Wednesday, December 27, 2006

"Kget" mi yoki "Wget"?

Linux bilan ishlaydigan kishilarning ko'pchiligi internetga ulanmagan bo'lsa, juda yomon ahvolga tushib qolsa kerak, chunki "tekin" bo'gani uchun juda tez yangilanishlar berib turarkan (yangilanishlar ham tekin).
Shuning uchun linuxchining ko'pgina vaqti internetga sarf bo'lsa kerak deb o'ylayman.
Mana bir necha haftadirdi, "Debian" cd iso tasvirlarini olish bilan ovoraman. Bu olish jarayoni haqida qisqacha to'xtalib o'tsam.

Birinhci marta ko'chirib olishda "Kget"dan foydalangandim, lekin u 2 gb dan ko'p ololmaskan. Debianning 4.4 gb lik DVD obrazi 2 gb dan so'ng 0 dan boshlandi. Rosa a'lam qildi. So'ngra www.linuxcenter.uz
da "wget" dan foydalanishni maslahat berishdi. Chunki "Kget" 2 gb dan ortiq fayllar bilan ishlay olmaskan.
Ende men Dvd emas, balki CD tasvirlarni ko'chirib olishga qaror qildim, lekin "wget" dan foydalanishni boshladim. Juda ham qulay. Buning uchun kerakli ko'chirib oliinish kerak bo'lgan linkdan nusxa olinadi. So'ngra "konsole" ga

wget -c url

shaklida yoziladi va inter bosiladi. Hammasi keyin davom etaveradi, agar aloqa uzilgudek bo'lsa, "wget" ham ishni to'xtatib turadi. Hammasi yaxshi edi, lekin cd tasvirlarni ko'chirib olganimdan so'ng yana muammo paydo bo'ldi. Endi olingan tasvirlarni ba'zilari "xato" chiqa boshladi. Mehnatimga va bir necha disklarga kuydim.
Oxiri izlay-izlay olingan tasvirlarni diskka yozishdan oldin tekshirish keraklini topdim. Buning uchun md5sum dan foydalanish kerak ekan.
"konsole" ga

md5sum "fayl nomi"
yozilarkan. Agarda sizda "md5sum" o'rnatilmagan bo'lsa,

apt-get install md5sum

kommandasi bilan "Debian" da o'rnatasiz.
Shundan so'ng chiqqan raqamlar bilan osha obraz olingan saytdagi "md5sum" raqamini tekshirib ko'rish kerak,. Agar farq qilsa, demak xato! Ko'chirib olishda bunaqa xato "wget"da uchrarkan. Shuning uchun endi "Kget"dan foydalanayapman. Kimga qaysi qulay?
"Debian" saytida

curl -c link

shaklida yozishni ham taklif qilishdi, lekin menda bu ishlamadi. Shunaqa gaplar...

No comments: