Xulosani o'zingiz chiqaring:
Ushbu blogda open source, linux va turli dasturlar hamda ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish haqida maqolalar berib boriladi.
Sunday, June 10, 2012
Wednesday, June 6, 2012
Tarmoqdagi "Ubuntu"dan XP`dagi printerga chop qilish
Sarlavhadan ham tushungan boʻlsangiz kerak, server Windows XP tizimida ishlaydi. Unga printer oʻrnatilgan. Tarmoqda "Ubuntu" oʻrnatilgan kompyuterlar ham bor. Oʻsha linux oʻrnatilgan tizimdan serverdagi printerga chop qilish kerak. Buning uchun "Ubuntu" oʻrnatilgan kompyuterda oʻsha printerning linux uchun drayveri oʻrnatilgan boʻlishi kerak. "Canon mf 4010" printerining drayverini oʻrnatish haqida oldinroq ma`lumot berilgan. Qisqasi, ekranning oʻng tomonidagi eng yuqori burchakdagi nishonchaning ustiga sichqoncha koʻrsatkishini olib kelib bir marta bosamiz. U yerdan "Printerlar" ("Printers")bandini tanlaymiz.
Natijada, quyidagi koʻrinishdagi oyna ochiladi:
U yerdan "Qoʻshish" ("Add")tugmasini bosamiz. Yangi ochilgan oynadan "Tarmoq printeri" ("Network Printer")ni kengaytiramiz va u yerdan "SAMBA orqali Windows printeri" ("Windows Printer via SAMBA")ni tanlaymiz. U yerdan "Koʻrish" ("Browse") tugmasini bosamiz yoki boʻlishilgan printerning manzilini qoʻlda yozamiz. "Toʻgʻrilash" ("Verify") tugmasini bosing. Keyin esa, talab qilsa, Windows foydalanuvchisi va maxfiy soʻzini kiritamiz. "Navbatdagi" ("Forward") tugmasini bosamiz. Mos printer drayverini tanlang va oʻzgarishlarni "Qoʻllash" ("Apply")ni bosamiz. Natijada, sinov sahifasini chop qilishni, yaʻni qogʻozga chop qilishni sinab koʻrishni taklif qiluvchi oyna paydo boʻladi:
Agar rostdan printer ishlayotganini sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz, "Tekshirish uchun chop qilish" ("Print Test Page") tugmasini bosib, sinab koʻrishingiz mumkin.
Men tarmoqdagi 2 ta printerni ham oʻrnatib oldim. Hammasi muvaffaqiyatli amalga oshdi. Agar sizda birorta muammo boʻlsa, bemalol fikringizni yozishingiz mumkin.

Sunday, May 27, 2012
Stiv Jobs muvaffaqiyatining 12 sirli qoidasi
Stiv Jobs - hozirgi kunda dunyoning eng kuchli ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan birining asoschisi. Uning muvaffaqiyatlari afsonaga aylandi. U asrab olingan bola, oʻsmirligida kollejda 6 oy oʻqigandan soʻng, uni tashlab ketgan, shunday boʻlsada doʻstlarining yotoqxonasida polda yotib yurgan, qornini toʻydirish uchun "Coca-Cola"dan boʻshagan idishlarni 5 sent evaziga yigʻib sotgan insondir. Bu inson - "Apple" va "Pixar" animatsiya studiyasini tuzgan. Quyida uning 12 muvaffaqiyatga erishish qoidasi keltirilgan:
1. Sevimli ishing bilan shugʻullan. Haqqoniy harakat qil. Haqiqiy buyuk ishlar qilishning yagona yoʻli, bu - sevimli ish bilan shugʻullanish.
2. Boshqacha boʻl. Boshqacha oʻyla. Harbiy matros boʻlgandan koʻra, qaroqchi boʻlgan afzal.
3. Qodir boʻlganingdan koʻra yaxshiroq qil. Har qanday ishda imkoningdagidek muvaffaqiyatga erishishing mumkin. Uxlama! Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlan! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishla!
4. SWOT-tashxis oʻtkaz. Yangi kompaniyang paydo boʻlsa, oddiy qogʻozga uning kuchli va kuchsiz taraflarini yozib chiq. Kompaniyadan chirigan olmalarni chiqarib tashlashdan qoʻrqma.
