Monday, July 8, 2013

Bitta brauzerda bir nechta gmail hisoblarni ochish

Men odatda google pochta xizmati ya`ni gmail.com dan muntazam fodalanaman. Buning ustiga ushbu pochta xizmatida bir nechta hisoblarim mavjud. Ikkita gmail.comdagi pochtamni ochish uchun ilgari ikkita brauzerdan foydalanardim, bitta pochtamni "Google Chrome"ga, bittasini "Mozilla Firefox"ga to'g'rilab qo'ygandim, lekin ushbu muammoni hal qilishning bir nechta boshqa usullari ham mavjud ekan.
Ulardan birimchisi:
Gmail.com dagi pochtalaringizdan birini ochasiz va yuqori o'ng burchakdan pochangiz nomi yozilgan joynini bosasiz:

Bu yerdan "Добавить аккаунт" (Add account)ni bosasiz va yangi ochilgan ichki oynadagi quyidagi ko'rinishdagi joyga login va parolingizni kiritasiz:
Endi ikkinchi pochtangiz ham bitta shu brauzerda ochildi. Bundan birdaniga ikkinchi pochtani ochmoqchi bo'lsangiz, xuddu shu tepadagi qo'ng'iroqcha bor joyni chap tarafini bossangiz, ikkinchi pochtangizni bemalol ocha olasiz.
Ikkinchi usuli:
"Open private tab"ni bosib, ikkinchi pochtangizni ochishingiz mumkin.

Sunday, June 23, 2013

"Lazarus"da birinchi grafik dastur

"Lazarus" dasturi "Delphi" dasturiga juda oʻxshash (hatto bir xil desa ham boʻladi). U ham "Free pascal" asosida ishlaydi ("Delphi" esa "Turbo pascal"da). "Lazarus"ning yutuqli taraflaridan biri, u erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minot ekanligidir. Oʻzbekistondagi ta`lim muassasalarida hozir ham "Turbo pascal"da dastur tuzish oʻrgatiladi. Uning oʻrniga "Free pascal" va "Lazarus"dan foydalanilsa, menimcha, yaxshi boʻlardi. Chunki ushbu dastur tekin hisoblanadi. Buning ustiga deyarli bir xil desa ham boʻladi. Qisqasi uni rasmiy saytidan yuklab olib ishlatsa boʻladi. Xohlasangiz linuxda, xohlasangiz "Windows"da ham ishlatish mumkin. Qisqasi dasturlash dunyosiga yoʻl olishingizda katta yordam beradi. "Lazarus"da tuzilgan dasturlar haqida bu yerdan ma`lumot olishingiz mumkin.
Men ushbu dasturni oʻrganishni boshlaganimga bir necha oylar boʻldi. Boshida terminal uchun dasturchalar yozishni oʻrgangan boʻlsam, endi grafik koʻrinshiga ega dasturlar yozishni boshlayapman. Men Motaz Abdel Azeem nomli kishining "Start programming using Object Pascal"   deb nomlangan tekin kitobidan oʻrganyapman. Bu kitob 150 bet atrofida. Oʻganishga juda qulay. Nazariyadan koʻra amaliyotga kuchli e`tibor berilgan. Namunalarni bajarib, buyruqlar haqida oʻzingiz xulosa chiqarib olasiz. Oʻrganish jarayonida zerikib qolmaysiz. "Lazarus" haqida yozilgan boshqa kitoblar ham menda bor, lekin ularning koʻpi 500 sahifadan koʻproq. Bundan tashqari nazariyaga juda koʻp vaqt ajratilgan. Oxiri oʻylab-oʻylab shu kitobdan oʻrganishni boshladim. U ingliz tilida yozilgan. Bu ham sizga dasturlash tilini yaxshi tushunishingizga yordam beradi deb oʻylayman. Hozir yuqorida keltirilgan kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilib blogimda yozib bormoqchiman, birinchidan, ba`zi dasturlashni boshlaganlarga foydasi tegadi, ikkinchidan, hozirgi kunda ta`tilda boʻlgan shogirdlarim ushbu blogimdan ham ma`lumotlarni oʻqib, sentabrgacha biror yangilik qiladi deb umid qilaman.

