Friday, August 22, 2014

o‘ va g‘ harflaridagi "tirnoq" (single quote) belgisini yozish


1. Xohlagan klaviaturangizda "Alt+0145"ni bossangiz ("Alt"ni bosib turib raqamlar teriladi) " ‘ " teskari "single qoute" (yakka qo‘shtirnoq, ilgari tirnoq deyishardi) paydo bo‘ladi.

2. "Microsoft Word"da " ’ " ni yozgandan so‘ng "Space" (probel) tashlasangiz, teskari bo‘ladi yoki "Simvol"dan qo‘yasiz.

3.  Eng osoni shu: http://behzod.uz/projects/uzl-keyboard/ saytidagi dasturini yuklab olib, o‘rnatasiz.


Yuqoridagilarning hammasi "Windows" operatsion tizimi uchun.

"Ubuntu" uchun qo‘llanmani bu yerdan olasiz: http://opennet.uz/os/ubuntuda-ozbekcha-lotincha-klaviatura.html

Thursday, April 24, 2014

"Mozilla Firefox" brauzeriga o‘zbekcha imlo tekshirgichni qo‘shish


Ancha vaqtlardan buyon "Mozilla Firefox" tarjimalari ustida ishlayotganimdan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak.  Tarjimalar 67% ("Mozilla Firefox"ning Android uchun versiyasi 100%) atrofida, lekin ba’zi kamchiliklar uchun uni "Mozilla Firefox" tarkibiga qo‘shishmayapti. Bugun ham gaplashib ko‘rgandim. Ertaga ko‘rib chiqishlari mumkinligini aytishdi. Umid qilib qolamiz, lekin bugun men sizlarga aytmoqchi bo‘lgan narsam, bu - "Mozilla Firefox" brauzeriga o‘zbek lotin alifbosidagi so‘zlarni tekshirish funksiyasini qo‘shish haqida. Ushbu bazadagi so‘zlar 97000 dan ortiqroq. Ushbu so‘zlar Mashrab Quvatov yig‘gan so‘zlarga asoslangan, men esa ozroq so‘zlar qo‘shdim va lotin alifbosiga o‘tkazdim xolos. Qisqasi uni o‘rnatish uchun tizimingizga "Mozilla Firefox"ning 28-versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu yerdan "Qo‘shimcha dastur"ni yuklab olishingiz kerak. Uni "Mozilla Firefox" dasturida "File" > "Open file..." bilan ochasiz va "Install"ni bosib o‘rnatasiz. So‘ngra qaytadan ishga tushirishni so‘raydi va buni amalga oshirasiz. Endi "Mozilla Firefox" imloni tekshirishni boshlaydi. Agar tekshirmas, so‘zni yozib, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosasiz va "Check spelling"ni tanlaysiz. Shundan so‘ng yana o‘ng tarafini bosib, "Languages"dan "Uzbek"ni tanlaysiz.
Ishlashi kerak. Fikrlaringizni kutib qolaman.

Sunday, January 5, 2014

Video fayldan rasmga tushirish va qisman yozib olish

Koʻpchilik mendan soʻraydi: "Video fayllardan qanday rasm olish mumkin?". Yana turli sabablarni koʻrsatishadi: "Toʻydan rasmlar qolmagan, rasmlar oʻchib ketibdi va hokazo..."
Video fayllardan rasm olish yoki qisman videoni ajratib yozish uchun juda koʻp dasturlar mavjud, lekin ular juda ogʻir ishlaydigan va murakkab dasturlardir. Men hozir sizlarga tavsiya qiladigan usulda oddiy "VLC media player"dan foydalanish mumkin. Ushbu dastur turli video fayllarni oʻqishga va koʻrsatishga moslangan. Bundan tashqari - open source (ya`ni erkin va ochiq kodli dasturiy ta`min), tekin. Qisqasi boshladik.