5. Qarorlarni tezda qabul qil. Har safar yangi katta maqsadlarga intil. Tez va hal qiluvchi harakatlarni talab qiluvchi gʻoyalar yigʻindisini top va ushbu oynaga sakra. Eng qiyini - birinchi qadamni tashlash. Sunchaki birinchi qadamni tashla. Hissiyotlaring va yuragingni shunga majbur qil.
6. Kichigidan boshla, lekin kattasi haqida orzu qil. Bir vaqtda koʻpgina ishlar bilan shugʻullanma. Boshida oddiy koʻp boʻlmagan ishlar bilan shugʻullan. Bosqichma-bosqich qiyinlariga oʻtib bor. Doimo kelajak haqida oʻyla.
7. Bozorda lider boʻlishga harakat qil. Foydalanmasang ham, oldingda doimo eng soʻngi texnologiyalar tursin va nazorating ostida boʻlsin. Agar eng soʻngi versiyadagi texnologiya boʻlsa ham, hech kim foydalanmasa ham, undan foydalan. Standart ishlab chiqarishda ushbu texnologiyalardan birinchi boʻlib foydalan.
8. Natijalarga erishishga diqqatingni qarat, chunki koʻpgina odamlar sening ishingning natijasiga qarab baho berishadi. Sifat namunasi boʻl. Bir qancha odamlar ish borish jarayonini koʻrishni xohlashmaydi, balki ishchilardan natijani kutishadi. Shuning uchun raqobatbardosh yutuqlaringni reklama qil. Koʻpchilik inson bu xususiyatlarni bilmasa, mahsulotingni sotib olmaydi. Asosiy diqqatingni dizaynga qarat.
9. Har xil manbalar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatishga harakat qil. Har bir inson senga nimadir foydali narsani aytishi mumkin. Birinchi navbatda, kim sening mahsulotingdan foydalansa, oʻshaning fikrini eshit.
10.Yangilik kirit. Aynan liderlar tashabbuskorligi bilan boshqalardan farq qilishadi. 50% vaqtingi yangi narsalar qilishga sarfla, qolgan 50% ni boshqa rahbarlar uchun qoldir. Vaqtingni koʻp sarflab qoʻymaslik uchun minglab goʻyalarga "yoʻq" deyishni oʻrgan. Haqiqiy muhim gʻoyalarga diqqatingni qarat. Bu dunyoda yaxshi narsalarni yaratishga harakat qiluvchi insonlarni ishga ol. Innovatsion mahsulotlar yaratishga asoslangan korporativ madaniyatni hosil qil. Koʻpgina kompaniyalarda koʻplab ajoyib injenerlar va aqlli odamlar ishlashadi, lekin ularni birlashtiruvchi kuch kerak boʻladi.
11. Xatolaringdan saboq chiqar. Baʻzida yangilik kiritib, xato qilasan. Eng yaxshisi, xatolaringni tan ol. Agar ushbu yangiliging boshi berk koʻchaga borib qolsa, kuchingni boshqa innovatsiyalarni yaxshilashga yoʻnaltir.
12.Muntazam oʻrgan. Har doim bilish kerak boʻlgan yana "bir narsa" boʻladi. Kompaniyangdan tashqaridagi boshqa odamlar bilan gʻoyalaring bilan fikrlashib tur. Xaridorlaring, raqobatchilaring va hamkorlaringdan oʻrgan. Agar hamkoring odamlar boʻlsa, ularni yomon koʻrsang, yaxshi koʻrishni oʻrgan. Ularni maqta va bundan foyda chiqar. Dushmanlaringni ochiq, ammo halol tanqid qilishni oʻrgan.
Usbhu maqolani bir necha manbalardan tarjima qildim. Rus tilidagi manbalar tarjimalari har xil. Baribir, asosiy ingliz tilidagi manba yaxshi ekan.
Men oʻzbek tilida sodda va tushunarli boʻlishiga harakat qildim. Tarjimon: Akmal Xushvaqov.
