Monday, December 19, 2011

"Ubuntu 11.04"ni "Ubuntu 11.10"ga yangilash

Hozir ishxonada internetda o'tiribman. Sababi "Ubuntu 11.04"ni yangi "Ubuntu 11.10"ga yangilashim kerak. Yangilash jarayonini bir necha marta Tizim -> Boshqaruv -> Update manager orqali amalga oshirishga urinib ko'rdim, lekin turli sabablar bilan to'xtab qoldi. Oxiri terminal orqali yangilashga qaror qildim.
Buning uchun, avvalo, Ctrl+Alt+T tugmalarini bosib terminalni ishga tushirdim.
Keyin esa "konsole" da quyidagi buyruqni amalga oshirdim:



sudo apt-get update && sudo apt-get upgrade

So'ngra yana ushbu buyruqni bajarishga urinib ko'rdim:



sudo apt-get install update-manager-core


Tizimimda ushbu dastur o'rnatilgan ekan.
Yangi versiyaga yangilash uchun 
sudo do-release-upgrade
buyrug'ini amalga oshirdim. Yangilash boshlanib ketdi.
Ba'zi savollarga "y" tugmasini bosib, "ha" deya javob berdim.

Mana endi kutib o'tiribman...
Aytgancha, "Ubuntu"ning versiyasini ko'rish uchun
cat /etc/issue
buyrug'idan foydalanish mumkin.



Sunday, December 18, 2011

Youtubedan videolarni olish

Men ancha vaqtlardan buyon darslarga tegishli bo'lgan youtube videolarini o'quvchilarimga darsda qo'yib berardim. Ko'pincha to'g'ridan-to'g'ri internet orqali qayta-qayta qo'yib berishga to'g'ri kelardi. Bu esa anchagina trafikni olar va cho'ntakka ham zarar edi. Bugun o'ylab-o'ylab internet orqali izlashlar va bir qancha vaqt linuxni titkilahslar orqali ushbu muammoni hal qildim. "Ubuntu" operatsion tizimida youtube.com saytidan videolarni "Chromium" brauzerida tomosha qilsangiz ular avtomatik tarzda

/home/akmal/.cache/chromium/Default/Cache/

jildiga yuklanar ekan (Bu yerdagi "akmal" o'rniga o'zingizning hisobingiz nomini qo'yasiz). U yerdan kerakli .flv formatdagi video faylni boshqa joyga nusxa ko'chirishingiz yoki butunlay ko'chirib o'tqazishingiz ham mumkin bo'ladi .

Firefox dasturida esa bu video fayllar

/home/akmal/.mozilla/firefox/userprofile/cache 

jildiga yuklanar ekan. Bundan boshqa turli dasturlar yordamida ko'chirib olish imkoniyati ham mavjud, lekin eng oddiy usuli  (menga yoqqan) shu ekan.

Yangi tarjima guruhi

Men "Launchpad"da "Launchpad uzbek translators" guruhini ochishga muvaffaq bo'ldim. Bu "Ubuntu Uzbek Translators" guruhidan farq qiladi, chunki yangi guruhda "Launchpad"dagi barcha dasturlarni tarjima qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Hatto siz sevgan "Chromium" brauzerini ham o'zbek tilga tarjima qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Buning uchun faqat "Launchpad uzbek translators" jamoasiga qo'shishingiz kerak bo'ladi.
"Launchpad uzbek translators" -bu yerda: 
https://translations.launchpad.net/chromium-browser/translations/+lang/uz

Agar "Chromium" brauzerini tarjima qilmoqchi bo'lsangiz, bu yerda uni amalga oshirish mumkin. Faqat avval bizning guruhimizga a'zo bo'lishingiz kerak.
https://launchpad.net/~lp-l10n-uz

Iltimos, "chromium" brauzeri tarjimalari lotin alifbosida olib borilmoqda, shuning uchun siz ham lotin alifbosida tarjima qiling.

Thursday, September 29, 2011

Ubuntu bo’yicha foydali maslahatlar

eth1 – internetga ulgangan tarmoq platasi
eth0 – mahalliy tarmoq platasi (eth1 dan internet kelib, eth0 orqali internet tarmoqqa tarqatiladi)
Internet mahalliy tarmoqqa ipmasq, dnsmasq va squid orqali tarqatiladi.
squid – 192.168.0.1 ip adresga va 3128 portga quloq soladi.
hamma o’chirib-yoqiladigan narsalar /etc/init.d ni ichida joylashadi
sudo /etc/init.d/squid restart (stop, reload) – squidni o‘chirib yoqadi. Bu yerda sudo root(linuxda administrator root deyiladi. Inglizchadan o’zbek tiliga tarjima qilinganda o’zak, ildiz, asos degan ma’noni bildiradi). Sudo yozilgandan so’ng maxfiy so’z kiritiladi.
sudo /etc/init.d/ipmasq restart (stop, reload) – ipmasqni o’chirib yoqadi.
sudo /etc/init.d/dnsmasq restart (stop, reload) dnsmasq ni o’chirib yoqadi.