Video fayldan rasm olish

Video fayl "VLC media player" bilan ochiladi. Windowsda toʻgʻridan-toʻgʻri ochmasa, "открыть с помощью" ("Open with") bilan ochish mumkin.
Videoning kerakli joyida faylni ijro etish pauza qilinadi (Klaviaturada "Пробел" (Space) tugmasi yordamida). Video ijro etuvchi VLC dasturining yuqori qismidagi menyudan "Video" bandini topasiz. U yerdan "Take Snaphot"ni bosasiz. Rasm "Windows XP"da "Мой документы" ichidagi "Мой рисунки" ga avtomatik tarzda tushadi. "Ubuntu" da esa "Pictures"ga saqlanadi.

Video fayldan bir qismini yozib olish
 "VLC media player"da ijro etilayotgan video faylni yozib olish uchun menyudagi "View" ga kirib, u yerdan "Advanced Controls"ni tanlashingiz kerak. Endi pastgi qismda quyidagicha panel paydo boʻlishi kerak:
Ushbu paneldagi dumaloq qizil belgichani yozib olinishi kerak boʻlgan video boshida bir bosasiz, tugash vaqtida yana bir bosasiz. Endi yozib olingan video fayl "Windows XP"da "Мой видео"ga saqlanadi. Rasmga olishni dumaloq qizil  belgi yonidagi, fotoapparat rasmiga bosib ham amalga oshirish mumkin.


Saturday, August 24, 2013

"Ubuntu" haqida qanday tasavvurga ega boʻlish mumkin?

Koʻpchilik "Ubuntu" operatsion tizimiga qiziqib qolganlar, uni oʻrnatib koʻrishga harakat qilishadi. Ba`zilar qiziqib unda ishlashni davom ettirishadi, ba`zilar esa yana oʻchirib tashlashga harakat qilishadi. Ana shunday muammolarga uchramaslik uchun, ushbu operatsion tizim haqida tasavvurga ega boʻlish uchun "Ubuntu"ni toʻliq oʻrnatish shartmas. Ushbu tizimni butunlay oʻrnatmasdan ham tasavvur olish mumkin va ishlatib koʻrish mumkin. Ushbu maqola shu haqida. 
1. http://www.ubuntu.com/tour/en/ linkiga oʻtib, onlayn holatda ushbu tizim haqida umumiy ma`lumotga ega boʻlish mumkin. "Boshlash" tugmasini bosish, jild va hujjatlarni ishga tushirib koʻrish mumkin. Bu yerda ushbu tizimdan toʻliq foydalanish imkoni yoʻq, lekin har holda tasavvur olishga yordam beradi.
2. "Ubuntu Desktop" diskini dvd oʻquvchi qurilmaga qoʻyib, u bilan kompyuterni ishga tushirib, u yerdagi "Запуск Ubuntu без установки" (Ubuntuni o'rnatmasdan ishga tushirish) bilan kompyuterni ishga tushirsangiz, bemalol tizim haqida tasavvurga ega boʻlishingiz mumkin.
3. Ubuntu`ning jonli dvd`sida "Windows" operatsion tizimida "Ubuntu"ni dastur sifatida oʻrnatib koʻrish imkoni mavjud. Bu xususiyatni oʻzim ishlatib koʻrganim yoʻq, lekin eshitgandim.
4. "Virtual server" hosil qilib, "Ubuntu"ni oʻrnatib koʻrish mumkin.  Masalan, 
VMware Workstation dasturini tavsiya qilishim mumkin.

