Sunday, March 22, 2015

"Mozilla Firefox"ni "tanlab-tanlab" yuklab olish mumkin.


Endi "Mozilla Firefox"ning har qaysi versiyasini o‘zbek tilida xohlagan tizimingiz uchun tanlab, yuklab olishingiz mumkin. "Ubuntuchi"lar ham qo‘rqmasdan yuklab olib, o‘zbek tilida ishlatsa bo‘ladi. Endi "Ubuntu"ning o‘rnatish jarayonini o‘zbek tiliga o‘girishim kerak. Shundagina barcha dasturlari o‘zbek tilida bo‘lgan yangi mukammal operatsion tizim paydo bo‘ladi. ("Ubuntu" uchun LibreOffice, "Totem" videopleyeri, "Pdf o‘qigich" dasturi, "File roller" arxiv dasturi, "Gwibber" ijtimoiy tarmoqlarni o‘quvchi mijoz dasturi, "Mozilla Firefox" brauzeri, "Bleachbeat" tizimni keraksiz fayllardan tozalash dasturi kabi ko‘plab dasturlari o‘zbek tilida).
 

"Mozilla Firefox"ning barqaror versiyasi

 https://www.mozilla.org/en-US/firefox/all/

"Firefox Beta" versiyasi

https://www.mozilla.org/en-US/firefox/beta/all/

"Firefox Aurora" versiyasi uchun link bermadim. Chunki u faqat boshlang‘ich sinov uchun.

Ha, aytgancha, o‘rnatish jarayonidagi barcha "okina" "single qoute"ga (Hamza Foziljonovning taklifiga binoan) almashtirildi. Brauzerdagi ba’zi xato va kamchiliklar to‘g‘rilandi. Hozir 100% kamchiliklardan holi deya olmayman-u, lekin tarjimalar sifatini oshirishda davom etaman.
Shuningdek, brauzerning tarimasiga ozroq bo‘lsa-da boshqalardan ko‘ra ko‘proq o‘z hissasini qo‘shgan Ruslan Rustamov, Umidjon Almasovlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.



Tuesday, March 3, 2015

"Android uchun Firefox"ning 37-beta versiyasiga o‘zbek tili qo‘shildi

Mozilla veb sahifasida bugun "Android uchun Firefox"ning 37-Beta versiyasiga o‘zbek tili qo‘shilganligini o‘qib qoldim.

Bu men uchun ushbu oyda 2-xushxabar bo‘ldi.  Yaqinda "Mozilla Firefox"ning kompyuter versiyasi e’lon qilinganligini sahifamda aytib o‘tgandim. "Mozilla Firefox" xodimlari menga 37-versiyaga yoki 38-versiyaga o‘zbek tilini qo‘shish mumkinligini tanlashimni aytishgandi. Men 37-versiyaga qo‘shishlarini so‘ragandim va ularning shartlariga rozi bo‘lgandim. Mana, Allohga shukur, Beta versiyaga qo‘shilibdi. Yaqinda "Android uchun Firefox Aurora" versiyasini ko‘rib chiqqandim. Anchagina xatolarini to‘g‘rilagandim, lekin Beta versiyasi bilan ham yaxshilab tanishib chiqishim kerak. Hozircha telefonimga o‘rnatishga ulgurmadim. Ucell’ning tungi traffigidan foydalanib, tekinga o‘rnatib olmoqchiman. Ha, aytgancha "Firefox"ning ushbu versiyasiga "O‘qish usuli" qo‘shilgan. Ya’ni birota sahifani o‘qimoqchi bo‘lsangiz, lekin shoshib turgan bo‘lsangiz, keyinroq o‘qish uchun "O‘qish ro‘yxati"ga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin, Keyinroq uni xohlagan vaqtingizda internetga ulanmasdan ham o‘qib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.
Qisqasi, hozircha sinab ko‘rmadim. Keyinroq yuklab olsam, ekran rasmlarini sizlar bilan baham ko‘raman, xudo xohlasa.