Sunday, May 13, 2012
"Blender" haqida ("Blender basics" kitobidan)
Ushbu tarjimalarni bundan bir necha yillar oldin boshlagandim, lekin davom ettira olmagandim (koʻpincha boshlagan ishlarimni oxirigacha yetkaza olmayman). Endi esa "Blender basics" kitobining yangi 4-nashri ham chiqishga ulguribdi. Shunday boʻlsa ham boshlangʻich ma`lumotlar hech kimga zarar qilmaydi deb oʻylayman. Agar qiziqsam (bu sizning iltimoslaringizga ham bogʻliq), qolgan tarjimalarni yangi "Blender basics" kitobining 4-nashridan davom ettiraman.
Kirish
Муаллиф:
James Chronister
Ingliz
tilidan rus tiliga tarjima qiluvchi: Yuliya
Korbut aka Balista
oʻzbek
tiliga tarjima qiluvchi tarjimon: Akmal
Xushvaqov
Blender
haqida
Blenderni
qanday qilib erkin tarqatish mumkin?
Odamlarda,
odatda, tekin dasturiy ta’minot deganda “yomon”, “cheklangan
funksiyali” yoki “demo versiya” degan tasavvur paydo boʻlgan.
Lekin Blender toʻliq funksiyali dastur hisoblanadi. U “open-source”
(Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot) dasturchilari jamiyati
tomonidan rivojlantirib boriladi. “Open-source” dasturchilari
jamiyati deganda Blenderni rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshib
borayotgan butun dunyodagi odamlar nazarda tutiladi. Blender
renderlash, animatsiya va oʻyin tuzish dasturidir. Shuningdek u
Blender Foundation tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va tekin
tarqatiladigan erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot hamdir. Siz
Blenderni bemalol tekin www.blender.org
saytidan koʻchirib olishingiz mumkin.
Fondni
tuzish maqsadi quyidagicha shakllantirilgan:
“Blender
foundation – mustaqil notijorat (nonprofit public benefit
corporation) tashkiloti hisoblanib, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga
qoʻygan:
- Blenderni ochiq kodi uchun 100,000 yevro miqdorida toʻlanishi kerak boʻlgan litsenzion toʻlovlarni yigʻish boʻyicha tuzilgan kompaniyadir.
- Butun dunyodagi internet-jamiyatga Blenderni texnik asoslarini oʻrganishga, 3D-texnologiyani rivojlantirishga imkon berish maqsadida tuzilgan.
- Blenderning dasturchilari va faol foydalanuvchilari uchun xizmat koʻrsatish.
- Hammabop tizimni ochiq kodlari bilan GNU GPL litseyziyasi ostida yaxshilash va qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan.
- Kirim tizimini uyushtirish yoki fond maqsadlariga xizmat qiluvchi yordamlar toʻplash va fond ishlarini uyushtirish uchun ketadigan xarajatlarni qoplash uchun.
Blenderning
web sayti: www.blender.org
Agar
siz
blenderning
koʻp
sonli
hamma
xususiyatlarini
oʻzlashtirishga
harakat
qilsangiz,
u
yetarlicha
qiyin
dastur
boʻlib
tuyulishi
mumkin.
Ushbu
kitob
siz
obyekt,
sahna
va
animatsiya
tuzishning
asosiy
metodlarini
oʻzlashtirishingiz
uchun
tuzilgan.
Ushbu
dasturni
oʻrganishda,
mening
sizga
beradigan
eng
yaxshi
maslahatim
shuki,
hech
qachon
oʻrganishni
tashlab
qoʻymang.
Har qanday renderlash va animatsiya tuzish
dasturlarini oʻrganish qiyin jarayondir. Blender ham ushbu holdan
chetda emas. oʻrganishning bir necha haftasidan soʻng koʻpgina
narsalar sizga oson tuyula boshlaydi. Ushbu oʻquv qoʻllanmasi har
kuni mashqlar bajarib oʻrganishga asoslangan. Shuning uchun
dasturning hamma xususiyatlari toʻliq yoritib berilmagan. Agar siz
ushbu kitobdan mustaqil oʻrganish uchun yoki bilimlaringizni
rivojlantirish uchun foydalansangiz, siz qoʻshimcha ma’lumotlarni
b3d.mezon.ru, blender3d.org.ua, va blender.org kabi saytlardan
olishingiz mumkin (u yerda ma’lumotlar rus va ingliz tillarida).