Tarmoq moslanishi uchun /etc/network/interfaces birorta tahrirchi bilan moslanadi Biz hozircha “nano”dan foydalanaishimiz mumkin. Har kim o’ziga yoqqat tahrirchini ishlatishi mumkin. Bunday vaqtda mc – “Midnight commander” dan ham foydalanish mumkin. Buning uchun kerakli faylni ustida F4 to’gmasini bosish kifoya. Yoki oddiyigina grafik muhitda ham Kde yoki Gnome asosiy menyusidan network ni topib moslash ham mumkin.

sudo /etc/init.d/networking restart - tarmoq va tarmoq platalarini o’chirib-yoqish uchun ishlatiladi.
Ubuntu linux da 7 ta virtual console (terminal) bor . Grafik muhitdan ularga o’tish uchun ctrl + alt+ f1 klavishlarini bosib o’trishingiz mumkin. Bu yerda f1 da bo’ladigan jarayonlar ko’rinadi. F7 da esa grafik muhit joylashgan. Boshqa virtual console larga o’tish uchunctrl+alt+f kerakli nomer yoki alt + o’nga-chapga tugmasi bilan ham o’tish mumkin.
Agar grafik muhit yuklanmagan bo’lsa uni startx buyrug’i bilan yoqish mumkin.
Kompyuterni o’chirish uchun poweroff buyrug’I bilan yoki shutdown –h buyrug’I bilan o’chirib yoqish mumkin. Bu yerda –h amalini –r (restart) ya’ni o’chirib-yoqish amaliga almashtirish ham mumkin. Bundan tashqari o’chirib-yoqish uchun reboot buygug’idan ham foydalanish mumkin.
Agar kompyuter tasodif tufayli majburan o’chirilsa yoki tok uzilib qolishi tufayli manbadan uzilishi tufayli qayta yonganda fayl tizimini tekshira boshlasa, bunday vaqtda fsck buygug’i bajarilayotgan bo’ladi. Bunday vaqtda root huquqi bo’lmagani uchun ba’zi direktoriyalarni tekshira olmaydi. Shuning uchun bunday holatda root maxfiy so’zini so’raydi. Root maxfiy so’zi kiritilgandan so’ng fsck buyrug’I yoziladi va so’ngra ba’zi muammolar tog’rilanishi so’raladi. Bunday vaqtda, menimcha, y (yes) harfini bosgan ma’qul .
Ish stolini qaytadan yuklash, boshqa foydalanuvchi sifatida kirish yok boshqa ish stolini ishga tushirish uchun ctrl+alt+backspace ni bosish mumkin.

“Ubuntu” да дастурларни ўрнатиш усуллари

buntuда дастурларни бир неча йўллар билан ўрнатиш мумкин. Бу сизнинг хоҳишингизга, терминалда ёки график муҳитда ишлашни ёқтиришингизга боғлиқ.
График муҳитда “Synaptic”, “Ўрнатиш ва олиб ташлаш”, “Adept” дастурлари ёрдамида амалга оширса бўлади.
Терминалда эса “aptitude” ёрдамида ёки “apt-get” буйруғи билан амалга ошириш мумкин. Мен “apt-get” буйруғидан фойдаланишни абзал кўраман. Масалан,
sudo apt-get install “дастур номи” – дастурларни ўрнатиш учун;
sudo apt-get remove “дастур номи” – дастурларни олиб ташлаш учун;
sudo apt-get autoremove – илгари ўрнатилган, эндиликда эскирган ёки кераксиз бўлган файлларни ўчириш учун;
sudo apt-get -f install – хато билан ўрнатилган дастурларни тўғрилаб ўрнатиш учун ишлатилади.
Агар сиз ўрнатилиш манбасига Убунтуни компакт дискини ёки DVD дискини қўшмокчи бўлсангиз, “sudo apt-cdrom add” буйруғидан фойдаланишингиз мумкин.
Ўрнатилиш манбасига қўшилган репозиторийлар ва бошқа манзилларнинг ҳаммаси/etc/apt/sources.list да сақланади. Агар у ерга ўзгартириш киритмоқчи бўлсангиз, терминалда бирорта муҳаррирдан фойдаланишингиз керак. Мен “nano”муҳарриридан фойдаланаман ва уни қўйидаги буйруқ билан амалга ошираман:
sudo nano /etc/apt/sources.list

Бу ерга сиз керакли репозиторийларнинг манзилларини киритишингиз мумкин.

