Wednesday, September 28, 2011

Canon i-SENSYS MF4010 printerini Ubuntu 10.04 da o’rnatish

Ushbu usul Ubuntu 10.04 da sinalgan, lekin har qanday Debianga asoslangan linux tizimi va RPm paktlariga mos keladi.

http://software.canon-europe.com/ saytiga kiramiz va «Multifunctionals»dan «i-SENSYS MF4010″ni tanlaymiz. So’ngra . Linux»operatsion tizimi belgilanib «English» tili ko’rsatiladi.
Drayver izlash jarayoni amalga oshadi va bir qancha drayverlar ko’rsatiladi. Biz yangi versiyasini tanlaymiz. Masalan, menda UFRII/UFRII LT Printer Driver for Linux (2.10).
Bizga o106eenx.zip. arxivi kerak.
Avval kompyuterga ko’chirib olamiz.Arxivga ajratamiz. «UK» papkasiga kiramiz. So’ngra «32-bit_Driver»yoki «64-bit_Driver»ni ochamiz. O’sha yerdan «Debian» papkasiga kiramiz.
U yerda 2 ta fayl: «cndrvcups-common_2.10-1_i386.deb» va «cndrvcups-ufr2-uk_2.10-1_i386.deb».
Quyidagi tartibda ularni o’rnatamiz.
dpkg libcupsys2 paketi o'rnatilmaganligi haqida ma'lumot berishi mumkin.
Shuning uchun uni o'rnatamiz. U libcups2 paketining qismi hisoblanadi, shuning uchun uni oddiygina usulda o'rnatamiz:

# apt-get install libcups2


Undan oldin quyidagi usulni ham bajarib ko'rsak bo'ladi:

# apt-get -f install


Endi drayverni o'rnatamiz:

# dpkg -i cndrvcups-common_2.10-1_i386.deb
# dpkg -i cndrvcups-ufr2-uk_2.10-1_i386.deb
#dpkg -i *.deb


Ubuntu uchun Canon i-SENSYS MF4010 drayverini o'rnatish tugallandi.

Moslash
Chop etishni moslashni ishga tushiramiz:

# system-config-printer


Bu yerdan «Yangi printer qo'shish»ni bosamiz. «Canon MF4010″ni tanlaymiz va qolganini savollarga javob berib o'rnatamiz.
Tarmoqqa ulangan va ulanmagan usullarda ham bemalol o'rnatsa bo'ladi.

Ubuntuda nvidia 9500 gt video karta drayverini o'rnatish

Mening ushbu maqolam "Ubuntu"da video kartani moslay olmagan barcha linux foydalanuvchilari uchun foydali bo'ladi deb o'ylayman. Mening kompyuterimdagi video karta "Nvidia 9500 GT" edi. Uni moslash uchun turli dasturlarni o'rnatib ko'rdim, lekin foydasi bo'lmadi. Oxir-oqibat www.google.co.uz dan topilgan ba'zi ma'lumotlar orqali men drayverni o'rnatishga muvaffaq bo'ldim. Ushbu usul qo'yidagicha:
Avvalo, X serverni to'xtatish kerak.Undan so'ng "Nouveau"ni o'chirib tashlash kerak. "Nouveau" - Nvidia kartalar uchun 3D da ishlay oladigan EOKDT drayverdir.
Birinchi qiladigan ishimiz, "nvidia"ning qonuniy saytidan o'zimizga mos drayverni ko'chirib olamiz. Bu yerdan biz mahsulot turi,mahsulot seriyasi, mahsulot nomi,operatsion tizim va tilni tanlashimiz kerak. Hammasini to'g'ri tanlab "Download" tugmasini bosib, shartlarga rozilik bildirib yozib olish kerak. Odatda fayl /home/foydalanuvchi nomi/ papkasiga tushadi.
Endi siz

sudo apt-get remove xserver-xorg-video-nouveau


buyrug'i bilan "Nouveau"ni o'chirib tashlashingiz kerak.
Endi esa Xserverni to'xtatish kerak, buning uchun

sudo /etc/init.d/gdm stop


buyrug'idan foydalanamiz.CTRL+ALT+F1 tugmasini bosib, foydalanuvchi nomi va maxfiy so'zni kiritamiz.Bu yerda qop-qora terminalga

cd /home/foydalanuvchi nomi/


buyrug'ini terib foydalanuvchining uy jildiga o'tamiz. Foydalanuvchi nomi deganda sizning hisobingiz nomi bo'ladi..
Terminalda quyidagi buyruqlarni teramiz:

sudo sh NVIDIA-Linux-x86-275.21.run -k $(uname -r)


O'rnatilish shartlariga rozi bo'lib, dastur tomonidan so'ralgan savollarga javob berib dasturni o'rnatamiz. So'ngra quyidagi buyruq yordamida Xserverni ishga tushirish kerak.

sudo /etc/init.d/gdm start


Mana endi, sizni tabriklasa ham bo'ladi.Endi bemalol linuxda ham warzone 2100, open arena, glest kabi kuchli o'yinlarni o'ynashingiz mumkin.