Ushbu saytlardan siz bir qancha savollarga javob topishingiz mumkin
boʻlgan forum va qoʻllanmalar uchratasiz. Blenderning minglab yer
yuzidagi foydalanuvchilari maslahatlar berish va olish uchun ushbu
forumlarni kuzatib borishadi. Keng bilimlar omboridan foydalaning!
Versiyasi
haqida ma’lumot
Ushbu
kitobni nashr qilish vaqtidagi Blenderning versiyasi 2.49. Blender
butun dunyodagi boʻsh vaqtlarini dasturni rivojlantirishga oʻz
hissalarini qoʻshayotgan insonlar kuchi bilan rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun yangi versiyasi 4 oydan soʻng yoki bir yildan soʻng
paydo boʻlishi mumkin. Blenderning rivojiga oʻz hissasini
qoʻshayotgan koʻp miqdordagi odamlarga oʻz minnatdorchiligimizni
bildiramiz. Yangi oʻzgarishlar dasurning yangi versiyalarida paydo
boʻladi va ushbu dastur doimiy rivojlanib boradi.
Renderlash
va animatsiya tuzishning asosiy tushunchalari
Renderlash
Render 3d obyektni yoki sahnani grafik koʻrinishi
hisoblanadi. Materiallar kabi ushbu xususiyatni yorugʻlik, soya
effektlari va render sifatini boshqaradi. Qancha koʻp ushbu
elementlardan qoʻshsangiz, shuncha sizning sahnangiz haqqoniy
chiqadi, lekin tasvir tuzish vaqtingiz ham koʻpayib boradi.
Materiallar
va tekstura
Siz
rang yoki tekstura tanlash yoʻli bilan obyekning tashqi koʻrinishini
boshqarishingiz mumkin. Materialar obyektga har xil effektlar
yordamida haqqoniylik beradi. Siz tovlanish (specularity)ni,
yorugʻlik nuri xususiyatini, shaffoflikni, shuningdek, materialning
koʻrinishini qaytarilishini boshqarishingiz mumkin. Nur tushishi
(Raytracing) aks etish (mirror)va (refraction) effektlarini olish
xususiyatini beradi. Tekstura sifatida har qanday skaner qilingan
rasmdan yoki har qanday rasm tahrir qilish imkoniyati boʻlgan
dasturda chizilgan rasmdan foydalanish mumkin. Har qanday formatdagi
(.jpg, .bitmap, .png) rasmdan tekstura sifatida foydalansa boʻladi.
Shuningdek, blender koʻp miqdordagi ichki tekstura generatorga ega.
Ushbu tekstura generatorlari har xil yuqori xususiyatlarni hosil
qiladi. Masalan, yogʻoch (wood), marmar (marble), bulutlar (clouds),
toʻlqinlar (waves) kabi.
Yoritish
Lampalar
(chiroqlar) sizning sahnangizga har xil tipdagi aks va soyalar
yordamida haqqoniylik qoʻshadi. Siz tipni boshqarish, intensivlik,
shuningdek yorugʻlikning taralishini boshqarishingiz mumkin. Bir
qancha lampalar tuman yoki chang kabi yoritish asosida burgut
(oreol) effektini hosil qiladi. Yoki katta hajmda yoritish ham
mumkin. Shuningdek, siz ilyuminatsiya masofasini moslashingiz ham
mumkin.
Kameralar
Kamera
– bu sahnangizni kuzatish nuqtasidir. Siz uni haqiqiy kamersa
sifatida foydalana olasiz: obyetkni katta planda yoki keng burchak
ostida koʻrish uchun obyektivning uzoqligini boshqarish ham mumkin.
Kamerani koʻrsatish maydonini moslash ham mumkin. Maydon
chuqurligi (depth-of-field) ham nodlar yordamida boshqariladi.
Animatsiya
Animatsiya
– videoqator sifatida shakllangan, renderlangan rasmlar seriyasi.