Wednesday, September 28, 2011

Windows o‘rnatilgandan so‘ng “Ubuntu”ni tiklash

Agarda kompyuteringizda ham “Windows” operatsion tizimi, ham “Ubuntu” linux operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lsa, siz “Windows” operatsion tizimini qaytadan o‘rnatsangiz, faqat “Windows” yuklana boshlaydi. Bunday vaqtda “Windows” operatsion tizimi MBR ga ma’lumotlarni qaytadan yozadi, shuning uchun linuxlar oilasidagi tizimlar yuklanmaydi. Bu uy boru, lekin uning kirish eshigi yo‘qolib qo‘lgan holatga o‘xshaydi. Hozirgi maqolamizda “Ubuntu” yuklagichi - “grub”ni tiklash haqida ma’lumot beramiz.

Buning uchun sizga Ubuntu 8.10 (yoki yangirog‘i)”live cd” si kerak bo‘ladi.

1. “Ubuntu 8.04″ Ish stoli (Desktop) yoki lonli disk (live cd) ni kompyuteringizga yuklang.

2.”Ubuntu”kokmpyuteringizga yuklangandan so‘ng terminalni ishga tushiring. Quyidagicha amalga

oshiriladi: Dasturlar -> Qo‘shimcha dasturlar -> Terminal (Applications ->Accessories -> Terminal).

3. Quyidagi buyruq yordamida “grub”ni “root” foydalanuvchisi sifatida ishga tushiring:

sudo grub


Natijada “grub” ishga tushib, terminalda quyidagi yozuv paydo bo‘ladi:

grub>


4. Quyidagi buyruqlarni kirgizib “enter” tugmasini bosing:

find /boot/ grub/stage1

Agarda “Error 15: File not found” - ya’ni “Xato 15: Fayl topilmadi” degan yozuv chiqsa, quyidagicha yozing.

find /boot/grub/stage1


Ushbu ma’lumotdan foydalanib, asosiy uskunalarni yoqing (X,Y ning o‘rniga qanday raqam chiqqan bo‘lsa, shuni qo‘ying). Masalan, mening kompyuterimda (root (hd0,8) chiqdi)

grub> root (hdX,Y)


”Grub”ni o‘rnating:

grub> setup (hd0)


Agarda “grub” o‘rnatilsa,

grub> quit


buyrug‘i bilan grubdan chiqasiz.

Ushbu usul bilan kompyuterimda “Ubuntu 8.04″operatsion tizimini qaytadan tikladim. Balkim, bu usul sizga ham foydasi tegib qolar.

3g modemlarni "Ubuntu"da moslash

Agar siz huawei-e1550 3g modemini sotib olib, uni “Ubuntu”da ishlatmoqchi bo'lsangiz ishlata olmasligingiz mumkin. Windows operatsion tizimida usb modemni kompyuterga kirgizsangiz avtomatik tarzda drayver va kerakli dasturlarni o'rnatishni so'raydi. ”Ubuntu”da esa bu dasturlar ishlamaydi. Xullasi kalom, muammoni quyidagicha hal qilsa bo'ladi.
Avva “udev-extras” paketini o'rnatishingiz kerak. Uni quyidagicha terminalda amalga oshiramiz:

sudo apt-get install udev-extras


Endi “udev”ga qoida qo'shamiz. Quyidagilarni terminalda yozib “Enter” tugmasini bosamiz.

gksu gedit /etc/udev/rules.d/15-huawei-e1550.rules


Sizdan administrator maxfiy so'zini so'raydi. Maxfiy so'zni kiritib, “Enter” tugmasini bossangiz, “gedit” matn muharriri ochiladi. U yerga quyidagi yozuvlardan nusxa olib tashlaymiz:

SUBSYSTEM=="usb",
SYSFSidProduct=="1446",
SYSFSidVendor=="12d1",
RUN+="/lib/udev/modem-modeswitch --vendor 0x12d1 --product 0x1446 --type option-zerocd"


Endi esa “Saqlab” “gedit” dasturidan chiqamiz.

Qolganini “Network manager” orqali moslab olamiz.
Men bu usul bilan “zte” va “huawei” modemlarini ishlatib ko'rdim. Juda yaxshi ishladi.