Ushbu tarjimalarni bundan bir necha yillar oldin boshlagandim, lekin davom ettira olmagandim (koʻpincha boshlagan ishlarimni oxirigacha yetkaza olmayman). Endi esa "Blender basics" kitobining yangi 4-nashri ham chiqishga ulguribdi. Shunday boʻlsa ham boshlangʻich ma`lumotlar hech kimga zarar qilmaydi deb oʻylayman. Agar qiziqsam (bu sizning iltimoslaringizga ham bogʻliq), qolgan tarjimalarni yangi "Blender basics" kitobining 4-nashridan davom ettiraman.
Kirish
Муаллиф:
James Chronister
Ingliz
tilidan rus tiliga tarjima qiluvchi: Yuliya
Korbut aka Balista
oʻzbek
tiliga tarjima qiluvchi tarjimon: Akmal
Xushvaqov
Blender
haqida
Blenderni
qanday qilib erkin tarqatish mumkin?
Odamlarda,
odatda, tekin dasturiy ta’minot deganda “yomon”, “cheklangan
funksiyali” yoki “demo versiya” degan tasavvur paydo boʻlgan.
Lekin Blender toʻliq funksiyali dastur hisoblanadi. U “open-source”
(Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot) dasturchilari jamiyati
tomonidan rivojlantirib boriladi. “Open-source” dasturchilari
jamiyati deganda Blenderni rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshib
borayotgan butun dunyodagi odamlar nazarda tutiladi. Blender
renderlash, animatsiya va oʻyin tuzish dasturidir. Shuningdek u
Blender Foundation tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va tekin
tarqatiladigan erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot hamdir. Siz
Blenderni bemalol tekin www.blender.org
saytidan koʻchirib olishingiz mumkin.
Fondni
tuzish maqsadi quyidagicha shakllantirilgan:
“Blender
foundation – mustaqil notijorat (nonprofit public benefit
corporation) tashkiloti hisoblanib, quyidagi maqsadlarni oʻz oldiga
qoʻygan:
Blenderni
ochiq kodi uchun 100,000 yevro miqdorida toʻlanishi kerak boʻlgan
litsenzion toʻlovlarni yigʻish boʻyicha tuzilgan kompaniyadir.
Butun
dunyodagi internet-jamiyatga Blenderni texnik asoslarini
oʻrganishga, 3D-texnologiyani rivojlantirishga imkon berish
maqsadida tuzilgan.
Blenderning
dasturchilari va faol foydalanuvchilari uchun xizmat koʻrsatish.
Hammabop
tizimni ochiq kodlari bilan GNU GPL litseyziyasi ostida yaxshilash
va qoʻllab-quvvatlash uchun tuzilgan.
Kirim
tizimini uyushtirish yoki fond maqsadlariga xizmat qiluvchi
yordamlar toʻplash va fond ishlarini uyushtirish uchun ketadigan
xarajatlarni qoplash uchun.
Agar
siz
blenderning
koʻp
sonli
hamma
xususiyatlarini
oʻzlashtirishga
harakat
qilsangiz,
u
yetarlicha
qiyin
dastur
boʻlib
tuyulishi
mumkin.
Ushbu
kitob
siz
obyekt,
sahna
va
animatsiya
tuzishning
asosiy
metodlarini
oʻzlashtirishingiz
uchun
tuzilgan.
Ushbu
dasturni
oʻrganishda,
mening
sizga
beradigan
eng
yaxshi
maslahatim
shuki,
hech
qachon
oʻrganishni
tashlab
qoʻymang.
Har qanday renderlash va animatsiya tuzish
dasturlarini oʻrganish qiyin jarayondir. Blender ham ushbu holdan
chetda emas. oʻrganishning bir necha haftasidan soʻng koʻpgina
narsalar sizga oson tuyula boshlaydi. Ushbu oʻquv qoʻllanmasi har
kuni mashqlar bajarib oʻrganishga asoslangan. Shuning uchun
dasturning hamma xususiyatlari toʻliq yoritib berilmagan. Agar siz
ushbu kitobdan mustaqil oʻrganish uchun yoki bilimlaringizni
rivojlantirish uchun foydalansangiz, siz qoʻshimcha ma’lumotlarni
b3d.mezon.ru, blender3d.org.ua, va blender.org kabi saytlardan
olishingiz mumkin (u yerda ma’lumotlar rus va ingliz tillarida).