Sizning filmingiz sifatiga yuqorida keltirilgan sabablar, 1
sekunddagi kadrlar chastotasi (fps), rasm hajmi, fayl tipi va
siqilish kabilar ta’sir qiladi. Animatsiyaning ancha koʻp
tarqalgan usulu keyframing
(kalit kadrlar) hisoblanadi. Kalit kadrlar animatsiyaning har xil
holatlarida tuziladi, keyin esa kompyuterning oʻzi bu kalitlar
orasidagi qolgan barcha oʻtuvchi kadrlarni bajaradi.Animatsiyaning
asosiy variantlari hajmni oʻzgartirish, siljish va obyektlarning
harakati hisoblanadi.
Vaqt
omillari
Animatsiyani
qilishdan oldin animatsiyangizning kadrlarda uzunligini oʻlchasingiz
kerak. Shuningdek, 1 sekunddagi kadrlar sonini (fps) ham. Animatsiya
uzunligini quyidagi qiymatlar boʻyicha hisoblash mumkin:
Kadrlar
chastotasi (fps) turlari:
NTSC
– AQSH va Yaponiya video standarti: 30 fps.
Film
– Kino standart: 24 fps.
Pal
– Yevropa video standarti; 25 fps.
Custom
(boshqa) – Sizning shaxsiy fps ni tanlashingiz.
Biz animatsiyani DVDga oʻtkazishni xohlasak,
kompyuterning tezligiga qarab, odatda, 25-30 fps kadrlar
chastotasidan foydalanamiz. 25-30 fps kadrlar tizimidan foydalanish
uchun PAL yoki NTSC tugmalariga bosing.
Animatsiyaning
kalit kadrlarini tuzish
Kalit kadrlar siz xohlagan harakat, siljish yoki obyekt
hajmi oʻzgarishnig boshiga va oxiriga oʻrnatiladi. Bir sekunddagi
kadrlar soniga mos holda sizning obyetkingiz qancha tezlik bilan
harakat qilishi (hajmning oʻzgarishi, siljish)ni oʻylab koʻring.
Masalan: agar siz obyektni A punktdan B punktga 2 sekundda harakat
qilishini xohlasangiz va kadrlar chastotasi aniq 30 fps boʻlsa, 2
kalit kadrni 60 kadr kengligidagi masofaga oʻrnating.
Obyektning harakati boʻyicha
yoʻlidan kuzatish
Koʻpgina animatsiya dasturlarida harakat vaqtida kamera
aniqlangan yoʻl boy’icha yoki obyektni orqasidan (yoki boshqacha)
kuzatishi mumkin. Bu xususiyat animatsiya tuzish va kerakli kalit
kadrlar miqdorini vaqtini juda ham qisqartiradi.
Chiqish opsiyalari
Biz odatda Windows uchun videolarimizni MPEG formatda
saqlaymiz. Ushbu formatda tasvirlarni yuqori sifatda saqash
imkoniyati bilan birga uni koʻpgina mediya pleyerlar koʻrsata
oladi. Siz videoningizni qanday maqsadda foydalanishignizga qarab
(masalan, internetga joylashtirish uchun, DVD ga yozish uchun,
taqdimot yaratish uchun) boshqa formatlarni tanlashingiz mumkin. Har
xil formatlar har xil parametrdagi sifatlarni boshqarish imkoniyatini
beradi. Masalan, AVI formati kodeklar (codecs) deb nomlanuvchi har
xil kompressor (siquvchi)lar yordamida siqish imkoniyatini beradi.
Real vaqt animatsiyasi (Faqat
Blender uchun):
Real
vaqt animatsiyasi obyektingizga uni boshqarish uchun fizik xossalar,
shuningdek, klaviaturadan foydalanaish va boshqa uskunalarni qoʻshish
imkoniyatini beradi. Siz harakatlanuvchi shaxs (aktor), massa
(mass)ni oʻzgartirish, (friction)ni boshqarish, kuchni moslash,
x,y,z kengliklarga siljitish, sahnadagi boshqa obyektlar bilan
aloqalarni tuzish mumkin. Vaqti bilan, qiziqarli uch oʻlchamli
oʻyinlar va me’moriy qurilishlarda real vaqtda aylanish
imkoniyatlari paydo boʻladi.