Uchinchi qism
Grafik foydalanuvchi interfeysi
Boshlangʻich ma`lumot
Grafik foydalanuvchi interfeysi (ingliz tilida qisqartmasi "GUI") terminal interfeysiga yangi muqobil hisoblanadi. Unda shakllar, tugmalar, xabar qutilari, menyular, tekshirish qutilari va boshqa grafik komponentlar mavjud. Grafik foydalanuvchi interfeysidan biznes dasturlari, operatsion tizim ilova dasturlari, oʻyinlar hamda "Lazarus"ga oʻxshagan va boshqa turli dasturlash vositalarida foydalaniladi.
Bizning birinchi grafik foydalanuvchi interfeysi ilova dasturimiz
Yangi grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) ilova dasturini yaratish uchun "Lazarus" menyusiga kiramiz va quyidagilarni ochamiz:
Project/New Project/Application
Soʻngra ilova dasturni quyidagini bosib saqlaymiz:
File/Save All
Biz endi «firsgui» kabi loyiha fayllarini saqlash uchun yangi jild yaratamiz. Soʻnggra asosiy qismni saqlashimiz kerak. Masalan, main.pas, va oxirida loyiha nomi (masalan: firstgui.lpi)ni tanlashimiz kerak.
Ushbu asosiy qismda F12 tugmasini bossak, quyidagi koʻrinishdagi oynani koʻrishimiz mumkin:


Agar ilova dasturni ishga tushirsak, quyidagi koʻrinishdagi oyna paydo boʻladi:

Endi ushbu oynachani yopib dizaynerga qaytishimiz mumkin.
Shundan soʻng standart komponent sahifasidan shaklga button tugmasini sichqoncha bilan bir marta bosamiz:

Endi shakl (form) oynasiga olib kelib, xohlagan joyimizga bir marta bosib, ushbu tugmani tashlaymiz.


Thursday, May 16, 2013

"Microsoft word" uchun tayyor tugmalar (tugmalar birikmasi)

Бир вақтлар ушбу маълумотни тахлаган бўлсам керак, компьютеримнинг хотирасида сақланиб турган экан. Фақатгина "Microsoft word" эмас, бошқа дастурларда ҳам ушбу тугмалар бирикмасидан фойдаланиш мумкин. Бирор кишига фойдаси тегиб қолар деган умидда блогимга киритишга қарор қилдим.


Сtrl+D – Шрифтларни экранга чиқариш.
Сtrl+Shift+P – шрифт размерини ўзгартириш имконияти.
Ctrl+F – Найти (матндан қидириш йўли)
Ctrl+B – ҳарфларни семиз (жирный) қилиш.
Ctrl+I – ҳарфларни қийшиқ, ёнбошчасига ёзиш.
Ctrl+U – ҳарфларни тагига чизиб ёзиш.
Ctrl+H – матнда ҳарфларни автоматик алмаштириш.
Ctrl+F – матндаги керакли сўзларни топади.
CTRL+H -  матндан киритилган сўзларни топади.
F5 - кўрсатилган саҳифага ўтади.
Сtrl+Z – матнда амалларни орқага қайтариш.
Сtrl+Backspace – матндаги амалларни орқага қайтаради.
Alt+Backspace – матнда ёзилган амалларни орқага қайтаради.
Сtrl+S – матндаги амалларни шу онда сақлайди.
Shift+Alt+F2 – матндаги амалларни шу онда сақлайди.
Ctrl+C – матндаги ёзувлардан ва элементлардан нусха олади.
Ctrl+Insert – матндаги ёзувлардан ва элементлардан нусха олади.
Ctrl+V – нусха олинган ёзувларнинг нусхасини қўяди.
Shift+Insert – нусха олинган ёзувларнинг нусхасини қўяди.
Ctrl+N – Янги "WORD" қоғози ойнасини очади.
Сtrl+O – "WORD" ҳужжатларини очиш ойнаси очилади.
Сtrl+E – матнни қоғоз ўртасига қилиб қўяди.
Ctrl+J – матнни кенгайтириб тақсимлайди.
Сtrl+Home – "WORD"да очилган матннинг энг бошига чиқаради.
Ctrl+End – "WORD"да очилган матннинг энг охирига ўтказади.
Backspace – "WORD"дa ўзидан олдинги ҳарфларни ўчиради.
Delete – "WORD"дa ўзидан кейинги ҳарфларни ўчиради.
Ctrl+ўнгга қараган стрелка – алоҳида сўзлар бўйича ўнгга силжийди.
Ctrl+чапга қараган стрелка – алоҳида сўзлар бўйича чапга силжийди.
Ctrl+юқорига қараган стрелка – ҳар бир хатбоши (абзац) бўйича юқорига силжийди.
Ctrl+пастга қараган стрелка – ҳар бир хатбоши (абзац) бўйича пастга силжийди.
Ctrl+Page Up – матн қоғозини бир варақ тарзида юқорига кўтаради.
Ctrl+Page Down – матн қоғозини бир варақ тарзида пастга туширади.
Ctrl+A – қоғоздаги матнни ҳаммасини қорага олиб белгилаб олади.
Ctrl+5 – қоғоздаги матнни ҳаммасини қорага олиб белгилаб олади.