Ushbu saytlardan siz bir qancha savollarga javob topishingiz mumkin
boʻlgan forum va qoʻllanmalar uchratasiz. Blenderning minglab yer
yuzidagi foydalanuvchilari maslahatlar berish va olish uchun ushbu
forumlarni kuzatib borishadi. Keng bilimlar omboridan foydalaning!
Versiyasi
haqida ma’lumot
Ushbu
kitobni nashr qilish vaqtidagi Blenderning versiyasi 2.49. Blender
butun dunyodagi boʻsh vaqtlarini dasturni rivojlantirishga oʻz
hissalarini qoʻshayotgan insonlar kuchi bilan rivojlanib bormoqda.
Shuning uchun yangi versiyasi 4 oydan soʻng yoki bir yildan soʻng
paydo boʻlishi mumkin. Blenderning rivojiga oʻz hissasini
qoʻshayotgan koʻp miqdordagi odamlarga oʻz minnatdorchiligimizni
bildiramiz. Yangi oʻzgarishlar dasurning yangi versiyalarida paydo
boʻladi va ushbu dastur doimiy rivojlanib boradi.
Renderlash
va animatsiya tuzishning asosiy tushunchalari
Renderlash
Render 3d obyektni yoki sahnani grafik koʻrinishi
hisoblanadi. Materiallar kabi ushbu xususiyatni yorugʻlik, soya
effektlari va render sifatini boshqaradi. Qancha koʻp ushbu
elementlardan qoʻshsangiz, shuncha sizning sahnangiz haqqoniy
chiqadi, lekin tasvir tuzish vaqtingiz ham koʻpayib boradi.
Materiallar
va tekstura
Siz
rang yoki tekstura tanlash yoʻli bilan obyekning tashqi koʻrinishini
boshqarishingiz mumkin. Materialar obyektga har xil effektlar
yordamida haqqoniylik beradi. Siz tovlanish (specularity)ni,
yorugʻlik nuri xususiyatini, shaffoflikni, shuningdek, materialning
koʻrinishini qaytarilishini boshqarishingiz mumkin. Nur tushishi
(Raytracing) aks etish (mirror)va (refraction) effektlarini olish
xususiyatini beradi. Tekstura sifatida har qanday skaner qilingan
rasmdan yoki har qanday rasm tahrir qilish imkoniyati boʻlgan
dasturda chizilgan rasmdan foydalanish mumkin. Har qanday formatdagi
(.jpg, .bitmap, .png) rasmdan tekstura sifatida foydalansa boʻladi.
Shuningdek, blender koʻp miqdordagi ichki tekstura generatorga ega.
Ushbu tekstura generatorlari har xil yuqori xususiyatlarni hosil
qiladi. Masalan, yogʻoch (wood), marmar (marble), bulutlar (clouds),
toʻlqinlar (waves) kabi.
Yoritish
Lampalar
(chiroqlar) sizning sahnangizga har xil tipdagi aks va soyalar
yordamida haqqoniylik qoʻshadi. Siz tipni boshqarish, intensivlik,
shuningdek yorugʻlikning taralishini boshqarishingiz mumkin. Bir
qancha lampalar tuman yoki chang kabi yoritish asosida burgut
(oreol) effektini hosil qiladi. Yoki katta hajmda yoritish ham
mumkin. Shuningdek, siz ilyuminatsiya masofasini moslashingiz ham
mumkin.
Kameralar
Kamera
– bu sahnangizni kuzatish nuqtasidir. Siz uni haqiqiy kamersa
sifatida foydalana olasiz: obyetkni katta planda yoki keng burchak
ostida koʻrish uchun obyektivning uzoqligini boshqarish ham mumkin.
Kamerani koʻrsatish maydonini moslash ham mumkin. Maydon
chuqurligi (depth-of-field) ham nodlar yordamida boshqariladi.
Animatsiya
Animatsiya
– videoqator sifatida shakllangan, renderlangan rasmlar seriyasi.