Endi
siz Blenderning fizik dvijogi orqali haqqoniy tushish, siljish va
boshqa haqqoniy animatsiyalarni roligingizda foydalanishingiz mumkin.
Wednesday, May 9, 2012
Ubuntu 12.04 LTSni oʻrnatish
Quyidagi qoʻllanma foydalanuvchilarga Ubuntu 12.04 LTS (Precise Pangolin) operatsion tizimini oʻrnatish haqida ma`lumot beriladi.
«Ubuntu 12.04 LTS Precise Pangolin» nomi bilan nomlanib, 2012-yil 26-aprel kuni Ubuntu operatsion tizimining 16-relizi sifatida e`lon qilindi. Biz quyidagi qoʻllanmani linux olamiga yangi kirib kelayotganlar va ilgaridan foydalanib keluvchilar uchun foydali boʻladi degan umidda yaratdik. Shuningdek, ushbu maqola Ubuntu haqida eshitgan, ammo oʻrnatib koʻrmagan va sinab koʻrish niyatida yurganlar uchun ham foydali tegishi mumkin.
Ushbu qoʻllanmada oʻrnatish jarayoni juda oddiy qilib tushuntirilgan, agarda oʻrnatish jarayonida biron bir muammo paydo boʻlsa, sharh qoldirishingiz mumkin.
Talablar:
Sizga Ubuntu 12.04 LTS Desktop ISO tasviri kerak boʻladi. Qurilmangiz tuzilishiga koʻra i386 yoki amd64 bitlik turini tanlab, Ubuntuning saytidan yuklab olishingiz kerak.Yuklab olish tugagandan soʻng uni CD/DVD disklarga yozish dasturlari (masalan, Nero) bilan toza diskka yozshingiz kerak.
Diskni CD/DVD-ROM qurilmangizda qoldiring yoki chiqarib, qaytadan kiriting hamda kompyuteringizni oʻchirib-yoqing. Kompyuter oʻchib, yonish vaqtida F8, F11 yoki F12 tugmasini (bu BIOSingizga bogʻliq) bosish bilan CD/DVD-ROMdan yuklash buyrugʻini tanlang.
CD`ni yuklanishini kutib turing...
Bir necha daqiqalardan soʻng siz oʻrnatish ustasini koʻrasiz. Tilingizni tanlang va davom etish uchun «Install Ubuntu» («Ubuntu»ni oʻrnatish)ni tanlaysiz (Ushbu qoʻllanmada ingliz tili tanlangan, chunki hozirgacha oʻzbek tili oʻrnatish jarayoniga qoʻshilmagan).
Preparing to install Ubuntu (Ubuntu oʻrnatishga tayyorlanmoqda)
Roʻyxatda keltirilgan hamma talablarga kompyuteringiz javob berishiga ishonch hosil qiling. Xohishingizga koʻra, oʻrnatish jarayonida yangilanishlarni oʻrnatishingiz yoki mp3ga oʻxshagan uchinchi qism dasturlarni oʻrnatishni tanlashingiz mumkin, lekin bunday holatda oʻrnatish jarayoni juda uzoq vaqt davom etadi!
Allocate drive space (Disk hajmini belgilash)
Ushbu ekranda turli usullardan birini tanlashingiz mumkin.
1. Install Ubuntu 12.04 LTS alongside (other operating systems). (Ubuntu 12.04 LTSni boshqa tizim bilan birgalikda oʻrnatish). Agar kompyuteringizda Windows XPga oʻxshagan boshqa operatsion tizim mavjud boʻlsa, ushbu bandni tanlang. Kompyuter ishga tushayotganda sizdan qaysi operatsion tizimni tanlashingizni soʻraydi va xohlangizni tanlashingiz mumkin, lekin oʻratish jarayoni tugagandan soʻng Windows tizim yuklagichi Ubuntu yuklagichi tomonidan qayta yoziladi.