Компьютер учун (умумий)
Alt+F4 – ойналарни ёпади.
Ctrl+F4ички ойналарни ёпади.
Пуск+E – "Проводник"ни "Рабочий стол"га чиқаради.
Пуск+D – ойналарни ўчирмасдан ҳаммасини пастга тушириб қўяди.
Alt+Tab – бир ойнадан иккинчи ва кейинги очилган ойналарга ўтказади.

Wednesday, May 15, 2013

"Windows"da printerlarni ishlamaydigan qilish

Ilgari ishlagan joyimda kompyuter va printer davlatniki edi. Printerning katridjini toner bilan to‘ldirib kelsam, boshqalar ishlatib qo‘yishi mumkin bo‘lardi. Ba`zida men yo‘q vaqtlarda ham xodimlar printernet ko‘proq narsalarni chiqarib olishardi. Oxiri "Windows XP"da printernet umuman ishlamaydigan qilib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Men bu muammoni hal qildim va buni siz ham qila olasiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajarasiz:
1. "Панель управления"ga kirish kerak. Buning uchun klaviaturada "Windows" ("Start" - inglizchada, "Пуск" - rus tilida) tugmasini bosib, "Панель управления"ga kirish mumkin, 


yoki  "Windows" ("Start" - inglizchada "Пуск" rus tilida) + R" tugmalarini birga bosib, paydo bo‘lgan oynaga "control" buyrug‘ini kiritib, "Enter" tugmasini bosamiz.
Quyidagi ko‘rinishdagi oyna ochiladi. Biz uni "Klassik ko‘rinish"ga o‘tkazamiz.



Yangi ko‘rinishdan "Администрирования"ni ochamiz.
Bu yerdan "Службы" ochiladi.
U yerdan "Диспетчер очереди печати" chiqishi kerak. Uni ochish kerak.

"Тип запуска"dan "Октлючено" tanlanib,  "Стоп" tugmasi bosiladi kutib turiladi. So‘ngra "OK" tugmasi bosiladi. Agar "Тип запуска"da "Октлючено" paydo bo‘lsa, demak, hech qanday printer shu tizimingizda umuman ishlamaydi. Hatto drayverlarini o‘rnatib ham bo‘lmaydi. Bir qancha vaqt oldin, qandaydir virus, kompyuterlarda shu funskiyani amalga oshirardi va ba`zilar shu kichik muammo tufayli tizimni qayta o‘rnatgan ham edilar. 
Endi printerlarni ishlaydigan qilish uchun "Тип запуска"dan "Отключено"ni "Авто"ga o‘zgartirasiz va avval "Стоп"ni bosib, so‘ngra "Пуск"ni bosasiz.