Friday, August 16, 2013

Odnoklassniki`ning foyda va zarari

Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmogʻi haqida aytilmagan gap, oʻxshatilmagan qiyos qolmadi desak ham boʻladi, televideniyedan uning zararli taraflari haqida koʻrsatuv qoʻyishdi, lekin natija yoʻq. Hali ham odamlar foydalanishyapti. Shu paytgacha orttirgan hayotiy tajribam shu xulosaga keldimki, inson zoti qancha tejamkor boʻlmasin, lazzat uchun, koʻp narsalardan toymaydi. Masalan, koʻpchilik aroqning zararini biladi, lekin ba`zilar bilib turib uning kayfini surishga harakat qiladi. Aslida uning oʻrniga boshqa foydaliroq meva sharbatlarini tatib koʻrsa ham boʻladi. Qisqasi, odnoklassniki ham alkogol va narkotiklarga oʻxshaydi. Koʻpchilik uning zararli taraflarini biladi, lekin oʻzini tutib tura olmaydi.
Uning ham oʻziga yarasha foydali va zararli taraflari bor. Masalan foydali taraflari:
1. Bir "twit"da "Odnoklassniki yoshlarga internetni oʻrgatdi" deyilgandi. Toʻgʻri gapga nima ham derdik. Yomon odamdan ham yaxshi narsalarni oʻrganish mumkin.
2. Koʻpchilik dom-daraksiz ketgan doʻstlarini, uzoqlashgan yaqin insonlarini, "sinfdosh"larini topadi. Ular bilan suhbat oʻtkazadi. Ishdan charchab chiqqan koʻpchilik "ok.ru"da valaqlab, stresslarni kamaytiradi.
3. Ba`zi qobiliyatli kishilar turli fikrlarini qoldirib, oʻz iste`dodlarini namoyish qiladilar. Ba`zi savodsizlarcha, imlo xatolariga boy yozilgan soʻzlarda ham juda kuchli "original" fikrlar uchrab turadi. Qishloqlarda elektr toki oʻchib qolganda, koʻpchilik uchun telefon ermak hisoblanadi.
Zararli taraflari:
1. Koʻpchilik yoshlar koʻpgina vaqtini sarflab qoʻymoqda. Shakarning ham ozi yaxshi deganlaridek, har narsada me`yor boʻlishi kerak.
2. Koʻpchilik internet deganda "odnoklassniki"ni tushunadi. Hatto "odnoklassniki"da sayting bormi" deyish odat tusiga kirib qolgan.
3. Ijtimoiy sayt savodsizlarcha oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Imlo va grammatik xatolarni istagancha topish mumkin. Koʻpchilik oʻzbekistonliklar ushbu saytga muntazam kirib turishadi. Saytdagi xato soʻzlarni har kuni koʻraverishganidan keyin oʻsha soʻzning xato varianti miyalariga oʻrnashib, ular ham xuddi shunday xato yoza boshlashadi, shuning uchun ushbu ijtimoiy tarmoq egalariga qat`iy talab qoʻyilishi kerak. "Odnoklassniki.ru" sifatli va savodli ravishda oʻzbek tiliga oʻgirilishi kerak.

Monday, July 8, 2013

Bitta brauzerda bir nechta gmail hisoblarni ochish

Men odatda google pochta xizmati ya`ni gmail.com dan muntazam fodalanaman. Buning ustiga ushbu pochta xizmatida bir nechta hisoblarim mavjud. Ikkita gmail.comdagi pochtamni ochish uchun ilgari ikkita brauzerdan foydalanardim, bitta pochtamni "Google Chrome"ga, bittasini "Mozilla Firefox"ga to'g'rilab qo'ygandim, lekin ushbu muammoni hal qilishning bir nechta boshqa usullari ham mavjud ekan.
Ulardan birimchisi:
Gmail.com dagi pochtalaringizdan birini ochasiz va yuqori o'ng burchakdan pochangiz nomi yozilgan joynini bosasiz:

Bu yerdan "Добавить аккаунт" (Add account)ni bosasiz va yangi ochilgan ichki oynadagi quyidagi ko'rinishdagi joyga login va parolingizni kiritasiz:
Endi ikkinchi pochtangiz ham bitta shu brauzerda ochildi. Bundan birdaniga ikkinchi pochtani ochmoqchi bo'lsangiz, xuddu shu tepadagi qo'ng'iroqcha bor joyni chap tarafini bossangiz, ikkinchi pochtangizni bemalol ocha olasiz.
Ikkinchi usuli:
"Open private tab"ni bosib, ikkinchi pochtangizni ochishingiz mumkin.