2. Upgrade Ubuntu x.x to 12.04 LTS. (Ubuntu x.x ni 12.04 LTSga yangilash). Agar kompyuteringizda Ubuntu operatsion tizimining boshqa oldingi versiyalari mavjud boʻlsa (masalan, Ubuntu 11.10), ushbu versiyani yangi Ubuntu 12.04 LTSga yangilaydi. Shaxsiy fayllaringiz saqlanib qoladi, ammo koʻpgina paketlarni qaytadan oʻrnatisga toʻgʻri keladi. Umumiy tizim moslamalari oʻchiriladi!
3. Erase and use the entire disk (Erase Ubuntu x.x and reinstall). (Burun diskni oʻchirish va undan foydalanish (Ubuntu x.x`ni oʻchirish va qaytadan oʻrnatish )). Bu xususiyatdan mavjud operatsion tizimingizni oʻchirmoqchi boʻlsangiz yoki qattiq disk allaqachon boʻsh boʻlsa hamda qattiq diskka avtomatik qism hosil qilib, avtomatik oʻrnatish uchun foydalaning. Ushbu tanlov kompyuterida faqat bitta tizim boʻlishini xohlovchi barcha foydalanuvchilar uchun tavsiya qilinadi.
Saturday, April 21, 2012
"Ubuntu"ning yutuqlari
Men, "notebook"imda, asosan, "Ubuntu 11.10"dan foydalanaman. Ba`zi vaqtlardagina undagi "Windows 7"dan foydalanishga majbur boʻlaman.
Qisqasi, asosiy vaqtim linuxda oʻtadi. Bunga quyidagi yutuqli taraflari sabab:
1. Ubuntu tez ishlaydi. Dars vaqtida oʻquvchilarga birorta video yoki rasmni koʻrsatish uchun yoqish va oʻchirish juda tez amalga oshadi. Undan tashqari tizimning oʻzbek tilida ekanligi ham baʻzida bolalarning diqqatini oʻziga jalb qiladi.
2. Ubuntu - oʻzbek tilida. Hozirda ushbu tizim oʻzbek kirill alifbosida tarjima qilinmoqda. Sal keyinroq lotin alifbosida ham paydo boʻladi. Baʻzi tarjimalarda kirill va lotin alifbosi aralashgan deb oʻylashingiz mumkin. Bu xatolar hozirgi kunda tuzatilgan. Faqat tizimning birinchi tiliga "uz@cyrillic" va ikkinchisiga "uz" qoʻygan boʻlsangiz, u kirill alifbosidagi tarjimalarni koʻrsatadi. Agar kirill alifbosida tarjimalar boʻlmasa, ikkinchi til "uz"dagi lotin alifbosidagi tarjimalarni koʻrsatadi. U yerda ham tarjima boʻlmasa, uchinchi koʻrsatilgan tildagi tarjimalarni koʻrsatadi.
Siz "Windows"ning ham oʻzbek tilidagi varianti bor deyishingiz mumin, lekin uning oʻzbek tilidagi varianti oʻta savodsizlik bilan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Men bunday tizimdan, ona tilimni ustidan kulingan tarjimalardan foydalanishni xohlamayman.
3. Ubuntu - erkin va ochiq kodli dasturiy ta`minot. Bu xususiyati ham menda tekin operatsion tizimdan foydalanayotganligim va uning rivojiga hissa qoʻshayotganligim uchun faxr tuygʻusini uygʻotadi.
4. Ubuntu kirill alifbosidagi matnlarning imlosini tekshiradi. Ba`zida kirill alifbosidagi matnlarni yozishga toʻgʻri keladi. Ana shunday vaqtda menga imlo xatolarini koʻrsatishi juda yordam beradi. Toʻgʻri, gaplarni bir-biriga bogʻlanishini, sintaktik xatolarni koʻrsata olmaydi, lekin soʻzlarning yozilishidagi xatolarni koʻrsatgani ham ancha yordam beradi. Savodli insonlar kompyuterda bexato yozishi mumkin, lekin har qanday inson ham baʻzida texnik xatolarni bilmasdan qilib qoʻyishi mumkin. Ana shunday holatda, Ubuntu sizga xatolaringizni koʻrsatadi.