Ubuntu uchun kerakli dasturlar (yangi foydalanuvchilar uchun)

Men Ubuntuni birinchi marta o'rnatgan vaqtlarda ancha qiynalgandim. Oddiy foydalanuvchi sifatida kerakli bo'ladigan dasturlar ro'yxatini tuzib chiqdim. Ular qo'yidagilar:
1. Agar siz terminalda ishlayotganingizda fayllar bilan ishlash uchun "Midnight commander" menejeri juda qulay. U fayllarni ko'rish, o'qish, o'zgartirish kiritish, nusxa olish, ko'chirish, o'chirish kabi turli ishlarni osonlashtiradi. Shunday qilib:
sudo apt-get install mc


2. .rar formatdagi arxiv fayllarini ocha olmasangiz terminalda ushbu dasturni o'rnating.Shundan so'ng arxiv menejer sizning .rar formatdagi fayllaringizni ocha boshlaydi
sudo apt-get install unrar


3. .7z formatdagi arxiv fayllarini ochish uchun esa "p7zip-full"ni o'rnatishga to'g'ri keladi:
sudo apt-get install p7zip-full


4. Siz magentdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, buning uchun qutim messenjeridan foydalanishingiz mumkin. Undan icq hisobingizni ochishda ham foydalanishingiz mumkin:
sudo apt-get install qutim


5. Turli video fayllarini ko'rish uchun Ubuntuning standart video playeri sizga yoqmayaptimi? Men unda sizga vlc mediya playerni tavsiya qilishim mumkin. Oddiy, sodda va qulay:
sudo apt-get install vlc


6. Musiqa eshitishda Ubuntuning oddiy audio playerlari yoqmayaptimi? Unda mahramat qilib "amarok" audio playeridan foydalaning. Menga uning aynan ijro etilayotgan qo'shiqning matnini internet saytlaridan topib, san'atkorning rasmini ko'rsatishi juda yoqadi. Faqat qo'shimcha ravishda ko'pgina dasturlar ham o'rnatiladi. Chunki amarok KDE ish stoli muhiti uchun ishlangan. Lekin mp3 fayllarni eshitish uchun avval "ubuntu-restricted-extras" o'rnatilishi kerak
sudo apt-get install amarok
"sudo apt-get install ubuntu-restricted-extras"


7. Fayllarni disklarga turli formatlarda yozish uchun qulay dastur izlayotgan bo'lsangiz, bu dastur "k3b"dir.
sudo apt-get install k3b


8.pdf formatdagi fayllarni ochish uchun "Document Viewer"dan foydalanish mumkin, lekin sizga "acrobat reader" dasturini ishlatish yoqadi. Bunday holatda "acrobat reader"ni quyidagi buyruq bilan o'rnatish mumkin.
sudo apt-get install acrored


9. .djvu formatdagi fayllarni ochishda muammo bo'layaptimi? Unda "DjView4"dan foydalanib ko'ring.
sudo apt-get install djView4

10. Windows XP, Windows Vista, Windows 7 kabi keng tarqalgan operatsion tizimlar uchun ishlangan dasturlari va .exe fayllarini linux tizimida ishga tushira olmayotgan bo'lsangiz, "wine" dasturi bilan buni amalga oshirsa bo'ladi. Men Photoshop 7 dasturini "Wine" dasturida ishga tushirib ishlatib ko'rgandim.
sudo apt-get install wine


Mening ushbu oddiygina maqolam yangi linux foydalanuchilari uchun anchagina foydali bo'ladi degan umiddaman.

Friday, May 25, 2007


Gaim endi Pidgin deb ataladi.
OpenNet.uz - juma, 25 may 2007

Thursday, May 24, 2007

(K)Ubuntu (Debian)да трафикни текшириш

Бунинг учун бизга тармоқ трафигини анализ қилувчи "Darkstat" дастурини ўрнатишимиз керак. Унинг қулай томонлари шундаки, маълумотларни html форматда кўрсатади ва жорий мосламаси бўйича маълмотларни 5 сонияда янгилаб туради.
Шундай қилиб ушбу дастурни ўрнатамиз:

sudo apt-get install darkstat

Ўрнатганимиздан сўнг
/etc/darkstat/init.cfg
файлини ўзимизга ёққан матн муҳаррири билан таҳрир қиламиз. Мен уни қўйидагича амалга оширдим:


sudo nano /etc/darkstat/init.cfg

Бу ердан

START_DARKSTAT=no

ни

START_DARKSTAT=yes

га алмаштирамиз.
Энди "Darkstat" ни ишга туширамиз.

sudo /etc/init.d/darkstat start

Энди сиз тармоқ статик маълумотларини кўрмоқчи бўлсангиз, бровзерингизда


localhost:666

ёки

ip adres:666

теришингиз керак.

Энди бровзерда қўйидагидек скриншотни кўрасиз:


Сиз энди трафик бўйича ёки ip адрес бўйича ким қайси сайтга кираяпти, қандай ишларни амалга ошираяпти ва бошқа маълумотларни кўра оласиз.

Қолганларини ўзингизга мослаб олишингиз мумкин.



Ушбу маълумотлар www.ubuntugeek.com сайтидан олинди.

Wednesday, May 9, 2007

Internetni "Kubuntu"da bo'lishish

Internetni tarmoqqa bo'lishib ishlashni eng oson usuli bu - "Firestarter". Avval tarmoq adapterini yaxshilab moslab olasiz, so'ngra

sudo apt-get install firestarter.

Qolganini o'zingiz moslab olaverasiz. Grafik muhitda ishlaydi.


Skrenshotlar mana bu yu yerda:

Bemalol kim qanaqa saytni ochayapti, qancha trafik sarflayapti, hammasini ko'rish mumkin.

Internetni "Kubuntu"da bo'lishish

Internetni tarmoqqa bo'lishib ishlashni eng oson usuli bu - "Firestarter". Avval tarmoq adapterini yaxshilab moslab olasiz, so'ngra

sudo apt-get install firestarter.

Qolganini o'zingiz moslab olaverasiz. Frafik muhitda ishlaydi.


Skrenshotlar mana bu yu yerda:

Bemalol kim qanaqa saytni ochayapti, qancha trafik sarflayapti, hammasini ko'rish mumkin.