Sunday, June 23, 2013

"Lazarus"da birinchi grafik dastur

"Lazarus" dasturi "Delphi" dasturiga juda oʻxshash (hatto bir xil desa ham boʻladi). U ham "Free pascal" asosida ishlaydi ("Delphi" esa "Turbo pascal"da). "Lazarus"ning yutuqli taraflaridan biri, u erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minot ekanligidir. Oʻzbekistondagi ta`lim muassasalarida hozir ham "Turbo pascal"da dastur tuzish oʻrgatiladi. Uning oʻrniga "Free pascal" va "Lazarus"dan foydalanilsa, menimcha, yaxshi boʻlardi. Chunki ushbu dastur tekin hisoblanadi. Buning ustiga deyarli bir xil desa ham boʻladi. Qisqasi uni rasmiy saytidan yuklab olib ishlatsa boʻladi. Xohlasangiz linuxda, xohlasangiz "Windows"da ham ishlatish mumkin. Qisqasi dasturlash dunyosiga yoʻl olishingizda katta yordam beradi. "Lazarus"da tuzilgan dasturlar haqida bu yerdan ma`lumot olishingiz mumkin.
Men ushbu dasturni oʻrganishni boshlaganimga bir necha oylar boʻldi. Boshida terminal uchun dasturchalar yozishni oʻrgangan boʻlsam, endi grafik koʻrinshiga ega dasturlar yozishni boshlayapman. Men Motaz Abdel Azeem nomli kishining "Start programming using Object Pascal"   deb nomlangan tekin kitobidan oʻrganyapman. Bu kitob 150 bet atrofida. Oʻganishga juda qulay. Nazariyadan koʻra amaliyotga kuchli e`tibor berilgan. Namunalarni bajarib, buyruqlar haqida oʻzingiz xulosa chiqarib olasiz. Oʻrganish jarayonida zerikib qolmaysiz. "Lazarus" haqida yozilgan boshqa kitoblar ham menda bor, lekin ularning koʻpi 500 sahifadan koʻproq. Bundan tashqari nazariyaga juda koʻp vaqt ajratilgan. Oxiri oʻylab-oʻylab shu kitobdan oʻrganishni boshladim. U ingliz tilida yozilgan. Bu ham sizga dasturlash tilini yaxshi tushunishingizga yordam beradi deb oʻylayman. Hozir yuqorida keltirilgan kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilib blogimda yozib bormoqchiman, birinchidan, ba`zi dasturlashni boshlaganlarga foydasi tegadi, ikkinchidan, hozirgi kunda ta`tilda boʻlgan shogirdlarim ushbu blogimdan ham ma`lumotlarni oʻqib, sentabrgacha biror yangilik qiladi deb umid qilaman.

Uchinchi qism
Grafik foydalanuvchi interfeysi
Boshlangʻich ma`lumot
Grafik foydalanuvchi interfeysi (ingliz tilida qisqartmasi "GUI") terminal interfeysiga yangi muqobil hisoblanadi. Unda shakllar, tugmalar, xabar qutilari, menyular, tekshirish qutilari va boshqa grafik komponentlar mavjud. Grafik foydalanuvchi interfeysidan biznes dasturlari, operatsion tizim ilova dasturlari, oʻyinlar hamda "Lazarus"ga oʻxshagan va boshqa turli dasturlash vositalarida foydalaniladi.
Bizning birinchi grafik foydalanuvchi interfeysi ilova dasturimiz
Yangi grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) ilova dasturini yaratish uchun "Lazarus" menyusiga kiramiz va quyidagilarni ochamiz:
Project/New Project/Application
Soʻngra ilova dasturni quyidagini bosib saqlaymiz:
File/Save All
Biz endi «firsgui» kabi loyiha fayllarini saqlash uchun yangi jild yaratamiz. Soʻnggra asosiy qismni saqlashimiz kerak. Masalan, main.pas, va oxirida loyiha nomi (masalan: firstgui.lpi)ni tanlashimiz kerak.
Ushbu asosiy qismda F12 tugmasini bossak, quyidagi koʻrinishdagi oynani koʻrishimiz mumkin:


Agar ilova dasturni ishga tushirsak, quyidagi koʻrinishdagi oyna paydo boʻladi:

Endi ushbu oynachani yopib dizaynerga qaytishimiz mumkin.
Shundan soʻng standart komponent sahifasidan shaklga button tugmasini sichqoncha bilan bir marta bosamiz:

Endi shakl (form) oynasiga olib kelib, xohlagan joyimizga bir marta bosib, ushbu tugmani tashlaymiz.