Assalomu alaykum, do‘stlar. Free Pascal’da dastur tuzishni o‘rganish uchun biz Free Pascal va Lazarus dasturlaridan foydalanamiz.
Lazarus IDE va Free Paskal kompaylerni http://lazarus.freepascal.org/ saytidan yuklab olish mumkin.
Agar Ubuntu Linux tizimidan foydalansangiz, dastur repozitoriylaridan o‘rnatsangiz bo‘ladi. Ubuntu tizimida quyidagi buyruq yordamida o‘rnatish mumkin:
Lazarus bepul, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot. Ko‘plab platformalar uchun mavjud. Lazarus‘da yozilgan dasturlarni boshqa platformalarda foydalanish uchun o‘sha platformada qayta kompilyatsiya qilsa bo‘ladi. Masalan, siz Windows operatsion tizimida Lazarus‘dan foydalanib, dastur yozsangiz va uni Linux tizimida ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, Windows tizimida Lazarus’dagi o‘sha kod manbasidan nusxa olib Linux tizimida Lazarus’da ochib, kompilyatsiya qilsangiz yetadi.
Lazarus har bir operatsion tizim uchun mos dasturlar yaratadi. Hech qanday qo‘shimcha kutubxonalar va virtual mashina kerak emas. Shu sababga ko‘ra undan foydalanish va ishga tushirish juda qulay.
Lazarus dasturini yuklab olib o‘rnatganingizdan so‘ng quyidagi usulda yangi dastur yaratishimiz mumkin:
Endi esa ilova-dasturni ishga tushirish uchun F9 yoki

tugmasidan foydalanish mumkin.
IIk dasturimizni ishga tushirsak, quyidagi natija paydo bo‘ladi:
Agar Linux tizimidan foydalansangiz, biz yangi dasturimizni (first) dastur jildidan yoki saqlagan manzilimizdan topamiz. Windows tizimda esa, first.exe fayli paydo bo‘ladi. Har ikki faylni ham ustiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosib, ishga tushirsak bo‘ladi. Boshqa kompyuterlarda bu fayllarni Lazarus IDE’siz ishga tushirish uchun nusxa ko‘chirishning o‘zi yetarli.
Boyagi dasturingizdagi ushbu qatorni:
quyidagiga o‘zgartiring:
Endi esa F9 tugmasini bosing.
Siz quyidagi natijani oldingiz:
Bu raqam: 20
Savollarni facebookdagi "Kompyuter bo‘yicha foydali maslahatlar" guruhida kutib qolaman.
Lazarus IDE va Free Paskal kompaylerni http://lazarus.freepascal.org/ saytidan yuklab olish mumkin.
Agar Ubuntu Linux tizimidan foydalansangiz, dastur repozitoriylaridan o‘rnatsangiz bo‘ladi. Ubuntu tizimida quyidagi buyruq yordamida o‘rnatish mumkin:
sudo apt-get install lazarus
Lazarus bepul, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot. Ko‘plab platformalar uchun mavjud. Lazarus‘da yozilgan dasturlarni boshqa platformalarda foydalanish uchun o‘sha platformada qayta kompilyatsiya qilsa bo‘ladi. Masalan, siz Windows operatsion tizimida Lazarus‘dan foydalanib, dastur yozsangiz va uni Linux tizimida ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, Windows tizimida Lazarus’dagi o‘sha kod manbasidan nusxa olib Linux tizimida Lazarus’da ochib, kompilyatsiya qilsangiz yetadi.
Lazarus har bir operatsion tizim uchun mos dasturlar yaratadi. Hech qanday qo‘shimcha kutubxonalar va virtual mashina kerak emas. Shu sababga ko‘ra undan foydalanish va ishga tushirish juda qulay.
Lazarus dasturini yuklab olib o‘rnatganingizdan so‘ng quyidagi usulda yangi dastur yaratishimiz mumkin:
Project/New Project/Program
Biz manbani tahrirlash oynasida quyidagi kodni ko‘ramiz:
Biz bu daturni asosiy menyudagi File/Save orqali saqlashimiz va nomini o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan, first.lpi
Endi esa begin va end ifodalari o‘rtasiga quyidagi kodlarni kiritamiz:
Writeln ifodasi matnni ekranda (Terminal oynasida) ko‘rsatadi. Readln esa ko‘rsatilgan matnni foydalanuvchi o‘qib chiqishi va ilovani yopish uchun Enter tugmasini bosishi va Lazarus dasturiga qaytishi uchun ushlab turadi.

Writeln('Bu Free Pascal va Lazarus');
Writeln('Yopish uchun enter tugmasini bosing');
Readln;
Writeln ifodasi matnni ekranda (Terminal oynasida) ko‘rsatadi. Readln esa ko‘rsatilgan matnni foydalanuvchi o‘qib chiqishi va ilovani yopish uchun Enter tugmasini bosishi va Lazarus dasturiga qaytishi uchun ushlab turadi.
Endi esa ilova-dasturni ishga tushirish uchun F9 yoki

tugmasidan foydalanish mumkin.
IIk dasturimizni ishga tushirsak, quyidagi natija paydo bo‘ladi:
Bu Free Pascal va LazarusYopish uchun Enter tugmasini bosing
Agar Linux tizimidan foydalansangiz, biz yangi dasturimizni (first) dastur jildidan yoki saqlagan manzilimizdan topamiz. Windows tizimda esa, first.exe fayli paydo bo‘ladi. Har ikki faylni ham ustiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosib, ishga tushirsak bo‘ladi. Boshqa kompyuterlarda bu fayllarni Lazarus IDE’siz ishga tushirish uchun nusxa ko‘chirishning o‘zi yetarli.
Namuna
Writeln('Bu Free Pascal va Lazarus');
quyidagiga o‘zgartiring:
Writeln(‘Bu raqam: ‘, 20);
Endi esa F9 tugmasini bosing.
Siz quyidagi natijani oldingiz:
Bu raqam: 20
Tepadagi qatorni quyida
ko‘rsatilganidek yoki o‘zingiz xohlaganingizdek o‘zgartiring va
qayta-qayta ishga tushirib ko‘ring:
Kod:
Writeln('Bu
raqam: ', 3 + 2);
Natija:
Bu
raqam: 5
Kod:
Writeln('5
* 2 = ', 5 * 2);
Natija:
5
* 2 = 10
Kod:
Writeln('This
is real number: ', 7.2);
Natija:
This
is real number: 7.2000000000000E+0000
Kod:
Writeln('Bir,
Ikki, Uch : ', 1, 2, 3);
Natija:
Bir,
Ikki, Uch: 1,2,3
Kod:
Writeln(10,
' * ', 3 , ' = ', 10 * 3);
Natija:
10
* 3 = 30
Biz
Writeln ifodasi ichiga har safar har xil qiymatni kiritib, natijani
ko‘rishimiz mumkin. Bu bizga yanada aniqroq tushunishimizga yordam
beradi.
Savollarni facebookdagi "Kompyuter bo‘yicha foydali maslahatlar" guruhida kutib qolaman.
No comments:
Post a Comment