Sizning filmingiz sifatiga yuqorida keltirilgan sabablar, 1
sekunddagi kadrlar chastotasi (fps), rasm hajmi, fayl tipi va
siqilish kabilar ta’sir qiladi. Animatsiyaning ancha koʻp
tarqalgan usulu keyframing
(kalit kadrlar) hisoblanadi. Kalit kadrlar animatsiyaning har xil
holatlarida tuziladi, keyin esa kompyuterning oʻzi bu kalitlar
orasidagi qolgan barcha oʻtuvchi kadrlarni bajaradi.Animatsiyaning
asosiy variantlari hajmni oʻzgartirish, siljish va obyektlarning
harakati hisoblanadi.
Vaqt
omillari
Animatsiyani
qilishdan oldin animatsiyangizning kadrlarda uzunligini oʻlchasingiz
kerak. Shuningdek, 1 sekunddagi kadrlar sonini (fps) ham. Animatsiya
uzunligini quyidagi qiymatlar boʻyicha hisoblash mumkin:
Kadrlar
chastotasi (fps) turlari:
NTSC
– AQSH va Yaponiya video standarti: 30 fps.
Film
– Kino standart: 24 fps.
Pal
– Yevropa video standarti; 25 fps.
Custom
(boshqa) – Sizning shaxsiy fps ni tanlashingiz.
Biz animatsiyani DVDga oʻtkazishni xohlasak,
kompyuterning tezligiga qarab, odatda, 25-30 fps kadrlar
chastotasidan foydalanamiz. 25-30 fps kadrlar tizimidan foydalanish
uchun PAL yoki NTSC tugmalariga bosing.
Animatsiyaning
kalit kadrlarini tuzish
Kalit kadrlar siz xohlagan harakat, siljish yoki obyekt
hajmi oʻzgarishnig boshiga va oxiriga oʻrnatiladi. Bir sekunddagi
kadrlar soniga mos holda sizning obyetkingiz qancha tezlik bilan
harakat qilishi (hajmning oʻzgarishi, siljish)ni oʻylab koʻring.
Masalan: agar siz obyektni A punktdan B punktga 2 sekundda harakat
qilishini xohlasangiz va kadrlar chastotasi aniq 30 fps boʻlsa, 2
kalit kadrni 60 kadr kengligidagi masofaga oʻrnating.
Obyektning harakati boʻyicha
yoʻlidan kuzatish
Koʻpgina animatsiya dasturlarida harakat vaqtida kamera
aniqlangan yoʻl boy’icha yoki obyektni orqasidan (yoki boshqacha)
kuzatishi mumkin. Bu xususiyat animatsiya tuzish va kerakli kalit
kadrlar miqdorini vaqtini juda ham qisqartiradi.
Chiqish opsiyalari
Biz odatda Windows uchun videolarimizni MPEG formatda
saqlaymiz. Ushbu formatda tasvirlarni yuqori sifatda saqash
imkoniyati bilan birga uni koʻpgina mediya pleyerlar koʻrsata
oladi. Siz videoningizni qanday maqsadda foydalanishignizga qarab
(masalan, internetga joylashtirish uchun, DVD ga yozish uchun,
taqdimot yaratish uchun) boshqa formatlarni tanlashingiz mumkin. Har
xil formatlar har xil parametrdagi sifatlarni boshqarish imkoniyatini
beradi. Masalan, AVI formati kodeklar (codecs) deb nomlanuvchi har
xil kompressor (siquvchi)lar yordamida siqish imkoniyatini beradi.
Real vaqt animatsiyasi (Faqat
Blender uchun):
Real
vaqt animatsiyasi obyektingizga uni boshqarish uchun fizik xossalar,
shuningdek, klaviaturadan foydalanaish va boshqa uskunalarni qoʻshish
imkoniyatini beradi. Siz harakatlanuvchi shaxs (aktor), massa
(mass)ni oʻzgartirish, (friction)ni boshqarish, kuchni moslash,
x,y,z kengliklarga siljitish, sahnadagi boshqa obyektlar bilan
aloqalarni tuzish mumkin. Vaqti bilan, qiziqarli uch oʻlchamli
oʻyinlar va me’moriy qurilishlarda real vaqtda aylanish
imkoniyatlari paydo boʻladi.
Endi
siz Blenderning fizik dvijogi orqali haqqoniy tushish, siljish va
boshqa haqqoniy animatsiyalarni roligingizda foydalanishingiz mumkin.