5. "Windows" viruslari linuxda ishlamaydi. "Windows" operatsion tizimida viruslar joningizga tegib ketadi. Ubuntuʻda esa u viruslar zarar yetkaza olmaydi, chunki fayl tizimi boshqa. Bundan tashqari tez-tez yangilanishlar chiqib turadi. Linux yadrosi tez-tez oʻzgaradi. Eski yadroda ishlagan viruslar yangisida ishlay olmay qoladi. Baribir, 100% viruslar yoʻq deb aytib boʻlmaydi. Shu sababli, tizim xavfsizligini yanada kuchaytirmoqchi boʻlsangiz, "ClamTK" , "Avast" va "Avira" kabi antiviruslarni ishlatib koʻrish mumkin.
6. Ubuntuʻning kodlarini oʻzgartirish va oʻzingizga moslashingiz mumkin. Bu xususiyat oddiy foydalanuvchilar uchun qiyinroq boʻlishi mumkin, lekin nima boʻlganda ham tizimni oʻzingizga xohlaganingizdek moslashingiz mumkin boʻladi. Xohlasangiz, oddiy kompyuteringizni server sifatida ham moslay olasiz. Xohlasangiz, dasturlarni oʻzgtira olasiz. Men "squid" proksisi orqali tarmoqdagi barcha kompyuterlarga porno saytlarga kirishni taqiqlab qoʻygandim. Hatto xohlagan kompyuteringiz uchun belgilangan miqdorda traffik va cheklov oʻrnata olasiz. Xohlasangiz, tizim yuklanishini oʻzgartirishingiz mumkin. Qisqasi, kallangizga kelgan gʻoyalarni amalga oshira olasiz. Faqat sizdan ozroq malaka, bilim va harakat talab qilinadi. Shu sababli ham linuxning koʻpgina versiyalari paydo boʻlgan.
7. Muammolarni hal qilishda linux hamjamiyati sizga yordam beradi. Agar internetni kovlashtirib koʻrsangiz, juda-juda koʻp maʻlumotlarni topasiz. Oʻzbek tilida juda kam, lekin forum.open.uz forumida sizga beminnat yordam berish, bilim va malakalarini almashish uchun kuniga ancha kishi kirishadi.
8. Windows dasturlarini linuxda ham ishlatish mumkin. Buning uchun "Wine" dasturini ishlatish tavsiya qilinadi. Agar siz "Adobe Photoshop", "Macromediya Flash" va shunga oʻxshash dasturlarni ishlatishga oʻrganib qolgan boʻlsangiz, sizga, albatta, foydasi tegadi.
9. Printerda chop qilish taqiqlangan .pdf fayllarni Ubuntuʻda bemalol chop qilish mumkin. Bu xususiyatni shaxsan oʻzim sinab koʻrganman. Internetdan turli .pdf formatdagi kitoblarni chop qilishga toʻgʻri kelsa, baʻzida "Chop qilish" funksiyasi oʻchirilgan boʻladi. Siz oʻsha faylni "Evince" hujjat koʻruvchi dasturi bilan ochib, bemalol printerdan bosib chiqarish mumkin.
10. Windows OT uchun chiqarilgan dasturlarning linux uchun tekin variantlari mavjud. Ularga xohlagancha misol keltirish mumkin. Microsof Office - Libre office, Adobe Photoshop - Gimp, Delphi - Lazarus, 3d max - Blender, Corel Draw - Inkscape va boshqalar.
Ushbu roʻyxatni yana istagancha davob ettirish mumkin, lekin har kim oʻz fikrida qolaveradi. Windows foydalanuvchilari baribir Windowsni maqtashadi. Men sizlarning fikrlaringizni oʻzgartirmoqchi emasman, shunchaki linuxning imkoniyatlari haqida maʻlumot bermoqchiman, xolos.

Tekin antivirus
Oldingi yakshanba kuni .nix tizimlari uchun bepul boʻlgan erkin va ochiq kodli "Clamtk" antivirusini oʻzbekchaga oʻgirib chiqqandim. Kecha qarasam, yangi versiyasida oʻzbekcha tarjimalar paydo boʻlibdi. Ushbu dasturning "Windows" va boshqa operatsion tizimlar uchun ham versiyalari mavjud. Xullas, quyidagi rasmlar orqali tasavvur hosil qilishingiz mumkin:
Subscribe to:
Posts (Atom)