Ushbu blogda open source, linux va turli dasturlar hamda ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish haqida maqolalar berib boriladi.
Thursday, April 24, 2014
"Mozilla Firefox" brauzeriga o‘zbekcha imlo tekshirgichni qo‘shish
Ancha vaqtlardan buyon "Mozilla Firefox" tarjimalari ustida ishlayotganimdan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak. Tarjimalar 67% ("Mozilla Firefox"ning Android uchun versiyasi 100%) atrofida, lekin ba’zi kamchiliklar uchun uni "Mozilla Firefox" tarkibiga qo‘shishmayapti. Bugun ham gaplashib ko‘rgandim. Ertaga ko‘rib chiqishlari mumkinligini aytishdi. Umid qilib qolamiz, lekin bugun men sizlarga aytmoqchi bo‘lgan narsam, bu - "Mozilla Firefox" brauzeriga o‘zbek lotin alifbosidagi so‘zlarni tekshirish funksiyasini qo‘shish haqida. Ushbu bazadagi so‘zlar 97000 dan ortiqroq. Ushbu so‘zlar Mashrab Quvatov yig‘gan so‘zlarga asoslangan, men esa ozroq so‘zlar qo‘shdim va lotin alifbosiga o‘tkazdim xolos. Qisqasi uni o‘rnatish uchun tizimingizga "Mozilla Firefox"ning 28-versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bu yerdan "Qo‘shimcha dastur"ni yuklab olishingiz kerak. Uni "Mozilla Firefox" dasturida "File" > "Open file..." bilan ochasiz va "Install"ni bosib o‘rnatasiz. So‘ngra qaytadan ishga tushirishni so‘raydi va buni amalga oshirasiz. Endi "Mozilla Firefox" imloni tekshirishni boshlaydi. Agar tekshirmas, so‘zni yozib, uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosasiz va "Check spelling"ni tanlaysiz. Shundan so‘ng yana o‘ng tarafini bosib, "Languages"dan "Uzbek"ni tanlaysiz.
Ishlashi kerak. Fikrlaringizni kutib qolaman.
Subscribe to:
Posts (Atom)