"Windows"da yashirin fayllar va jildlarni ochish hamda to‘g‘rilash

"Windows" operatsion tizimida fleshkadagi fayllarni yashirin qilib qo‘yadigan virus ko‘payib ketdi. Agar antivirusning bazasini yangilamasangiz, ushbu virus sizning tizimingizga ham o‘tishi mumkin. Ushbu virus tushgan fleshkalarni antivirus bor kompyuterga ulaganda, viruslar o‘chiriladi, lekin fayllar va jildlar yashirin usulga o‘tib qoladi. Uni jildining "Xossalari" (Свойство)dan ham to‘g‘rilashning imkoni yo‘q.
Bu muammoni hal qilishda "Total commander" dasturidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu dastur ishga tushiriladi va flesh qurilmasi "Total commander" dasturida ochiladi. Dasturning tepa qismidan yashirin fayllarni ko‘rsatadigan nishoncha (Скрытые элементы)ni topish va ustiga bosishib, yoqib qo‘yishimiz kerak. Bu nishoncha rasmi turli versiyalarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mening kompyuterimda quyidagicha:

Endi esa fleshkadagi yashirin jild va fayllar undov belgisi bilan paydo bo‘ladi. Kerakli fayllar va jildlarni "Ctrl" tugmasini bosib turgan holda quyidagicha belgilab olamiz:

Endi esa, "Изменить атрибуты..." nishonchasini dasturning tepa qismidan izlab topishimiz kerak. Buni menyudagi "Файлы" -> "Изменить атрибуты..." dan ham topish mumkin.

Endi esa, paydo bo‘lgan oynachadan quyidagi rasmda ko‘rsatilgan belgilashni olib tashlaymiz:
(Архивный, Только для чтения, Скрытый, Системный)

Endi fleshkadagi jild va fayllaringiz yashirin emas!


Friday, April 19, 2013

"Mozilla Firefox" - oʻzbek tilida

Bundan 2 oylar chamasi oldin "Mozilla Firefox" brauzerini tarjima qilish haqida oʻylab qoldim. Chunki bir oʻq bilan ikki quyonni urish mumkin. Ya`ni "Ubuntu" uchun ham bitta dastur oʻzbek tilida boʻladi, ham internet uchun foydalaniladigan bitta dastur oʻzbek tilida boʻladi. Ushbu dasturdan barcha operatsion tizimlarda foydalanish mumkin. Hatto "Android" oʻrnatilgan telefonlarda ham foydalanish imkoni soʻnggi paytda paydo boʻldi. Qisqasi, ushbu loyiha asoschilari bilan bogʻlanib, oʻzbek tiliga oʻgirish uchun ruxsat oldim. Agar yana biror kishi qiziqsa, tarjimalarini bu yerda amalga oshirish mumkin.
Tarjima ishlarini boshida katta qiziqish bilan boshladim, lekin bir xil ish va vaqtning kamligi tufayli kam vaqtimni sarflayapman. Hozirgi kungacha tarjimalar 34% ga yetdi, hech boʻlmaganda, "Mozilla Firefox" ning beta versiyasiga tarjimalar qoʻshilishi uchun 50% dan oshishi kerak. Buning uchun meni bir oʻzimning ajratgan vaqtim va mehnatim kamlik qilyapti, shunday boʻlsa-da harakat qilyapman. Brauzerning 21-versiyasi oʻzbek tilida chiqishini rejalashtirgandim, lekin bunga ulgurmadim. Endi 22-versiyasi chiqquniga qadar tarjima qilishiga ulgurushim kerak. Endi sen boʻlmasang, boshqasi deganlaridek, xudo xohlasa, 22-versiyasi oʻzbek tilida chiqib qolar. Hozirgi kunga qadar "Opera" brauzeri oʻzbek tiliga oʻgirilgan, lekin u kirill alifbosida. Hozirda "Mozilla Firefox" latin alifbosida tarjima qilyapman. Bu bilan oʻzbekistonlik foydalanuvchilarning internetdan foydalanishlariga ozroq boʻlsa ham yordam berishim mumkin. Xudo xohlasa, tarjimalar tugagandan soʻng, oʻzbek tilida kirill va lotin alifbosidagi "spellchecker" ya`ni "imlo tekshirgich"ni ham brauzerga qoʻshish niyatidaman. Hozirda tarjima qilingan dasturning "Firefox Avrora" versiyasi:





Hozircha shular. Kimni qoʻlidan sifatli tarjima qilish kelsa,  bu yerda yordam berishi mumkin.

