berilgan. Namunalarni bajarib, buyruqlar haqida oʻzingiz xulosa chiqarib olasiz. Oʻrganish jarayonida zerikib qolmaysiz. "Lazarus" haqida yozilgan boshqa kitoblar ham menda bor, lekin ularning koʻpi 500 sahifadan koʻproq. Bundan tashqari nazariyaga juda koʻp vaqt ajratilgan. Oxiri oʻylab-oʻylab shu kitobdan oʻrganishni boshladim. U ingliz tilida yozilgan. Bu ham sizga dasturlash tilini yaxshi tushunishingizga yordam beradi deb oʻylayman. Hozir yuqorida keltirilgan kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilib blogimda yozib bormoqchiman, birinchidan, ba`zi dasturlashni boshlaganlarga foydasi tegadi, ikkinchidan, hozirgi kunda ta`tilda boʻlgan shogirdlarim ushbu blogimdan ham ma`lumotlarni oʻqib, sentabrgacha biror yangilik qiladi deb umid qilaman.
Uchinchi qism
Grafik foydalanuvchi interfeysi
Boshlangʻich ma`lumot
Grafik foydalanuvchi interfeysi (ingliz tilida qisqartmasi "GUI") terminal interfeysiga yangi muqobil hisoblanadi. Unda shakllar, tugmalar, xabar qutilari, menyular, tekshirish qutilari va boshqa grafik komponentlar mavjud. Grafik foydalanuvchi interfeysidan biznes dasturlari, operatsion tizim ilova dasturlari, oʻyinlar hamda "Lazarus"ga oʻxshagan va boshqa turli dasturlash vositalarida foydalaniladi.
Bizning birinchi grafik foydalanuvchi interfeysi ilova dasturimiz
Yangi grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) ilova dasturini yaratish uchun "Lazarus" menyusiga kiramiz va quyidagilarni ochamiz:Project/New Project/ApplicationSoʻngra ilova dasturni quyidagini bosib saqlaymiz:
File/Save AllBiz endi «firsgui» kabi loyiha fayllarini saqlash uchun yangi jild yaratamiz. Soʻnggra asosiy qismni saqlashimiz kerak. Masalan, main.pas, va oxirida loyiha nomi (masalan: firstgui.lpi)ni tanlashimiz kerak.
Ushbu
asosiy qismda F12 tugmasini bossak, quyidagi koʻrinishdagi oynani
koʻrishimiz mumkin:
Agar
ilova dasturni ishga tushirsak, quyidagi koʻrinishdagi oyna paydo
boʻladi:
Endi ushbu oynachani yopib dizaynerga qaytishimiz
mumkin.
Shundan soʻng standart komponent sahifasidan shaklga
button tugmasini sichqoncha bilan bir marta bosamiz:
Endi shakl (form) oynasiga olib kelib, xohlagan
joyimizga bir marta bosib, ushbu tugmani tashlaymiz.
No comments:
Post a Comment