Ilgari ham bir muncha vaqt shu antivirusdan foydalanganman, lekin keyinchalik boshqalarini afzal ko‘rgandim. Ushbu antivirusning bizga eng kerakli tarafi, bepul versiyasining mavjud ekanligida. Har bir antivirus ijodkorlari o‘sha antivirusni reklama qilishga harakat qilishadi. "Kasperskiy" va "Nod 32" antiviruslarida 30 kunlik muddatda bepul o‘rnatib ko‘rish imkoniyati mavjud. "Avast"da esa, bu muddat 1 yilgacha edi. Ro‘yxatdan o‘tishda e-pochtangizni kiritasiz, ular esa sizga kerakli kalitni jo‘natadi. Qisqasi men hozirda "Avast"dan foydalanib turibman. Muammo bo‘lganicha yo‘q. Faqat sotib olishga undaydigan reklamalari chiqib turadi xolos.
Bu saytga kirib, "Skachat besplatno"ga bosasiz.
Faylni yuklab olganingizdan so‘ng, uni ishga tushirasiz. Endi esa quyidagicha oyna paydo bo‘ladi:
"Zapustit"ga bosasiz. Yuklash jarayoni haqidaga tasvir chiqadi.
Endi esa quyidagicha oyna chiqadi:
Bu yerdan "Obichnaya ustanovka"ni tanlasangiz ham bo‘ladi. "Viborochnaya ustanovka" tajribali foydalanuvchilarga tavsiya qilinadi.
Bu yerdan "Prodoljit"ni tanlaysiz.
Endi esa yuklab olinishini kutib turasiz. So‘nggi paytlarda ko‘pchilik dasturlar to‘liq o‘rnatib olish paketini taklif qilmayapti. O‘rnatish faylining kichik hajmdagi internetdan yuklab olishga yordam beruvchi qismini yuklab olish mumkin. Qolgan qismini o‘sha "installer" bilan internetdan yuklab olish mumkin.
O‘rnatilish jarayonida reklama tomosha qilib o‘tirsangiz bo‘ladi. Mana menda o‘rnatish tugaganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. Endi "Gotova"ni bossak ham bo‘ladi:
Endi dastur ishga tushadi.
"Nachat rabota"ni bosak, tekshirish jarayoni boshlanib ketadi:
Kompyuterimdan xavf topdi.
Endi dasturimizni ro‘yxatdan o‘tkazamiz. Buning uchun facebookdagi hisobimizdan foydalansak ham bo‘ladi yoki yangidan e-pochtamizni kiritib ro‘yxatdan o‘tishimiz ham mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tugagandan so‘ng, quyidagicha oyna paydo bo‘ldi
Ishlaringizga omad! Agar muammo yoki savollar tug‘ilsa bemalol izoh qoldirishingiz mumkin.
No comments:
Post a Comment