Sunday, March 31, 2013

Ba`zi gʻoyalar

Kallamda har xil gʻoyalar aylanib yuradi, lekin ularni bajarish uchun menda yetarli vaqt, imkoniyat va dasturlar boʻyicha bilim yetishmaydi. Ana oʻshalarni sizlar bilan baham koʻrsam:

1. Kirill alifbosidan lotin alifbosiga yoki aksincha translyator yaratish. Ushbu dasturning onlayn versiyasi boʻlishi va foydalanuvchi uchun qulay boʻlishi kerak. Soʻzlar xato boʻlganda, tagiga qizil chiziq bilan ajratib koʻrsatilib, soʻzlarning toʻgʻri variantlari tavsiya qilinishi kerak. Bunaqa dasturlar  juda koʻpayib ketgan, lekin hech qaysisi sifatli oʻgirmaydi va kamchiliklari mavjud.

2. Har qanday saytning manzilini kiritsa, oʻsha saytni kirilldan lotinga, lotindan kirillga oʻgirib beradigan xizmat ochish kerak, chunki hozirda ba`zilarga saytdagi ma`lumotlarni lotin alifbosida, ba`zilarga kirill alifbosida oʻqish qulay. Xuddi shunga oʻxshash funksiya www.promt.ru saytida bor. Faqat u yerda, asosan, boshqa tillardan rus tiliga saytni tarjima qilib beradi. Saytlarni tarjima qilishdan, boshqa alifboga aylantirish oson boʻlsa kerak, menimcha.

3. Oʻzbekcha "spell-checker"  ya`ni imlo tekshirgich yaratilishi kerak. Bu birinchi va ikkinchi gʻoya bilan birga amalga oshirsa boʻladigan ish. Biror soʻzni yozilishini bilmagan inson, shu saytga kirib, shu soʻzni yozib koʻrishi mumkin boʻladi. Bunga oʻxshash qoʻshimcha funksiyalar "Libreoffice" dasturida mavjud, lekin uni hamma ham ishlatavermaydi. Buning ustiga bu dasturda faqat kirill alifbosidagi oʻzbekcha soʻzlarni tekshiradi. Lotin alifbosidagi imlo tekshirgichni tuzish sal muammo boʻlishi mumkin. Chunki "ʻ" belgisi "Windows" OTda boshqacha, "Linux" OTda boshqacha. Hatto "Windows"da klaviaturaga qoʻshilmagan ham. Imlo tekshirish funsiyasini internet brauzerlarga ham qoʻshish kerak.

4. Oʻzbekchadan boshqa tillarga yoki aksincha lugʻat dasturi qilinishi kerak. Hammasi bitta dasturda jamlanishi kerak. Oʻzbekcha lotin alifbosidagi soʻzlarni kiritishda  "MS office" dasturlaridagi "ʻ" belgisini ham, "Linux"dagi "ʻ" belgisini ham almashtirish funksiyasi boʻlishi kerak. Ushbu va tepadagi funksiyalar solver.uz saytida amalga oshirilgan, lekin sifati yaxshi emas.

5. Milliy qidiruv tizimi yaratilishi kerak. Ushbu qidiruv tizimida "Tas-ix"dagi barcha saytlar va chet serverlardagi oʻzbekcha saytlardan izlash funksiyasi boʻlishi kerak.  Xuddi shunday sayt yaratilgan: www.ulugov.uz , lekin uni mukammallashtirish kerak va iloji boʻlsa, nomini oʻzgartirgan maqul. Yuqoridagi gʻoyalarni bitta shu qidiruv tizimida jamlansa, nur ustiga a`lo nur boʻlardi.

Hozircha shular. Boshqa gʻoyalar ham mavjud. Bular haqida keyinroq yozarman, lekin va`da bera olmayman.